“ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich b) gap urg’usi
3. So’z urg’usi so’zdagi bo’g’inlardan biriga tushadi, leksik urg’u deb ham nomlanadi, va
fonetika bo’limida o’rganiladi.
4. Gap urg’usi gapdagi so’zlardan biriga tushadi, gap urg’usi-ma’no urg’usi, mantiqiy urg’u,
logic urg’u,frazaviy urg’u deb ham nomlanadi, va sintaksisda o’rganiladi.
5. Yozma nutqda gap urg’usini olgan so’z odatda kesmdan oldin joylashadi.
6. Urg’u yordamida nutq ko’rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo’ladi uni zeriktirmaydi
7. O’zbek tilida urg’u so’zning tarkibida boshqa so’zlardan ajratish hamda so’zning fonetik
tarkibini ayushturish vazifasini bajaradi.
So’z urg’usi haqida ma’lumot 1. So’zdagi bo’g’inlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishiga so’z
urg’usi, leksik urg’u deyiladi.
2. Leksik urg’uning shartli belgisi- (‘)
3. Leksik urg’u o’z tabiatiga ko’ra 2 xil bo’ladi.
a) erkin urg’u
b) turg’un urg’u(bog’liq urg’u)
4. Erkin urg’u so’zning ma’lum bir bo’g’ini bilan bog’liq bo’lmaydi har xil bo’g’inga tushadi.
Rus tillidagi urg’u erkin urg’u sanaladi.- a’tom, brashu’ra, vodoprovo’d, propaga’nda 5. Turg’un urg’u so’zning ma’lum bir bo’g’ini bilan bog’liq bo’ladi.-o’zbek tilidagi urg’u
turg’un urg’u sanaladi chunki asosan so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi.
So’z urg’usiga xos xususiyatlar 1.O’zbek tilida leksik urg’uga xos bo’lgan asosiy xuxusiyatlardan biri shundaki urg’u
ko’pincha so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. M: Kelajak, o’quvchi, yumaloq
Ammo urg’u hamma vaqt ham oxirgi bo’g’inga tushavermaydi, M: oppoq, barcha, allakim
2.O’zbek tilida leksik urg’uga xos bo’lgan yana bir xususiyat urg’uning ko’chuvchanligidir,
ya’ni so’zga qo’shimcha qo’shilishi bilan urg’u ham keying bo’g’inga ko’chadi. M: Paxta`,
paxtako`r, paxtakorlarmi`
Ammo urg’uning ko’chuvchanlik xususiyati hamma vaqt ham saqlanavermaydi, chunki
tilimizda urg’u qabul qilmaydigan qo’shimchalar ham mavjud. M: Yigirma`, yigirma`ta,
yigirma`tacha
3.O’zbek tilida leksik urg’u ba’zan ma’no farqlash uchun xizmat qiladi.
M: Fi`zik (shaxs oti) - fizi`k (sifat, frazeologik)
Atla`s (mato) – a`tlas (xarita)
Ho`zir (payt ravishi) – hozi`r (tayyor, shay)
To`rtma (fe’l) – tortma` (ot)
Yangi` (sifat) – ya`ngi (payt ravishi)
Toza` (sifat) – to`za (daraja miqdor ravishi)
Eti`k (ot, oyoq kiyim) – e`tik (sifat)
Banda` (inson) – ba `nda (to’da guruh)