Zoologiya va biokimyo


Tadqoqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 379,69 Kb.
səhifə3/21
tarix14.06.2022
ölçüsü379,69 Kb.
#61448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
2 5276148906869135149

Tadqoqotning maqsad va vazifalari:Tadqiqotning asosiy maqsadi suvsarsimonlarning keng tarqalgan vakillarini biotoplar bo‘yicha tarqalish xususiyatlarini o‘rganish va ilmiy asoslashdan iborat.

  • Suvsarsimonlarning tarqalish areallarini aniqlash.

  • Keng tarqalgan turlar populatsion tarkibini, bioekologik xususiyatlarini o‘rganish;

  • Mo‘yna beruvchi turlarni tahlildan o‘tkazish kabilar asosiy vazifalardan deb belgilandi.

Tabiiy biotoplarda keng tarqalgan turlarni o‘rganish, mo‘yna beruvchi turlarni ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va muhofaza masalalarini hal etish hozorgi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ilmiy yangiligi : Andijon viloyati sharoitida suvsarsimonlarning tur tarkibi, tarqalishi va ekologik xususiyatlari ilmiy tomondan asoslanib, narijalar iqlimiy manbalar bilan solishtiradi va tahlildan o‘tkazadi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodlar. Tadqiqotda umumiy zoologik kuzatish metodlaridan, aniqlagich va “Qizil kitob materiallaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
Andijon viloyati sharoitida suvsarsimonlarning regionga xos xususiyatlari va ularning ekologiyasi o‘rganilaib, mo‘yna beruvchi turlarni ko‘paytirish va muhofazasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Ishning hajmi va tarkibi: Ushbu ish kirish, ishning tavsifi, 4 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalarni o‘z ichiga oladi.Ushbu ishning hajmi 56 betni tashkil etadi.


I- BOB. FARG‘ONA VODIYSINING FIZIKO GEOGRAFIK XARAKTERISTIKASI
1.1. Farg‘ona vodiysining tabiiy geografik tuzilishi
Farg‘ona tabiiy geografik okrugi O‘zbekistonning eng sharqida, Tyanshan va Oloy tog‘ tizimlari orasidagi Farg‘ona vodiysida joylashgan. Bu okrugning atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. Farg‘ona okrugini janubdan Turkiston va Oloy, sharqdan Farg‘ona va Oto‘ynoq, shimoldan Chotqol, shimoli g‘ardan esa Qurama va Qoramozor tog‘ tizmalari, g‘arbdan Mo‘g‘iltog‘ o‘rab turadi. Faqat g‘arb tomondan torgina (8-9 km) “Farg‘ona” yoki “Xo‘jand” darvozasi orqali Dalvarzin va Mirzacho‘l tekisliklari bilan tutashib turadi. Maydoni 19,2 ming km2. botiqning maydoni uni o‘rab turgan tog‘larning suv ayirg‘ichdan hisoblanganda 79,7 ming km2 ga teng. Farg‘ona vodiysi bodomsimon shaklga ega bo‘lib, markazga tomon va sharqdan g‘arbga tomon cho‘zilgan.
Farg‘ona vodiysining uzunligi g‘arbdan sharqqa 370km, o‘rtacha kengligi 80-100 km, eng keng joyi esa sharqiy qismida bo‘lib, 150 km ga yetadi. Ma’muriy jihatdan Farg‘ona vodiysida O‘zbekistonning Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Qirg‘izistonning O‘sh viloyatining bir qismi va Tojikistonning Xo‘jand viloyatining bir qismi joylashgan.
