“ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 7. Fonetik hodisalar tovush almashinishi, tushishi, ortishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
I. TOVUSH ORTISHI BILAN BOG’LIQ FONETIK HODISALAR 1. Tallaffuzda ayrim so’zlar tarkibida tovush ortish hodisasi yuz berishi mumkin.
a) so’z boshida tovush ortishi m-n. rus-urus, stol-ustal, ro’za-o’raza, stakan-istakan
b) so’z o’rtasida tovush ortishi m-n. rais-rayis, qoida-qoyida, aql-aqil, hukm-hukum
c) so’z oxirida tovush ortishi m-n . tank-tanka, bank-banka, kiosk-kioska 2. Tovush ortishi bilan bog’liq yuqoridagi fonetik hodisalar yozuvda aks etmaydi faqat
talaffuz og’zaki nutq bilan bog’liq hisoblanadi.
3. Bazan o’zakka qo’shimcha qo’shilganda tovush ortishi xodisasi yuz berishi va yozuvda
aks etishi mumkin.
u + ga = unga bu +da = bunda shu + day = shunday
obro’+ im = obro’yim ye + ish =yeyish
II. TOVUSH TUSHISHI BILAN BOG’LIQ FONETIK HODISALAR 1. Tallaffuzda ayrim so’zlar tarkibida tovush tushishi hodisasi yuz berishi mumkin.
a) so’z boshida tovush tushushi mumkin- -yiring-iring, yog’och-og’och, yirik-irik
b) so’z o’rtasida tovush tushushi mumkin- kelsa-kesa, daraxtzor-daraxzor, dastyor-dasyor
c) so’z oxirida tovush tushushi mumkin- go’sht-go’sh, g’isht-g’ish, musht-mush, do’st-do’s
2. Ba’zan ikki so’zning qo’shilishi natijasida ham tovush tushishi mumkin.
M: -olib kel- obkel-opke, olib bor- obor
3. Ba’zan so’z tarkibida ikki unli yonma yon kelganda ularning biri kuchsizlashib sezilarsiz
holga kelishi 2-si esa cho’ziqroq talaffuz qilinishi mumkin.- muallim-ma:lim,saodat-so:dat
4. Tovush tushishi bilan bog’liq yuqoridagi fonetik hodisalar yozuvda aks etmaydi faqat
talaffuz og’zaki nutq bilan bog’liq hisoblanadi.
5. Ba’zan so’zga qo’shimcha qo’shilganda yoki 2 so’z qo’shilganda tovushtushish hodisasi
yuz berishi va yozuvda aks etishi mumkin.
-ulug’+ ay = ulg’ay, o’yin + a = o’yna, borar emish- borarmish, yoza olmadi-yozolmadi
Bular adabiy mayor sanaladi.