NUTQ A’ZOLARI HAQIDA MA’LUMOT 1. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson organlariga nutq a’zolari deyiladi.
2. Nutq a’zolariga: o’pka, nafas yo’li, kekkirdak, hiqildoq, bo’g’iz bo’shlig’I, tog’aylar, un
paychalari, og’iz bo’shlig’I, kichik til va til, tanglay, tish, lablar, burun bo’shlig’I kiradi.
3. Nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishdagi roliga qarab 2 ga bo’linadi.
a) aktiv(faol) nutq organlari- un paychalari, til, lablar(pastki jag’, kichik til, yumshoq tanglay)
b) passiv(nofaol) nutq organlari-o’pka, nafas yo’li, kekkirdak, hiqildoq, bo’g’iz bo’shlig’i,
tog’aylar, , og’iz bo’shlig’i, kichik til va , tanglay, tish, burun bo’shlig’i
4. Nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosilqilish jarayonidagi harakat va holatlari
arikulatsiya deb ataladi.
M: U unlisini talaffuz qilganda til tishlardan uzoqroqqa tortiladi yuqori ko’tarilib tanglayga
yaqinlashadi og’iz tor ochiladi, lablar oldiga cho’zilib doira shaklini oladi
ORFOGRAFIYA 1. Orfografiya tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lib yunoncha so’zdan olingan orfo-to’g’ri,
grafos-yozaman degan ma’noni ifodalaydi.
2. Bu bo’lim imlo deb ham nomlanadi. Bu bo’limda yozma nutq meyorlari to’g’ri yozish
qoidalari o’rganiladi.
3. Orfografiya adabiy tilning faqat yozma shakli uchun xos.
4. So’zlarni noto’g’ri yozish so’zning yozilishida xatoga yo’l qoo’yish imloviy xato(orfagrafik
xato) hisoblanadi.
- Fikir muloxazalarimni qog’ozga tushurishga urindim.- ushbu so’zda 3 ta imloviy xato
mavjud
5. Tilimizda mavjud bo’lgan so’zlarni to’g’ri yozilishi imlo lug’ati orqali o’rganiladi. Eng
katta imlo lug’atida 65000 ta so’zning to’g’ri yozilishi ko’rsatilgan.
ORFOGRAFIYA PRINSPLARI 1. Tilda mavjud bo’lgan so’zlarning yozilishi orfografiya prinsplari asosida belgilanadi.