Farg‘ona vodiysi poleozoy erasidayoq tektonik botiq sifatida tarkib topgan. Viloyatda quruqlik hamma yerda bir vaqtda paydo bo‘lmagan. Vodiyni o‘rab turgan tog‘larda quruqlikning paydo bo‘lish jarayoni paleozoyda, adirlar qismida mezazoyda, vodiyning tekislik qismida antropogenda ro‘y bergan. Adirlar zaminida asosan bo‘r davri jinslari tarqalgan. Vodiyning markaziy qismida asosan allyuvial prolyuvial jinslar, ko‘l, botqoqlik yotqiziqlari, qum, gil, qumoq va toshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Farg‘ona vodiysi tekislik qismi quriqlikka aylangach, atrofdagi tog‘lardan boshlanadigan daryolar tekislikka oqib chiqib o‘zi bilan olib kelgan jinslarni yotqizib, tosh shag‘allardan tashkil topgan bir qancha konssimon yoyilmalarni hosil qilgan.
Tekislikning chekka qismlaridagi daryolardan keltirilgan dag‘al-toshlardan tashkil topagan yotqiziqlar vaqt o‘tishi bilan konglomeratlarga aylangan. So‘ngra bu jinslar ustini lyuss qoplagan. Shu tarzda tog‘lar oldida balandliklar vujudga kelgan. Bularni doimiy va vaqtli oqar suvlar yuvib parchalagan. Natijada vodiy atrofidagi balandliklar bo‘laklarga bo‘linib, adirlar hosil bo‘lgan. Farg‘ona vodiysi quruqlikka aylangach allyuvial – prolyuvial yotqiziqlar shamol ta’sirida to‘zib ko‘chma qumlar hosil bo‘lgan.
Farg‘ona okrugi quriqlikka aylangach, atrofidagi tog‘lardan boshlanadigan daryolar tekislikka oqib chiqib, o‘zi bilan olib kelgan jinslarni yotqizib, tosh-shag‘allardan tayoshkil topgan bir qancha yoyma konslar hosil qilgan. Bunga Isfara, So‘x, Isfayramsoy, Oqbura, Shoximardon kabi daryo va soylarning quyar joylaridagi yoyilma konslar yaqqol misol bo‘ladi. Okrugning chekka qismlaridagi daryolar keltirgan shag‘al-toshlardan tashkil topgan yotqiziqlari vaqt o‘tishi bilan konlomeratlarni hosil qilgan, so‘ngra uning ustini lyussi jinslari qoplab olgan.
Mezazoyda vodiy o‘rtasida sayoz dengiz va botqoqliklar mavjud bo‘lib, atrofida qalin o‘rmonlar o‘sgan. So‘ngra bu o‘simliklar qoldiqlaridan ko‘mir qatlamlari vujudga kelgan. Paleogen davridagi suv xavzalarida yashagna hayvonlar organizmining qoldiqlaridan neft, gaz vujudga kelgan. Shuningdek cho‘kindi jinslar bilan bog‘liq xolda vodiyda oltingugurt, tog‘ mo‘mi ham paydo bo‘lgan.
Farg‘ona vodiysi relefi uchun xos xususiyatlar uning zonalligidir. Bu yerda baland tog‘, tog‘ oldi va markaziy tekislik zonalari mavjud. Tog‘ oldi zonasi adirlar, konssimon yoyilmalar, adir orti botiq tekisliklari, Qoradaryo va Sirdaryoning allyuvial qyiqlari kabi qismlarga bo‘lingan. Farg‘ona okrugi markaziy qismga tomon tasaya boradi. Okrugni o‘rab olgan adirlarning balandligi 600-1200 m. bo‘lsa, Isfara daryosining yoyilma konusi 540 m. Andijon shahri 496 m. va Namangan shahri 449 m. dir. Vodiy sharqdan g‘arbga tomon cho‘zilgan: sharqda Uchqo‘rg‘on qishlog‘i yaqinida 500 m. bo‘lsa, Baliqchi qishlog‘i (Norin va Qoradaryo qo‘shilgan yer) da 393 m. Xo‘jandda bor yo‘g‘i 320 m.
