Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   171
zoologiya 7 uzb

Nafas olishi va ayirishi. 
Evglena ham amyoba singari suvda erigan 
kislorod bilan nafas oladi. Sitoplazmadagi ortiqcha suv va zararli al-
mashinuv mahsulotlari qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqarib 
yuboriladi. 
Ta’sirlanishi. 
Evglena qizil dog‘ ko‘zchasi yordamida yorug‘likni 
sezish xususiyatiga ega. Shuning uchun u suvning yorug‘ tushib 
turgan tomoniga qarab harakat qiladi.
Ko‘payishi. 
Evglena amyoba singari ikkiga bo‘linish orqali jins-
siz ko‘payadi (7-rasm). Bo‘linish boshlanishi bilan eski xivchinning 
yonida ikkinchi yangi xivchin hosil bo‘ladi. Bo‘li 
nish butun tana 
bo‘ylab shu ikki xivchin hamda yadro o‘rtasidan o‘tadi. 
6-rasm. Yashil evglenaning 
tuzilishi:
1 – hujayra qobig‘i; 2 – xiv-
chin; 3 – sitoplaz ma; 4 – yadro; 
5 – xromatoforalar; 6 – zaxira 
oziq zarralari; 7 – «ko‘z cha»; 
8 – qisqaruvchi vakuola; 9 – 
qis qa ruvchi vakuolaning suyu q lik 
to‘p lovchi bo‘shlig‘i
1
4
3
6
5
2
8
7
9
4-§. Xivchinlilar sinfi


16
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar
Sista hosil qilishi. 
Noqulay sharoit tug‘ilganda evglenaning xivchi-
ni tushib ketadi; tanasi qisqarib, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan 
o‘ralib sistaga aylanadi.
Volvoks – koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali hayvon.
Iflos 
suvli hovuz va ko‘llarda diametri 1 mm keladigan yashil sharga 
o‘xshash volvokslar uchraydi (8-rasm). Volvoks koloniyasi mingga ya-
qin noksimon ikki xivchinli hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar 
sharning sirtida joylashgan bo‘lib, sitoplazmatik iðchalar yordamida 
o‘zaro bog‘langan. Sharning ichi quyuq dildiroq modda bilan to‘lgan.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin