1-§. Zoologiya fani va uning vazifalari Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiya (zoon –
hay von, logos – fan) – hayvonlarning tuzilishi, hayot kechiri-
shi, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganadigan fan. Hayvonlarning
xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati,
kelib chiqishini o‘rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi.
Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir
guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, yer yuzida
tarqalishini, boshqalari alohida guruhlarini o‘rga
nadi.
Zoologiya – eng qadimiy fan. Zoologiyaga oid eng qadimgi
asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan.
Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif be
rilgan.
16–17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskop-
da ko‘rinadigan hayvonlarni kashf etgan. Shved olimi Karl Linney
18-asrda hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rga-
nishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o‘rtalarida hay-
vonlarni o‘rganish orqali o‘zining olamshumul evolyutsion ta’limo-
tini yaratdi. Zoologiya tibbiyot, chorvachilik va xalq xo‘jaligining
boshqa sohalari bilan bog‘liq.
Zoologiya fanining rivojlanishiga o‘zbekistonlik olimlar ham katta
hissa qo‘shishgan. D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar
ekologiyasini o‘rganishni boshlab berdi. L. M. Isayev va P. F. Bo-
rovskiy olib borgan tadqiqotlar O‘rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti
va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugati
lishi uchun
asos bo‘ldi. T. Z. Zohidov, O. P. Bogdanov va boshqa olimlar
I bob. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot HAYVONLAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT I
BOB
5
umurt
qali hayvonlarni; A. M. Muhammadiyev, V. V. Yaxontov, A. T.
To‘laganov, J. A. Azimov, M. A. Sultonov, S. N. Alimuhamedov
umurtqasiz hayvonlarni o‘rganishgan.