Vodiyda tipik qum uyumlari juda kam. O‘simliklar bilan mustaxkamlangan do‘ng qumlar asosiy o‘rin tutadi. Do‘ng qumlar Qoraqalpoq cho‘lida ayniqsa ko‘p. Bu yerda qum do‘ngliklarining balandliklari 5-6 m, ba’zan 15 metrga yetadi. Do‘nglar orasida esa sho‘rxoklar botqoqlik yerlar uchraydi. Markaziy Farg‘onada g‘arbdan esuvchi kuchli shamollar ta’sirida to‘zib yuradigan qumlar ham uchrab turadi.
Farg‘ona tabiiy geografik okrugi O‘zbekistonning eng sharqida, Tyanshan va Oloy tog‘ tizimlari orasidagi Farg‘ona vodiysida joylashgan. Bu okrugning atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. Farg‘ona okrugini janubdan Turkiston va Oloy, sharqdan Farg‘ona va Oto‘ynoq, shimoldan Chotqol, shimoli g‘ardan esa Qurama va Qoramozor tog‘ tizmalari, g‘arbdan Mo‘g‘iltog‘ o‘rab turadi. Faqat g‘arb tomondan torgina (8-9 km) “Farg‘ona” yoki “Xo‘jand” darvozasi orqali Dalvarzin va Mirzacho‘l tekisliklari bilan tutashib turadi. Maydoni 19,2 ming km2. botiqning maydoni uni o‘rab turgan tog‘larning suv ayirg‘ichdan hisoblanganda 79,7 ming km2 ga teng. Farg‘ona vodiysi bodomsimon shaklga ega bo‘lib, markazga tomon va sharqdan g‘arbga tomon cho‘zilgan.
Farg‘ona vodiysining uzunligi g‘arbdan sharqqa 370km, o‘rtacha kengligi 80-100 km, eng keng joyi esa sharqiy qismida bo‘lib, 150 km ga yetadi. Ma’muriy jihatdan Farg‘ona vodiysida O‘zbekistonning Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Qirg‘izistonning O‘sh viloyatining bir qismi va Tojikistonning Xo‘jand viloyatining bir qismi joylashgan.
Farg‘ona vodiysi poleozoy erasidayoq tektonik botiq sifatida tarkib topgan. Viloyatda quruqlik hamma yerda bir vaqtda paydo bo‘lmagan. Vodiyni o‘rab turgan tog‘larda quruqlikning paydo bo‘lish jarayoni paleozoyda, adirlar qismida mezazoyda, vodiyning tekislik qismida antropogenda ro‘y bergan. Adirlar zaminida asosan bo‘r davri jinslari tarqalgan. Vodiyning markaziy qismida asosan allyuvial prolyuvial jinslar, ko‘l, botqoqlik yotqiziqlari, qum, gil, qumoq va toshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Farg‘ona vodiysi tekislik qismi quriqlikka aylangach, atrofdagi tog‘lardan boshlanadigan daryolar tekislikka oqib chiqib o‘zi bilan olib kelgan jinslarni yotqizib, tosh shag‘allardan tashkil topgan bir qancha konssimon yoyilmalarni hosil qilgan.
Farg‘ona okrugi iqlimi yozi quruq va davomli issiq, qishning mo‘tadil havo haroratining ancha barqaror bo‘lishi bilan qo‘shni Toshkent, Mirzacho‘l vohalaridan biroz farq qiladi. Qishda tog‘lardan tushib keladigan sovuq havo Farg‘ona botig‘ining markazida to‘plangan va yanvarning o‘rtacha ko‘p yillik haroratining past bo‘lishiga (-30) olib keladi. Ba’zida qishda shimoldan va shimoliy sharqdan esayotgan sovuq havo tog‘larni oshib o‘tib vodiyda havo haroratini juda pasaytirib yuboradi va yanvarda mutloq sovuq harorat -300S, - 310S gacha pasayadi.
Okrugda bahor qisqa keladi, ob-havo tez o‘zgarib turadi, yillik yog‘in miqdorining 30% dan ortig‘i shu faslda yog‘adi. Yozi issiq uzoq davom etadi. Iyulning ko‘p yillik o‘rtacha harorati +260, +270 eng yuqori harorat +400, +420. O‘simliklarning o‘rtacha harorati vegitatsiya davri 235-240 kun. Kuzda okrugda havo harorati sezilarli pasayadi. Bulutli kunlar tez-tez takrorlanib, yog‘in – sochin qo‘payadi. Kuzning ikkinchi yarmida havo harorati keskin pasayadi va kuzgi sovuq boshlanadi.
Bahor va kuz oylarida esa Mirzacho‘l tomondan Farg‘ona okrugiga tomon esgan (Qo‘qon) shamolining tezligi sekundiga 25 m ga yetadi. Farg‘ona okrugida tog‘-vodiy hamda fyon kabi shamollar ham mavjud. Qish va bahor faslida fyon tog‘lardan pasgga qarab esadi; Tog‘lardan pastga esayotgan havo zichlashib, isiydi, natijada havonnng harorati 20—24°S gacha ko‘tarilib, qorlar tez eriy boshlaydi.
Farg‘ona okrugida yoz oylari esgan shamollar ba’zan garmsel harakteriga ega bo‘lib, qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiradn. Shu sababli okrugda shamollarning kuchini va zararini kamaytirish maqsadida katta maydonlarda ihota daraxtzorlari barpo etilgan. Farg‘ona okrugidagi daryo va soylarning barchasi atrofini o‘rab olgan tog‘ tizmalaridan boshlanadi. Bu daryolarning ko‘pchiligi Farg‘ona vodiysida butunlay sug‘orishga sarf bo‘lib, Sirdaryoga yetib kela olmaydi. Okrugdagi eng katta va sersuv daryolar Norin, Qoradaryo va Sirdaryodir.
Norin daryosi Markaziy Tyanshan tog‘laridan boshlanuvchi Kichik va Katta Norinning qo‘shilishidan vujudga keladi. Norin qor va muzlarning erishidan to‘yinadi. Shu sababln Uchqo‘rg‘on shahri yonida bir yilda o‘rtacha sekundiga 427 m3 suv oqsa, shuning 44,9% mart-iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Yillik oqimning 35,9% iyul-sentabrga, 19,2% oktabr-fevral oylariga to‘g‘ri keladi. Norin daryosi Namangan viloyatining Baliqchi qishlog‘ida Qoradaryo bilan qo‘shilib, Sirdaryo nomini oladi.
Qoradaryo Farg‘ona va Oloy tog‘laridan boshlanuvchi Tor va Qorag‘o‘lja daryolarining qo‘shilishidan vujudga keladi. Qoradaryo qor va muzlarni erishidan to‘yinadi. Uning yillik o‘rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog‘i yonida sekundiga 123 m3 bo‘lib, shuning 46,4 foizi mart-iyun oylariga, 14,4 foizi iyul-sentabr oylariga va 39,2 foizi oktabr-fevral oylariga to‘g‘ri keladi.
Sirdaryo Norin va Qoradaryoning qo‘shilishidan vujudga kelib, uni 300 km qismi Farg‘ona okrugi hududidan oqib o‘tadi. Uning yillik o‘rtacha oqimi Kalqishloq yonida sekundiga 503 m3 bo‘lsa, Qizilqishloqda (okrugning eng g‘arbiy qismida) sekundiga 570 m3. Yillik oqimni 100 foiz desak, shundan 45,3 foizi mart-iyun, 27,4 foizi iyul-sentabr, 27,3, foizi oktabr-fevral oylariga to‘g‘ri keladi.
Farg‘ona okrugini o‘rab olgan tog‘lardan juda ko‘p soy va daryolar oqib, sug‘orishga sarflanishi tufayli Sirdaryoga yetib kelmaydi. Bu daryolar suv rejimiga ko‘ra 3 turkumga bo‘linadi:
a) Farg‘ona tizmasining g‘arbiy yonbag‘ridan boshlanib, vaqtiqcha qorlardan to‘yinadigan daryolar (Yassi, Ko‘gart, Qorao‘ngur, Moylisuv daryolari). Bu turli daryolarning suvi may oyida ko‘payadi, iyul-sentabr oylarida esa suvi kamayib qoladi, yillik suv miqdorining 19-21 foizi ana shu oylarga to‘g‘ri kelad.
b) Qurama va Chotqol tog‘laridan boshlanadigan daryolar. Bu
erdan 30ga yaqin daryo va soylar boshlanadi, ulardan eng muhimlari G‘ovasoy, Kosonsoy, Pochchaota, Sumsarsoy, Qorasuv, Chodoqsoy. Bu daryolar tog‘larning baland qismlaridan boshlanganligidan suvlari may-iyun oyida ko‘payadi.
v) Turkiston va Oloy tog‘laridan boshlanadigan daryolar. Bulardan eng kattalari—Xo‘jabaqirg‘on, Isfara, So‘x, Shohimardonsoy, Isfayramsoy, Aravonsoy, Oqbura, Qurshob. Bu daryolarning ko‘pchiligi Oloy tizmasining doimiy qor, muzliklaridan to‘yinganligidan suvi iyul-avgust oylarida to‘liq oqadi, mart-aprelda esa sayoz bo‘lib qoladi. Iyul-sentabr oylarida yillik suv mikdorining 40 foizi, ba’zi daryolarda So‘x, Isfara suvning hatto 60 foizi oqadi.
Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, okrugda juda katta yer osti suv havzasi bo‘lab, bu suv turli xil jinslar (ayniqsa antropogen davrning qum, shag‘al, konglomeratlari) orasida qatlam-qatlam bo‘lib joylashgan. Bu suv qatlamlari okrugning relefiga, suv saqlovchi jinslarning qalin-yupqaligiga qarab bir necha metrdan 100—150 m gacha, ba’zan 300—350 m gacha va hatto 450—500, m gacha chuqurlikda joylashgan. 500—600 m chuqurliklardan ham hozir yaxshi sifatli suv chiqarilmoqda.
Ayniqsa Markaziy Farg‘ona yer osti suviga juda boy bo‘lib, kuchli bosimga ega. Shu sababli, u parmalansa yer betiga o‘zi otilib chiqishi mumkin. Shuning uchun ham bu yerda 400 dan ortiq artezian quduqlari qazilgan.
Gidrogeologlarning ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona okrugida yer osti suvlarining dinamik zapasi katta bo‘lib, sekundiga 257 m3 ni tashkil etadi. Lekin hozirgacha shundan faqat sekundiga 13,0 m3 miqdordagisi foydalanilmoqda.
Farg‘ona okrugining 1500—3000 m chuqurliklaridan issiq mineral suvlar: Chortoq, Chust, Go‘rtepa, Qiziltepa kabi joylaridan chiqadi. Bu yerdagi termal yer osti suvlarining harorati 40— 75°S ga yetadi. Minerallar miqdori juda ko‘p (xilma-xildir). Tarkibida yod, brom, sulfid, radon va boshqa moddalar bor. Bu esa okrug yer osti suvlaridan faqat sug‘orishda, shahar va ishchi posyolkalarni, qishloqlarni, kommunal xo‘jalikni suv bilan ta’minlashdagina emas, balki davolanishda ham foydalanish uchun imkon beradi (Chortoq kurorti). Okrug O‘zbekistondagi eng muhim obikor dehqonchilik rayoni bo‘lib, tuproq qadim zamonlardan beri ishlab kelinganidan madaniy voha tuprog‘iga aylangan. Shu sababli, tuproqlar tabiiy holda ko‘proq okrugning chekka qismidagi o‘zlashtirilmagan yerlarda va ayniqsa Markaziy Farg‘onadagi Qoraqalpoq cho‘lida qisman saqlanib qolgan. Qoraqalpoq cho‘lida ko‘chib yuruvchi qumlar va soz (gilli), sho‘rxok tuproqlar hamda taqirlar uchraydi.
