“ZiyoMax” o’quv markazi web: ziyomax uz Tel



Yüklə 391,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix19.04.2023
ölçüsü391,23 Kb.
#100450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
FONETIKA

BO’G’IN
 
1. Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisiga bo’g’in deyiladi. 
2. Bo’g’in adabiyotshunoslikda hijo deb ataladi. 
3. Bazan sheriyatda bo’g’in va hijo bir-biriga teng kelmasligi mumkin. 
Aziz asrimizning aziz onlari- 11 ta bo’g’in 11 ta hijo 
Aziz odamlardan so’raydi qadrin- 11 ta bo’g’in 11 ta hijo 
Fursat g’animatdir shox satrlarla- 10 ta bo’g’in 11 ta hijo 
Bezamoq chog’idir umrdaftarin-10 ta bo’g’in 11 ta hijo 
Bunda satr va umr so’zlari bittadan bo’g’in ammo 2 ta hijo sataladi. 
4. Bo’g’inning amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat 
a) Yozuvda bir satrda sig’may qolgan so’zlar keying satrga bo’g’in asosida ko’chiriladi. 
b) Boshlang’ich sinflarda savod o’rgatish bo’g’in asosida bo’ladi. 
c) Adabiyotshunoslikda vaznlarni o’rganish uchun ham bo’g’inni bilish kerak. 
5. O’zbek tilida so’zlar bir bo’g’inli yoki ko’p bo’g’inli bo’lishi mumkin. 


“ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 
- bor, kel, - bir bo’g’inli, ishla, o’qi-2 bo’g’inli 
-aytolmaganliklaringizdandirda-11 ta bo’g’in 
6. Bo’g’inga ajratish va bo’gin ko’chirish tushunchalarini farqlashimiz kerak. 
7. Bo’g’in va uning turlari fonetika bo’limida o’rganiladi. Bo’g’in ko’chirish qoidalari esa 
orfografiya bo’limida o’rganiladi. 
8. Bo’g’inga ajratiladigan ayrim so’zlar bo’g’in ko’chirilmasligi mumkin. M-n: a-ka, u-ka,
qal-a kabi so’zlar bo’g’inga ajratiladi ammo satrdan satrgako’chirilmaydi. 
9. So’zning bo’g’inlarga ajratilishi bilan o;zak va qo’shimchalarga ajratilishi boshqa-boshqa 
hodisalardir. M-n: go’shtni, bargga kabi so’zlarga bo’g’inga ajratish bilan o’zak va 
qo’shimchalarga ajratish teng keladi. Ammo go’shti va bargi kabi so’zlarda esa bo’g’inga 
ajratish bilan o’zak va qo’shimchalarga ajratish teng emas. 

Yüklə 391,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin