II- BOB. O‘RTA OSIYO TABIATINI O‘RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI 2.1. O‘rta Osiyo faunasini o‘rganish tarixi Naturalist Ye.A. Eversman 1820-yili O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishga asos soldi. U rus diplomatik elchixona xodimi sifatida Buxoro savdogarlari karvoni bilan Buxoroga yo‘l oldi. Bu ekspeditsiyada naturalist sifatida doktor Pander ham ishtirok etdi. Ekspeditsiya katta Buxoro “Karvon yo‘li” yo‘nalishi bo‘ylab xarakatlandi. Ekspeditsiya 10 oktabrdan boshlanib ikki oyda Qizilqum cho‘llari orqali Buxoroga yetib bordi. Eversmann bu sayoxatda asosan O‘rta Osiyo geologiyasi va ekologiyasi bilan shug‘ullandi. Kech kuz bo‘lganligi sababli ko‘pchilik hayvonlar qishki uyquga ketgan edi. Shuning uchun ham olim zoologik materiallarni yig‘a olmadi. Buxoroga ikkinchi ekspeditsiya bahor oyida boshlandi, bunda juda ko‘p hayvonlar kolleksiyalari to‘plandi va materiallar Berlin Universitetiga yuborildi. Professor Lixtenshteyn bu materiallarni qayta ishlab 1823 yili Eversman ishlariga ilova tarzida maqola e’lon qildi. 1825-1826 yillarda Eversman Ustyurtni shimoliy qismida bo‘lib, juda ko‘p zoologik materiallar to‘pladi va “Orenburg o‘lkasining tabiiy tarixi” kitobini yozdi. 1832 yili G. S. Karelin Kasbiy dengizining sharqiy qirg‘oqlarida ilmiy izlanishlar olib bordi. [2,3,4,8,9,12]
G.S.Karelinda zoologik materiallar unchalik ko‘p emas edi va bu materiallarni uning o‘limidan so‘ng M.N. Bogdanov “Karelinni Kaspiy dengizi bo‘ylab sayoxati” nomli kitobida nashr qildirdi. Bu kitobda Kaspiy dengizini o‘ziga xos hayvonot dunyosi flamingo, oqqushlar haqida to‘la ma’lumotlar berilgan edi. [13,7,15,18]
O‘rta Osiyo umurtqali hayvonlarini o‘rganishga taniqli tadqiqotchi va olim Nikolay Aleksandrovich Seversev katta xissa qo‘shdi. Uning O‘rta Osiyoga birinchi sayoxati 1857 yilda, ohirgisi esa 1878 yilda bo‘lgan. Bu davr ichida olim Ustyurtda, Orol dengizida, Shimoliy Qizilqumda, Sirdaryo voxasida, Tyan-Shan va Pomir tog‘ining turli qismlarida bo‘ldi.[3,5,7,9,]
Eskpeditsiya davomida zoologik materiallar bilan bir qatorda o‘sha davrda o‘rganilgan foydali qazilmalar, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ham qimmatli materiallar to‘pladi. O‘rta Osiyoda eng ko‘p uchraydigan qushlardan 12 mingdan ortiqroq kolleksiya to‘pladi va bu materiallar hozirda Moskva Davlat Universitetining zoologiya muzeyida saqlanmoqda. O‘rta Osiyo bo‘ylab o‘tkazilgan ekspeditsiyalarda Seversev juda ko‘p xavf-xatarni boshidan kechirgan. Qo‘qon xonligi askarlari bilan bo‘lgan olishuvda yaralangan va asirga olingan. Juda ko‘p urishlardan keyin uni asirlikdan ozod qilingan. O‘rta Osiyo hayvonlari bo‘yicha to‘plagan qimmatli materiallari bir-necha