Norin daryosi Markaziy Tyanshan tog‘laridan boshlanuvchi Kichik va Katta Norinning qo‘shilishidan vujudga keladi. Norin qor va muzlarning erishidan to‘yinadi. Shu sababln Uchqo‘rg‘on shahri yonida bir yilda o‘rtacha sekundiga 427 m3 suv oqsa, shuning 44,9% mart-iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Yillik oqimning 35,9% iyul-sentabrga, 19,2% oktabr-fevral oylariga to‘g‘ri keladi. Norin daryosi Namangan viloyatining Baliqchi qishlog‘ida Qoradaryo bilan qo‘shilib, Sirdaryo nomini oladi.
Qoradaryo Farg‘ona va Oloy tog‘laridan boshlanuvchi Tor va Qorag‘o‘lja daryolarining qo‘shilishidan vujudga keladi. Qoradaryo qor va muzlarni erishidan to‘yinadi. Uning yillik o‘rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog‘i yonida sekundiga 123 m3 bo‘lib, shuning 46,4 foizi mart-iyun oylariga, 14,4 foizi iyul-sentabr oylariga va 39,2 foizi oktabr-fevral oylariga to‘g‘ri keladi.
Sirdaryo Norin va Qoradaryoning qo‘shilishidan vujudga kelib, uni 300 km qismi Farg‘ona okrugi hududidan oqib o‘tadi. Uning yillik o‘rtacha oqimi Kalqishloq yonida sekundiga 503 m3 bo‘lsa, Qizilqishloqda (okrugning eng g‘arbiy qismida) sekundiga 570 m3. Yillik oqimni 100 foiz desak, shundan 45,3 foizi mart-iyun, 27,4 foizi iyul-sentabr, 27,3, foizi oktabr-fevral oylariga to‘g‘ri keladi.
Farg‘ona okrugini o‘rab olgan tog‘lardan juda ko‘p soy va daryolar oqib, sug‘orishga sarflanishi tufayli Sirdaryoga yetib kelmaydi. Bu daryolar suv rejimiga ko‘ra 3 turkumga bo‘linadi:
a) Farg‘ona tizmasining g‘arbiy yonbag‘ridan boshlanib, vaqtiqcha qorlardan to‘yinadigan daryolar (Yassi, Ko‘gart, Qorao‘ngur, Moylisuv daryolari). Bu turli daryolarning suvi may oyida ko‘payadi, iyul-sentabr oylarida esa suvi kamayib qoladi, yillik suv miqdorining 19-21 foizi ana shu oylarga to‘g‘ri kelad.
Okrugning Sirdaryo vodiysida esa sho‘rtab, allyuvial-o‘tloq va botqoq tuproqlar ham mavjud. Okrugning adir bilan tutashgan qismlarida och yoki tipik bo‘z tuproq bo‘lib, vohani halqa kabi o‘rab olgan. Okrugning o‘simlik qoplami ham tabiiy holatini juda kam saqlab qolgan.
Farg‘ona okrugining adirlarga tutashgan yerlarida rang, qo‘ng‘irbosh, shaytonkovush kabi o‘simliklar o‘sadi. Ko‘p yillik o‘simliklardan oq kovrak, oq shuvoq, mingbosh, ba’zan qizil burgan kabilar ham mavjud.
Okrugning markaziy qismidagi sho‘rxok yerlarda pashmak, baliqko‘z, seta, sho‘ra ko‘p bo‘ladi. Bulardan tashqari, bu qismda yulg‘un va ayrim efemerlar ham o‘sadi. Qator-qator qum tepalari bo‘lgan yerlarda esa juzg‘un, quyonsuyak, qizilcha, tariqbosh, qizil-cho‘p, urg‘ochi selin o‘sadi. Sirdaryo qayirlarida yantoq yulg‘un, yer osti suvi yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda hamda ariq bo‘ylarida qamishzorlar ko‘p. Dehqonchilik qilinadigan hududlarda yantoq, eshaksho‘ra, kakra kabi o‘simliklar o‘sadi.
Okrugda eng ko‘p uchraydigan hayvon turlaridan kalamush, ko‘shoyoq, ko‘rsichqon, bo‘rsiq, bo‘ri, tulki, jayra, ilon, kaltakesaklar, qushlardan esa chumchuq, chug‘urchuq, so‘fito‘rg‘ay; to‘qay hayvonlaridan chiyabo‘ri, g‘oz, loyxo‘rak, o‘rdak, qirg‘ovullarni aytib o‘tish mumkin.
Farg‘ona okrugining tabiati go‘zal, shifobaxsh va tabiiy resurslari xilma-xil bo‘lganligidan uni Turkistonning «durdonasi» deb aytishadi. Farg‘ona okrugining muhim tabiiy resurslaridan biri, uning qazilma boyliklaridir. Bu yerda qazilma boyliklar ko‘p bo‘lib, eng muhimlari neft, tabiiy gaz, oltingugurt, tog‘ mumi, volfram, molibden, rux, marganets, dala shpati, o‘tga chidamli gil, har xil qurilish materiallari, kaliy tuzi va shifobaxsh yer osti suvlaridir.
Okrugning ikkinchi muhim tabiiy resurslari uning iqlimi va hosildor yerlaridir.
Okrugdagi daryo va soylar ham uning muhim tabiiy resurslaridir. Bu tabiiy resurslardan unumli foydalanish maqsadida okrugda Shimoliy Farg‘ona (uzunligi 133 km, sug‘oriladigan maydoni 70 ming ga), Janubiy Farg‘ona (uzunligi 93 km, sug‘oradigan maydoni 71 ming ga), Katta Farg‘ona (uzunligi 249 km, sug‘oradigan maydoni 270 ming ga), Katta Andijon (uzunligi 109 km, sug‘oradigan maydoni 141 ming ga) kabi magistral kanallar hamda Farg‘ona (Quvasoyda, suv sig‘imi 216,5 mln. m3), Kosonsoy (Kosonsoyda, suv sig‘imi 160 mln. m3) suv omborlari qurilgan.
Suv resurslaridan yanada samarali foydalanish maqsadida Qoradaryoning Kampirrovot darasida Andijon suv ombori, Pochchaota soyida Zarkat suv ombori qurilgan. Vodiyda Chortoq, Chimyon, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Shirmonbuloq, Qo‘tirbuloq kabi shifobaxsh va ma’danli suvlar bo‘lib, undan foydalanish uchun sanatoriy va davolanish muassasalari qurilgan.
Farg‘ona ogrugining georafik o‘rni, vodiyda xalq xo‘jaligi tarmoqlarining muayyan hududlarda joylashishi, demografik vaziyat ekologik sharoitning murakkablashuviga sabab bo‘lmoqda.
Vodiyda balandlik mintaqalari – cho‘l, adir, tog‘, yaylov qo‘zga yaqqol tashlanadi. Okrugning asosiy qismini saqlanib qolgan, asosan efemerlar uchraydi. 600-1200 m balandliklarda adir mintaqasi joylashgan. U cho‘lga nisbatan o‘simlikka ancha boy. Ularni 2 tipga – efemerlar va tog‘ dashtlar o‘simliklariga ajratish mumkin. Tog‘ mintaqasi 1200-1300 m dan 2800 m gacha bo‘lgan balandlikda yaxshi rivojlangan. Bu mintaqada qoratikan, na’matak, do‘lana o‘suvchi butazor va archazor va bargini to‘kadigan tog‘ o‘rmonlari mavjud.

Yüklə 379,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin