4.2. Iqlimlashtirilgan turlar tavsifi………………………………………52 1.Amerika norkasi – Mustela vison Schreber………………………..……52
2.Ondatra – Ondatra zibethical L…………………..…………………...…53
3.Nutriya yoki suv bobri- Myocastor covpns Moll………………………..55
XULOSA …………………………………………………………………...….58 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI .....................................59 KIRISH Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi: O‘lkamiz sharoiti , ayniqsa hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lib, keyingi yillarda uni o‘rganishga va noyob hayvonlarni keng asoslashga, biologik xilma-xillikni saqlab qolish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonning tabiati va uning hayvonot dunyosi o‘ziga xos bo‘lib, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar turlarini o‘z ichiga oladi. Umurtqali hayvonlar vakillari keng tarqalgan bo‘lib, ulardan sutemizuvchilar, jumladan suvsarsimonlar katta ahamiyat kasb etadi. Ularning ko‘pchilik turlari bizning faunamizga Shimoliy sovuq zonalardan kelib qo‘shilgan bo‘lib, hozirda ular o‘z tarqalish areallarini kengaytirib bormoqda, tabiiy sharoitga bog‘liq holda cho‘lga, to‘qayga, vohaga, adirga , toqqa v yaylovga moslashgan turlarni uchratish mumkin . Ullarning barchasi suvsarsimonlarning mintaqalar bo‘yicha tarqalish areallarini, tur tarkibini kengroq o‘rganishni taqazo qiladi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi:Mamlakatimizda suvsarsimonlar to’g’risidagi ma’lumotla[(6,7,8,9,12,14,15,16] va boshqa ilmiy manbalarda aks etgan bo’lib, ular mintaqaviy harakterga ega.Biroq O’zbekistonning qator hududlarida, jumladan,Andijon viloyati sharoitida suvsarsimonlar vakillarining tarqalishi va ekologiyasi bo’yicha materiallar yetarli emasligi namoyon bo’ladi. Shu sababli ularni o’rganish katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot obyekti:”Sutemizuvchilar”-Teiologiya.
Tadqiqot predmeti:Sutemizuvchilar- suvsarsimonlar turkumi va ularning bizning regionga xos vakillarini bioekologik xusuyatlari.