Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171
zoologiya 7 uzb

Sista hosil qilishi. 
Sovuq tushganda yoki suv qurib qolganda 
amyoba ha 
ra 
katlanishdan to‘xtab yumaloqlanadi; uning hujayrasi 
sirtida qalin po‘st – sista hosil bo‘ladi. Amyoba sista ichida noqu-
lay sharoit ta’siridan saqlanadi. Qulay sharoit tug‘ilganda amyoba 
sistadan chiqib, hayot faoliyatini davom ettiradi.
Soxta oyoqlilarning xilma-xilligi.
Dengizlarda ohak chig‘anoqli 
soxta oyoqlilardan foraminiferalar va kremniy (qum) skeletli 
nursimonlar ko‘p uchraydi. Bundan bir necha million yil ilgari 
yashab, qirilib ketgan foraminiferalar chig‘anoqlari qoldig‘i 
hozirgi ohaktosh konlarini hosil qilgan. Nursimonlar skeleti 
qoldig‘idan metallarni silliqlashda va jilvir qog‘oz tayyorlashda 
foydalaniladi. Ayrim soxta oyoqlilar xavfli parazit hisoblanadi. 
Masalan, odam va sutemizuvchilar ichagida yashaydigan 
ichburug‘ amyobasi ichak devorini yemirib, qonli ichburug‘ 
paydo qiladi.
1. Amyoba hujayrasi qanday tuzilgan?
2. Amyobaning soxta oyoqlari qanday hosil bo‘ladi?
3. Amyoba qanday oziqlanadi?
4. Qisqaruvchi vakuola qanday vazifa bajaradi?
5. Amyobaning ta’sirlanishi qanday sodir bo‘ladi?
6. Amyoba qanday ko‘payadi?
7. Soxta oyoqlilar qanday ahamiyatga ega?
8. Nima uchun amyoba hujayrasidan ortiqcha suv chiqarib turilishi zarur?
3-§. Soxta oyoqlilar sinfi
1
2
3
4
5
5-rasm. Amyobaning bo‘linib ko‘payishi.
1 – bo‘linishga kirishayotgan hujayra; 2, 3, 4 – hujayra va uning yadrosining 
ikkiga ajralishi; 5 – hosil bo‘lgan ikkita yangi hujayra


14
1. Soxta oyoqlilarning harakatlanish organlari:
a) sitoplazmaning muvaqqat o‘simtalari;
b) hujayra membranasidan hosil bo‘ladi;
d) soxta oyoqlar va kiðriklardan iborat.
2. Amyobaning oziqni qamrab oladigan organoidi:
a) hazm qilish vakuolasi;
b) hujayra membranasi;
d) soxta oyoqlar.
Organoidlarni ular bajaradigan vazifasi bilan juftlab yo zing:
a) soxta oyoqlar;
1) ortiqcha suvni chiqarish;
b) qisqaruvchi vakuola; 
2) hujayrani himoya qilish;
d) hazm vakuolasi;
3) oziqni hazm qilish;
e) hujayra po‘sti.
4) harakatlanish.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin