Zoologiya uzb 2017. indd


Lug‘at daftaringizga yozib oling



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171
zoologiya 7 uzb

Lugat daftaringizga yozib oling.
Bir hujayralilar, soxta oyoq, soxta oyoqlilar, hazm qilish vakuolasi, qisqaruv-
chi vakuola, ayirish, nafas olish, ta’sirlanish, jinssiz ko‘payish, foraminiferalar, 
nurlilar, ichburug‘ amyobasi, sista, sista hosil qilish.
Jumboqni yeching. Qisqaruvchi vakuola soxta oyoqlilar hujayrasi ichidagi 
bosimni me’yorlashtirib turadi. U holda nima sababdan parazit ichburug‘ 
amyobasi va dengizlarda hayot kechiradigan soxtaoyoqlilar hujayrasida qis-
qaruvchi vakuola mavjud emas?
Topishmoqda keltirilgan hayvonning qiyofasi va harakatlanishiga tavsif bering.
1. Suv tubida bor ekan bir tomchi,
Qanday tirik jon ekan? – Top-chi!
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-1, d-3, e-2.
4-§.
 
 Xivchinlilar sinfi
Xivchinlilarni yashil evglena misolida o‘rganamiz. Xivchinlilar 
tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan bir hujayrali hayvonlardir. Ular-
ning tiðik vakili yashil evglena hisoblanadi (6-rasm). Ular bitta yoki 
bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi.
Harakatlanishi va tuzilishi. 
Yashil evglena ko‘lmak suvlarda va 
hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5–10 
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar
?!


15
marta kichik hayvon. Tanasining shakli duksimon bo‘lib, oldingi va 
keyingi tomoni ingichkalashgan. Xivchini vintga o‘xshash buralib, uni 
oldinga siljitadi. Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq 
bilan qoplanganligi tufayli doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazma-
sida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuola va qizil dog‘ga o‘xshash 
«ko‘zcha» joylashgan. 
Oziqlanishi.
Evglena sitoplazmasida yashil tanachalar shaklidagi 
xromatoforalar bo‘ladi. Ulardagi xlorofill pigmenti yordamida evglena 
fotosintez qiladi. Yorug‘lik ta’sirida uning xromatoforala 
rida organik 
moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar evglenaning o‘sishi, rivojlani-
shi va ko‘payishi uchun sarf bo‘ladi. Evglena qorong‘ida hayvonlar 
singari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Agar uzoq mud-
dat qorong‘i joyda saqlansa, evglena xlorofili yemirilib, hujayrasi 
rangsiz 
lanadi; endi u suvda erigan organik moddalarni tana yuzasi 
orqali shimib oziqlana boshlaydi. Evglenaning fotosintez qilish xu-
susiyati o‘simliklar bilan hay vonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib 
chiqqan 
ligidan darak beradi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin