“ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich
a)bularning omonim so’zlar yoki omograflar (ya’ni yozolishi bir xil aytilishi farq qiladigan
so’zlar deb nomlash mumkin)
b)ba’zan paronim so’zlarda ham ma’no farqlash uchun xizmat qilishi mumkin. M: A`mir
(farmon) – ami`r (hukumdor), A`zm (qaror) – Azi`m (katta), a`hl (aholi) – ahi`l (inoq), A`dl
(adolat) - Adi`l (tik)
AYRIM SO’ZLARNING URG’USIGA XOS XUSUSIYATLAR
1.Bir bo’ginli so’zlarda urg’u odatda bo’lmaydi, chunki urg’u bo’lishi uchun bir bo’g’in
boshqalarga nisbattan kuchliroq ohang bilan aytilish kerak, ammo qator undosh bilan tugagan
bir bo’g’inli so’zlarda urg’u bo’ladi. M: A`sr – asi`r, A`zm – Azi`m kabi so’zlarda urg’u
boladi, chunki talaffuzda qator undoshlar orasida qisqa unli orttirilishi mumkin.
2.Fonetik usul bilan hosil bo’lgan kuchaytirma urg’u birinchi bo’g’inda bo’ladi. M: Qizi`l –
qi`p-qizil, yumalo`q – yu`m-yumaloq
3.Alla, har, hech elementlari bilan hosil bo’lgan olmosh va ravishlarda ham urg’u birinchi
bo’g’inda bo’ladi. M: a`llakim, a`llamahal, he`ch vaqt, he`ch kim, ha`r qachon, ha`r vaqt
4.Qo’shma so’zlar odatda bitta bosh urg’uga ega bo’ladi. M: Kattaqo’rg’o`n, kungaboqa`r,
ertapisha`r
5.Juft va takroriy so’zlarda esa har bir component o’zining alohida urg’usiga ega bo’ladi. M:
qozo`n-tovo`q, qovu`n-tarvu`z, bala`nd-bala`nd
URG’U QABUL QILMAYDIGAN QO’SHIMCHALAR
1.-ma bo’lishsizlik qo’shimchasi urgu qabul qilmaydi. M: bo`rma, ishla`ma, o’qi`ma
2.Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi –ta, -tacha qo’shimchalari urg’u olmaydi. M: o’`nta,
be`shtacha
3.O’xshatish ma’nosini bildiruvchi -dek, -day, -cha qo’shimchalari ham urg’u qabul qilmaydi.
M: shamo`ldek, se`nday, yigi`tcha
4.-man, -san, -miz, -siz, (-dir) – shaxs son qo’shimchalari va bog’lamalar ham urg’u qabul
qilmaydi. M: o’qi`yman, o’quvchi`man, o’qi`ysan, o’quvchi`san, boyli`kdir. Shaxs son
qo’shimchalari fe’lning munosobat shakllari, chunki fe’l asosiga qo’shilyapti. Affiks
bog’lamalar ismlarni kesmga xoslovchi shakllar, ismlarning munosabat shakllari hisoblanadi,
chunki ism asosiga qo’shilyapti.
5. Afiks yuklamalari ya’ni –ma, -chi, -oq,-yoq,-a, -ya –u, -yu, -ku,-da, -gina, -dir kabilar ham
urg’u olmaydi. M: o’qidi`ngmi, se`n-chi, o’qiga`n-ku
6. Rus tili ta’sirida tilimizga kirib kelgan. –ov,-ova, -yev,-yeva, -ovna, -vich kabi shakllar
ham urg’u qabul qilmaydi. Raxi`mov, Raxi`mova, Raxi`movna
7. Sof ko’makchilar ham urg’u qabul qilmaydi. M: se`n bilan, opa`m uchun, me`n kabi bunda
urg’u ko’makchi bilan birga kelgan mustaqil so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. Se’n-la,se’n-
ila
Dostları ilə paylaş: |