kitoblarda rus va xorijiy tillarda nashr qilingan. “Turkiston hayvonlarini vertikal va gorizontal tarqalishi” nomli kitobida O‘rta Osiyo hayvonot dunyosi haqida aniq ma’lumotlar bergan. Seversev o‘zining ishlarida O‘rta Osiyo hayvonlarini bosqich bo‘yicha tarqalishi xususiyatlarini aniqladi. U asosan 5 ta bosqichga bo‘ldi. Birinchi –saksovulzorlar va sho‘rxok yerlar, ikkinchi o‘zlashtiriladigan madaniy o‘t bilan qoplangan cho‘llar, haydaladigan yerlar va bog‘lar, uchinchi- Tyan-Shan tog‘ oldi bosqichi tilog‘och o‘rmonlari bilan, to‘rtinchi-oq qayin va ignabarglilar, beshinchi-alp mintaqasi qorli tog‘lar va qor ostidagi alp o‘tloqlar. So‘ngra u O‘rta Osiyo turli qismlaridagi hayvonot dunyosini farqlarini aniqlab, zoogeografik bo‘limlarga ajratgan.[12,15,17]
1869-1871 yillarda buyuk tabiatshunost va sayyox A.P. Fedchenko birinchi bo‘lib Oloy tog‘larida va Farg‘ona vodiysida bo‘ldi. Olim shuningdek Samarqandda va Shimoliy Qizilqumda tadqiqot ishlarini olib bordi. Fedchenkoni barcha ekspeditsiyalarida uni umr yo‘ldoshi botanik va rassom Olga Aleksandrovna hamkorlik qildi. O‘simliklar dunyosi bilan birga turli landshaftlarni rasmlarini chizdi. Gulcha vodiysidagi eng xushmanzara joylardan biri “Olga o‘tlog‘i” deb ataladi.
Fedchenko Farg‘ona va oloy vodiysidagi o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida, vohaning tabiati haqida o‘zining kitoblarida qimmatli materiallar bergan.
1873 yili Amudaryoning quyi oqimi va qizilqum cho‘llari bo‘ylab M.N. Bogdanov ilmiy tekshirish ishlari olib bordi. Xiva voxasi va Qizilqumni tabiati o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida kitob yozdi.[45,6,8,9,13]
1886 yilda janubiy Qoraqum bo‘ylab Kavkaz muzeyini direktori G.I. Radde boshchiligida ekspeditsiya tashkil etildi. Ekspeditsiya zamonaviy asboblarga ega bo‘lib, juda ko‘p zoologik materiallar to‘pladi va bu materiallar maxsus to‘plamda nashr qilindi.
1884 va 1889 yillar ichida Nikolay Alekseevich Zarudniy boshchiligidagi O‘rta Osiyoga to‘rt marta ekspeditsiya uyushtirildi. Tekshirishlar shimoliy yonbag‘irlarida, Tedjet va Murg‘ob vodiysida, Amudaryo va Chordjo‘da olib borildi va natijada quruqlikda yashovchi barcha umurtqali hayvonlar bo‘yicha materiallar to‘plandi. 1906 yildan boshlab Zarudniy Toshkentdagi kadet korpusida dars bera boshladi. Yozgi ta’til davrida esa har yili uzoq muddatli ekspeditsiyalar tashkil etib Qizilqum, Orol dengizi, janubiy va shimoliy Farg‘ona, janubiy O‘zbekistonda bo‘ldi. Shuningdek Mirzacho‘l va Toshkent atrofidagi tumanlarga tez-tez chiqib turdi. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosi bo‘yicha juda ko‘p qimmatli materiallar to‘pladi. Umurtqali hayvonlarni tarqalishi, hayot tarzi bo‘yicha ma’lumotlar bilan Zarudniy O‘rta Osiyo zoolog olimlari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Uning 200 dan ortiq asarlari nashr qilingan. Qushlarni o‘rganishga bag‘ishlangan “Zakaspiy o‘lkasining ornitologik faunasi” nomli monografiyasi qushlarning hayoti, tarqalishi, ko‘payishi kabi qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Toshkentdagi tabiat muzeyiga o‘z kolleksiyalarini asosiy qismini topshirib muzeyni tashkil etishda asos solgan olim Zarudniy hisoblanadi. Olim tomonidan yig‘ilgan 15 mingdan ortiq qushlar kolleksiyasi hozirgi vaqtda ToshDUni umurtqali hayvonlar zoologiyasi kafedrasini ilmiy kolleksiyasida saqlanmoqda. O‘zining boy ornitologik kolleksiyasi bilan bu kafedra shubxasiz O‘rta Osiyodagi barcha universitetlardan ustun turadi.[2,4,6,8]
1885 yilda Zarudniy bilan birga O‘rta Osiyo A.M. Nikolskiy ham bo‘lib, u o‘lkaning sudralib yuruvchilarini har tomonlama o‘rgandi va O‘rta Osiyoni sudralib yuruvchilari haqida to‘la bayonnoma yozdi.[3,5,9]
1907 yilda V.N. Shitnikov janubiy Qozog‘istonda ilmiy izlanishlar olib borib, quruqlikda yashaydigan umurtqalilarni barcha sinflari vakillari bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarni to‘pladi. 6,7,8,9,13]
1897-1911 yillarda Krasnovodsk, Kushka va Konibodom oralig‘idagi temir yo‘l atrofida tarqalgan qushlar faunasini L.V. Loudon o‘rgandi. Moddiy ta’minlangan oiladan bo‘lganligi sababli aloxida vagonda yurib qushlarning hayoti, tarqalishi, sistematikasini o‘rgandi.
Uning asarlarida qushlar hayoti, tarqalishi, ko‘payishi va uchish muddatlari haqida yangi ma’lumotlar bergan. Olim tomonidan 12 ming ekzemplyar qushlar kolleksiya qilingan ayrim qushlarning sistematik o‘rni va bir necha yangi kenja turlari aniqlandi.[5,6,9,]
1899-1903 yillarda Orol dengizida, Sirdaryoda, Balxash va Issiq ko‘lda ixtiolog olim L.S. Berg ilmiy izlanishlar olib borib o‘zining “Turkiston baliqlari” nomli asarini nashrdan chiqardi. 1928-1945 yillarda G.V. Nikolskiy Chu daryosi, Orol dengizi, Amudaryo baliqlarini o‘rganib, ularni tur tarkibi, ko‘payishi haqida maqolalar e’lon qildi.
Ornitofaunani o‘rganishda N.A. Zarudniy katta hissa qo‘shib, 445 tur qushlarni yozib qoldirgan. Shu bilan birga M.A. Menzbir, D.N. Kashkarov, V.G. Geptner ishlarining ahamiyati ham katta [1,2,3,5].
Hozirgi paytda madaniy voha qushlarini va cho‘l, dasht, suv-botqoq qushlarini o‘rganishda T.Z. Zoxidov, D.Yu. Kashqarov, O.P. Bogdanov, O.V. Mitropolskiy, A.K. Sagitov, J.A. Laxanov, S. Bakoev, A. Sharipov, A.N. Ayupov va boshqa olimlar katta hissalarini qo‘shishgan [6,7,8,9,10,11,12,13,14,15].
S.K. Dal, M.V. Kalujina, A.K. Sagitovlar tomonidan Zarafshon bosseyni faunasini o‘rganish bo‘yicha katta ilmiy ishlar amalga oshirildi.
