8
Ko‘pchilik hayvonlarning maxsus harakatlanish organlari bo‘ladi,
lekin o‘troq yashovchi va ko‘pchilik parazit hayvonlar harakat qil-
maydi. O‘simliklar orasida esa xlamidomonada xivchinlar yordamida
faol harakatlanishini bilasiz.
Hayvon hujayrasi va to
‘
qimalari.
Ko‘p hujayrali hayvonlar or-
ganizmi har xil tuzilgan va turli vazifani bajaradigan hujayralardan
iborat. Hujayralar yumaloq,
kubsimon, duksimon, yulduzsimon,
kið
rikli va boshqa shaklda bo‘lishi mumkun (2-rasm). Bir-biriga
o‘x
shash tuzilgan va bir xil vazifani bajaradigan hujayralar to‘-
qimalarni, to‘qimalar organlarni hosil qiladi.
Bir hujayrali va
tuban ko‘p hujayrali hayvonlar organizmida to‘qimalar va organlar
rivojlanmagan.
Hayvon organizmi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to‘qima-
laridan tashkil topgan.
Epiteliy zich joylashgan
yassi kubsimon yoki
silindrsimon hujayralardan iborat. Epiteliy organizmni noqulay sha-
roitdan himoya qiladi hamda uning faoliyatini boshqaradigan
mod-
dalar ishlab chiqaradi. Teri sirti va ichak devorining ichki yuzasi
epiteliy bilan qoplangan.
Biriktiruvchi to‘qima alohida hujayralar va organlar oralig‘ini
to‘ldirib turadi. Bu to‘qimaning suyuq (qon), tig‘iz (suyak, tog‘ay)
va g‘ovak (parenxima) xillari mavjud. Biriktiruvchi to‘ qima
organlar-
ni o‘zaro bog‘lash (pay), kislorod va oziq moddalarni tashish (qon),
zaxira oziq moddalar to‘plash (paren
xima), tayanch (suyak, tog‘ay)
vazifasini bajaradi.
I bob. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
Dostları ilə paylaş: