Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti. Yer yuzida hay
-
vonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq,
suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi.
Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o‘simlik organizmi
yashash muhiti bo‘ladi. Hayvonlarning tuzi
lishi va hayot kechirishi
xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan, suv hayvonla-
rining gavdasi suyri shaklda, oyoq
lari eshkakka aylangan. Quruqlikda
yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan
bo‘ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik,
harorat, yorug‘lik va boshqalar ekologik omillar deyiladi.
Hayvonlarning gavda o‘lchami har xil bo‘ladi (1-rasm). Ular
qatorida og‘irligi 150 tonnaga yetadigan gigant kitlardan tortib faqat
mikroskopda ko‘rinadigan, uzunligi millimetrning o‘ndan bir, hatto
yuzdan bir ulushiga teng keladigan turlari ham bor.
Hayvonlarning ahamiyati. Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida
katta ahamiyatga ega. Ko‘pchilik hayvonlar yashil o‘simliklar bilan
oziqlanadi. Ular o‘txo‘r hayvonlar deyiladi. Boshqa hayvonlarni yey-
digan hayvonlar yirtqich; odam, boshqa hayvon va o‘simlik to‘qima-
larida yashaydigan hayvonlar esa parazit hisoblanadi.
O‘txo‘r hayvonlar o‘simliklar va ularning qoldiqlarini maydalab,
chirishini tezlashtiradi. Ular faoliyati tufayli o‘simlik uchun zarur
bo‘lgan mineral moddalar to‘planadi; tuproq unum
dorligi oshadi.
Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi, organik qoldiqlar va mikro-
1-§. Zoologiya fani va uning vazifalari 1-rasm. Hayvonlarning solishtirma o‘lchami: 1 – gigant kalmar;
2 – ko‘k kit;
3 – akula; 4 – kap-
cha ilon;
5 – Afrika fili;
6 – jira fa; 7 – taroqli
timsoh; 8 – burgut;
9 – Afrika tuyaqushi