“ZiyoMax” o’quv markazi web: ziyomax uz Tel


sanaladi  2.Dissimiliyatsiya



Yüklə 391,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix19.04.2023
ölçüsü391,23 Kb.
#100450
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
FONETIKA

sanaladi 
2.Dissimiliyatsiya 
1. Dissimulyatsiya assimilyatsiyaning aksi bo’lib bunda so’zdagi ikki o’xshash bir xil 
tovushlardan biri noo’xshash boshqa tovushga aylanadi. 
2. Dissimilyatsiya ham o’rniga ko’ra ikki xil bo’ladi. 
a) progressive dissimilyatsiya- biror(n)ta, zarar(l), halol(r) 
Bunda oldingi tovush ta’sirida keying tovush o’zgaradi ya’ni noo’xshash tovushga aylanadi. 
b) regressive dissimilyatsiya-kar(l)idor, zar(l)ar 
Bunda keying tovush ta’sirida oldingi tovush o’zgaradi ya’ni noo’xshash tovushga aylanadi. 
3. Demak assimilyatsiya va dissimilyatsiyaning o’xshash tomoni shundaki ikkalasida ham 
undosh tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida tovush almashinadi. Farqi shundaki 
assimilyatsiya bir xillikka intilish natijasida yuzaga keladi, dissimilyatsiya aksincha bir 
xillikdan qochish natijasida yuzaga keladi. 
3.Singarmanizm 


“ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 
1. Singarmanizm hodisasi ohangdoshlik deb ham nomlanadi. 
2. Singarmonizm unli tovushlarning o’zaro moslashishi demakdir. 
3. Singarmonizm unli tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuzaga keladi. 
4. Singarmonizmning ko’rinishlaridan biri lab ohangdoshligidir. Bunda so’zning birinchi 
bo’g’inda kelgan lablangan unli keying bo’g’indagi lablanmagan unlini o’ziga moslashtirib
lablangan unliga aylantiradi. 
M: muhim, mudir, ko’ngil, tushir kabi so’zlarda singarmonizm hodisasi yo’q bu so’zlar 
muhum, ko’ngul, mudur, tushur tarzida talaffuzqilinganda singarmonizm yuzaga keladi. 
5. Lab singarmonizmi bazan yozuvda aks etishi mumkin. 
M: yut+iq= yutuq, yul+iq=yuluq, yum+iq=yumuq, un+im=unum, uy+im=uyum, 
tuz+im=tuzum 
6. Demak singarmonizm bo’lishi uchun so’zdagi unlilar lablangan yoki lablanmaganligi 
jihatdan bir-biriga mos bo’lishi kerak. 

Yüklə 391,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin