6
organizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari ko‘p uchraydi.
Bunday
hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi. Ular yer yuzini va suv
havzalarini ifloslanishdan saqlaydi.
Uy hayvonlari faqat go‘sht va sut beribgina qolmasdan,
sanoat
uchun mo‘yna, iðak va boshqa mahsulotlar ham beradi. Arilar,
kapalaklar o‘simliklarni changlatib, ular hosildorligini oshirishga yor-
dam beradi. Hasharotxo‘r va yirtqich hayvonlar, qushlar, ko‘rshapa-
laklar, baqalar o‘rmon va qishloq xo‘jalik
zararkunandalarini qirib,
foyda keltiradi.
Hayvonlar orasida odamlar, chorva mollari va o‘simliklarga ziyon
keltiradigan turlari ham ko‘p uchraydi. Qon so‘ruvchi hasharotlar
va kanalar
parazitlik qilish bilan birga, o‘lat, terlama, bezgak ka-
salliklarini tarqatadi. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o‘zi-
ning «Tib qonunlari» asarida kasallik paydo qiladigan hayvonlardan
saqlanish haqida yozib qoldirgan.
Hayvonlarni muhofaza qilish.
Odamlar qadimdan yovvoyi hay-
vonlarni ovlashgan; ularning go‘shti,
terisi va boshqa mahsulot-
laridan foydalanishgan; hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishgan; ulardan
uy qo‘riqchisi va ishchi kuchi sifatida foydalanishgan. Keyin
chalik
aholi
sonining ortib borishi, ov qurollarining tobora takomillashuvi,
hayvonlar uchun zarur bo‘lgan tabiiy sharoitning buzilishi ta’sirida
Yevropa turi (qoramollar nasl boshi), tarpan (otlar nasl boshi),
Stellerov sigiri (dengiz hayvoni) yo‘q bo‘lib ketdi; Prjevalskiy oti,
zubr, bizon, jayron, xongul kabi hayvonlar uchun qirilib ketish xav-
fi tug‘ildi. Bu hol hayvonlar va ular yashaydigan
muhitni muhofaza
qilishni talab etadi.
Respublikamiz hududida noyob va soni kamayib borayotgan
hayvonlarni asrab qolish va ko‘paytirish maqsadida Badayto‘qay,
Qizilqum, Zarafshon, Surxon va Hisor davlat qo‘riqxonalari,
Chotqol biosfera qo‘riqxonasi, bir qancha milliy bog‘lar va buyurt-
ma qo‘riqxonalar tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil
kitobi»ning so‘nggi 2016-yilgi nashriga noyob va soni kamayib bo-
rayotgan hayvonlarning 205 turi kiritilgan.
1. Zoologiyaning rivojlanishida K. Linney xizmatlari nimadan iborat?
2. Yashash muhiti va uning omillari nimadan iborat?
3. Oziqlanishiga binoan hayvonlar qanday guruhlarga ajratiladi?
4. Qanday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi?
I bob. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
7
5. Qanday hayvonlar yirtqich deyiladi?
6. Qanday hayvonlar parazit deyiladi?
7. Hayvonlar sonining keskin kamayib borish sabablari nimadan iborat?
1. K. Linney:
a) hayvonlarni o‘rganish asosida evolyutsion ta’limot
yaratgan;
b) hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rganishni taklif etgan;
d) hayvonlarning embrional rivojlanishini o‘rgangan.
2. T.Z. Zohidov va O.P. Bogdanov:
a) umurtqali hayvonlarni o‘rgangan;
b) hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab bergan;
d) umurtqasiz hayvonlarni o‘rgangan.
Hayvonlar guruhlari va ularga mos keladigan
xususiyatlarni juftlab yo-
zing.
a) tabiiy sanitarlar;
1) kasallik yuqtiradi;
b) qon so‘ruvchilar;
2) qoldiqlar bilan oziqlanadi;
d) arilar, kapalaklar.
3) gullarni changlatadi.
Dostları ilə paylaş: