Nafas olishi va ayirishi. Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuolasi
oldingi va keyingi tomonida joylashgan. Ular galma-galdan qisqarib
turadi. Suvning ortiqcha qismi hamda moddalar almashinuvida hosil
bo‘lgan keraksiz mahsulotlar sitoplazmadan vakuolalarga to‘planadi va
ulardan tashqariga chiqarib yuboriladi. Kislorod tufelka sitoplazmasiga
suv bilan birga kirib turadi.
Ko‘payishi. Tufelkaning sitoplazmasida loviyaga o‘xshash katta
yadro va dumaloq kichik yadro bor. Jinssiz ko‘payishi yadrolar qo-
big‘ining erishi va yadro moddasining ikkiga taqsimla nishidan bosh-
lanadi. Bu vaqtda tufelkaning tanasi qoq o‘rtasidan ingichkalashadi.
Hosil bo‘lgan yangi yadrolar tufelkaning oldingi va keyingi tomoniga
teng miqdorda o‘tadi. Tufelka tanasi tobora ingichkalashib, ikkiga
ajraladi va bitta infuzoriyadan ikkita infuzoriya hosil bo‘ladi. Dastlab
har bir infuzoriyada bittadan qisqa ruvchi vakuola bo‘ladi, ikkinchisi
esa keyinroq hosil bo‘ladi.
Ta’sirlanishi. Tufelka hujayrasi qobig‘ining ostida mayda kuydiruv-
chi tayoqchasimon tanachalar joylashgan. Bu tanachalar uni yirtqich
hayvonlardan himoya qiladi. Tufelkaning tayoqchalari otilib chiqib,
yirtqich hayvon tanasiga sanchiladi va uni cho‘
chitib yuboradi.
Sporalilar sinfi. 4 000 dan ortiq mikroskopik hayvonlarni o‘z
ichi
ga oladi. Hamma turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi.
Tuzilishi juda soddalashgan. Harakatlanish, hazm qilish va ayi
rish
organoidlari bo‘lmaydi. Ulardan bezgak paraziti keng tarqalgan.
10-rasm. Bezgak parazitining rivojlanishi: 1 – qizil qon hujayrasiga kirayotgan parazit;
2 – para zitning qizil qon hujayrasida o‘sishi;
3 – parazitning bo‘linib ko‘payishi;
4 – para zitlarning qon hujayra sidan qon plazmasiga
chiqishi
1