Ular qatoriga Ashxobod universitetida A.K. Rustamov, Qozog‘istonda V.S. Bajanov, Tojikistonda I.A. Abdusalomov, Qoraqalpog‘istonda A.M. Mambetjumaevlarni ham kiritish mumkin.[3,7,13,18]
O‘zbekistonda umurtqali hayvonlar zoologiyasi fanining rivojlanishiga katta xissa qo‘shgan olimlarga akademik T.Z. Zoxidov, A.To‘laganov, A.N. Meklenbursev, G.S. Sultonov, G.K. Komilov, G.I. Ishunin, Ya.D. Davlatov, T.Tilavov, D.Yu. Qashqarov, J.L. Laxanov, O.V. Mitrapolskiy, S.B. Bakaev va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Ornitologiya laboratoriyasida b.f.n. E.Sh. Shernazarov boshchiligida qushlarni migratsiyasi, uchib o‘tish yo‘llari, balandliklari, qushlarni ko‘payishi va rivojlanishi, noyob qushlarni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
1885 yilda Zarudniy bilan birga O‘rta Osiyo A.M. Nikolskiy ham bo‘lib, u o‘lkaning sudralib yuruvchilarini har tomonlama o‘rgandi va O‘rta Osiyoni sudralib yuruvchilari haqida to‘la bayonnoma yozdi.[3,5,9]
1907 yilda V.N. Shitnikov janubiy Qozog‘istonda ilmiy izlanishlar olib borib, quruqlikda yashaydigan umurtqalilarni barcha sinflari vakillari bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarni to‘pladi. 6,7,8,9,13]
1897-1911 yillarda Krasnovodsk, Kushka va Konibodom oralig‘idagi temir yo‘l atrofida tarqalgan qushlar faunasini L.V. Loudon o‘rgandi. Moddiy ta’minlangan oiladan bo‘lganligi sababli aloxida vagonda yurib qushlarning hayoti, tarqalishi, sistematikasini o‘rgandi.
Uning asarlarida qushlar hayoti, tarqalishi, ko‘payishi va uchish muddatlari haqida yangi ma’lumotlar bergan. Olim tomonidan 12 ming ekzemplyar qushlar kolleksiya qilingan ayrim qushlarning sistematik o‘rni va bir necha yangi kenja turlari aniqlandi.[5,6,9,]
1899-1903 yillarda Orol dengizida, Sirdaryoda, Balxash va Issiq ko‘lda ixtiolog olim L.S. Berg ilmiy izlanishlar olib borib o‘zining “Turkiston baliqlari” nomli asarini nashrdan chiqardi. 1928-1945 yillarda G.V. Nikolskiy Chu daryosi, Orol dengizi, Amudaryo baliqlarini o‘rganib, ularni tur tarkibi, ko‘payishi haqida maqolalar e’lon qildi.
Ornitofaunani o‘rganishda N.A. Zarudniy katta hissa qo‘shib, 445 tur qushlarni yozib qoldirgan. Shu bilan birga M.A. Menzbir, D.N. Kashkarov, V.G. Geptner ishlarining ahamiyati ham katta [1,2,3,5].
Hozirgi paytda madaniy voha qushlarini va cho‘l, dasht, suv-botqoq qushlarini o‘rganishda T.Z. Zoxidov, D.Yu. Kashqarov, O.P. Bogdanov, O.V. Mitropolskiy, A.K. Sagitov, J.A. Laxanov, S. Bakoev, A. Sharipov, A.N. Ayupov va boshqa olimlar katta hissalarini qo‘shishgan [6,7,8,9,10,11,12,13,14,15].
Qishlovchi va ko‘chmanchi qushlarning xulq-atvori, ko‘chib yurish xususiyatlari va ekologiyasi A.K. Sagitov, R.N. Meklenbursev, E.Sh. Shernazarov, D.Yu. Qashqarov, A. Ayupov, O.V. Mitropolskiy, S.B. Bakaev va boshqa olimlar tomonidan keng o‘rganilgan[12,13,14,15,16,17,18].
Mamlakatimizni “Noyob qushlar o‘lkasi” deb hisoblash mumkin. Negaki, yurtimizda qushlarning 463 turi uchraydi. E’tiborlisi, ularning 48 turi kamyob bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Qushlarning ko‘payishida suvli-botqoqli va tog‘li xududlarni, cho‘l-dasht mintaqalarni va madaniy vohalarni ahamiyati nihoyat katta.
Umurtqali hayvonlar zoologiyasining kelajakdagi rivojlanishi tabiatni muxofaza qilish va uning boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish masalalari bilan bog‘liq. Bu sohada hayvonlarni qo‘riqlash va ulardan to‘g‘ri foydalanishda qo‘riqxonalar, zakazniklar, “Qizil kitob”larni joriy qilishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi tomonidan qabul qilingan “Hayvonot dunyosini qo‘riqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qarorida ular o‘z aksini topgan.[6,7,18,19]