Zoologiya uzb 2017. indd


-rasm. Tufelkaning tuzilishi va oziqlanishi



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   171
zoologiya 7 uzb

9-rasm. Tufelkaning tuzilishi va oziqlanishi:
1 – hujayra qobig‘i; 2 – kiðrikchalar; 3 – og‘iz; 4 – hazm vakuolalari
5 – qisqaruvchi vakuola; 6 – chiqarish teshikchasi; 7 – katta yadro; 8 – kichik 
yadro; 9 – hazm vakuolasining shakllanishi; 10 – otiluvchi tanachalar
9
6
4
6
3
9
5
2
10
3
8
10
1
7
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar
5-§. Infuzoriyalar va sporalilar sinflari
Infuzoriyalar sinfi. 
Infuzoriyalarning tanasi kiðriklar bilan qoplan-
gan, katta va kichik yadrosi bo‘ladi. Hazm qilish va ayirish orga-
noidlari boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Infu-
zoriyalar bi rinchi marta pichan ivitmasida topilgan. «Infuzoriya» so‘zi 
ham lotin tilida «pichan ivitmasi hayvonlari» ma’nosini anglatadi. 
Infuzoriyalarni tufelka misolida o‘rganamiz.
Yashash muhiti, tuzilishi va harakatlanishi.
Tufelka o‘simlik 
qoldiqlari ko‘p bo‘lgan suv havzalarida uchraydi. Uning uzunligi 
0,1–0,3 mm bo‘lib, tanasining shakli poyabzalning ostki qismiga 
o‘xshab ketadi (9-rasm). Shuning uchun bu hayvon tufelka deb 
ataladi. Tanasining sirti juda ko‘p kiðriklar bilan qoplangan. Kiðrik-
chalarning tebranishi tufayli tufelka to‘mtoq tomoni bilan oldinga 
suzadi.
Oziqlanishi.
Tufelka bakteriyalar bilan oziqlanadi. Tanasining 
yon tomonida uzun tarnovsimon chuqurchasi, uning tubida «og‘iz» 
teshigi bor. Og‘iz halqumga ochiladi. Chuqurcha atrofida joylashgan 


19
kiðriklar tebranishi natijasida oziq halqum tubida to‘planib, hazm 
vakuolasini hosil qiladi. Vakuola halqumdan uzilib sitoplazmaga 
tushadi. Vakuolalar sitoplazma oqimi bilan tufelka tanasini aylanib
oziqni hazm qiladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari tananing keyin-
gi tomonidagi teshikcha orqali suvga chiqarib yuboriladi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin