9
Muskul to‘qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan muskul to-
lalardan iborat. Muskullar harakatlanish vazifasini bajaradi.
Nerv to‘qimasi
yulduzsimon nerv hujayralari va ular orasida-
gi oraliq moddadan iborat. Bosh miya, orqa miya va ular
dan
tarqaladigan nerv tolalari nerv to‘qimasi hisoblanadi. Nerv to‘-
qimasi tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan ta’sirni
qabul qilish, o‘tkazish va ularga javob berish vazifasini baja-
radi.
Organlar va organlar sistemasi.
Organizmda to‘qimalar
organlar-
ni hosil qiladi. Har bir organ bir necha xil to‘qimalardan tashkil
topgan bo‘lib, o‘ziga xos vazifani bajarishga moslashgan bo‘ladi.
Masalan, hayvonlar ichagi biriktiruvchi, nerv, muskul, epiteliy
to‘qimalaridan tashkil topgan bo‘lib, ovqat hazm qilish vazifa
sini
bajaradi. Organizmda o‘zaro bog‘langan va o‘xshash
vazifani baja-
radigan organlar birgalikda
organlar sistemasini hosil qiladi. Masalan,
og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ichak birgalikda
hazm qilish sistemasini hosil qiladi.
Hayvonlar organizmida hazm
qilish, harakatlanish, ayirish, nafas olish, jinsiy, nerv, sezgi organlari
sistemasi mavjud.
Hayvonlarni klassifikatsiya qilish.
O‘zaro o‘xshashligi va qon-qa
-
rindoshligiga binoan hayvonlar bir
necha sistematik guruhlarga
ajratiladi. Hayvonlarni bu tarzda guruhlash
klassifikatsiya deyiladi.
O‘simliklar singari hayvonlarda ham eng kichik sistematik birlik tur
hisoblanadi. Bir turga mansub hayvonlarning tuzilishi va yashash
sharoiti o‘xshash bo‘ladi.
O‘zaro yaqin turlar urug‘ga, urug‘lar oilaga, oilalar turkumga,
turkumlar sinfga, sinflar esa tiðga birlashtiriladi. Barcha tiðlar bir-
galikda hayvonot olamini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, hayvonot
olami hujayraviy tuzilishiga binoan bir hujayralilar va ko‘p hu-
jayralilarga; umurtqa pog‘onasining rivojlanganligiga qarab umurtqa-
sizlar va umurtqalilar (xordalilar)ga ajratiladi. Umurtqasizlar 20 dan
ortiq, umurtqalilar esa faqat bitta tiðdan iborat.
Tana haroratining qanday bo‘lishiga binoan barcha hayvonlar
sovuq qonlilar va issiq qonlilarga ajratiladi. Sovuq qonlilarning tana
harorati tashqi muhit harorati ta’sirida o‘zgarib turadi.
Ularga bar-
cha umurtqasiz hayvonlar va хordalilar tipining baliqlar, suvda ham
quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilar sinflari kiritiladi.
2-§. Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlar klassifikatsiyasi
10
Issiqqonlilarning tana harorati doimiy, ya’ni tashqi muhit ta’siriga
bog‘liq bo‘lmaydi. Ularga хordalilar tipining
qushlar va sutemizuv-
chilar sinflari kiritiladi.
Sistematik guruhlar lotin tilida nomlanadi. Turlar ikki nom
(urug‘ va tur nomi), turdan yuqori guruhlar esa bitta nom bilan
ataladi. Hayvonlarni klassifikatsiya qilish bilan
sistematika fani
shug‘ullanadi.
1. Hayvonlar bilan o‘simliklar o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor?
2. Hayvon organizmi qanday to‘qimalardan iborat?
3. Epiteliy to‘qimasi qanday hujayralardan iborat?
4. Biriktiruvchi to‘qimaning qanday xillari bor?
5. Muskul to‘qimasi qanday tuzilgan?
6. Nerv to‘qimasi qanday tuzilgan?
7. Hayvon organizmida qanday organlar sistemasi mavjud?
1. Tuzilishi va bajaradigan vazifasi o‘xshash bo‘lgan hujayralar:
a) organlarni; b) to‘qimalarni; d) organlar sistemasini hosil qiladi.
2. Hayvonot olamida eng yuqori sistematik guruh:
a) tur; b) turkum; d) tið; e) sinf.
3. Ikki lotincha nom bilan ataladigan sistematik guruh:
a) tur; b) urug‘; d) tið; e) oila.
To‘qimalarni ular bajaradigan vazifasi bilan birga juftlab yozing.
a)
epiteliy;
1) oziq moddalarni tashiydi;
b) muskul;
2) ta’sirni qabul qiladi;
d) biriktiruvchi;
3) himoya;
e) nerv.
4) organlarni harakatlantiradi.
Sistematik guruhlarni eng kichigidan boshlab tartib bilan ko‘rsating.
a) turkum; b) oila; d) tið; e) tur; f) sinf; g) urug‘.
Dostları ilə paylaş: