ozoda, aziz kabi belgi bildiruvchi so‘zlar;
yashamoq, yoqmoq, ketmoq kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar.
-ga, -ka, -qa qo‘shimchalari (2 soat).
Nutq namunalari: Bizning ko‘chamiz keng. Ko‘chamizda ko‘p qavatli uylar,
maktab, bolalar bog‘chasi bor. Shu ko‘chadan maktabga boramiz. Dadam bilan
onam ishga borishadi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid savollarga javob berish,
berilgan rasm yoki predmetni tayanch so‘zlar yordamida tasvirlab bera olish,
o‘qilgan ertak, hikoya mazmunini so‘zlab bera olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qilish, mavzuga oid ko‘p bo‘g‘inli murakkab so‘zlarni to‘g‘ri
ko‘chira olish, tutuq belgisi va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olish, o‘zlashtirilgan
mavzular bo‘yicha 25-30 ta so‘zdan iborat diktant yoza olish.
Nazorat ishi: diktant. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. (1 soat) 9-10-mavzu. Uyimiz. (2 soat, A1+: 3 soat) Lug‘at: uyimiz, hovli, bir qavatli, ayvon, yotoqxona, zina, tom, devor, gulzor, hammom, oshxona, bolalar xonasi, yo‘lak kabi tayanch so‘zlar;
yashamoq, tepada, yonida, joylashmoq kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar.
Qayerda? Qayerga? so‘roqlari (1 soat); X va H tovushlari.(1 soat)
Nutq namunalari: Biz uch xonali uyda yashaymiz. Xonalarga keng
dahlizdan kirasiz. Oshxonamiz o‘ng tomonda, mening xonam esa chap tomonda.
Uyimiz juda shinam va yorug‘. Sizni uyimizga taklif qilamiz. Qachon biznikiga
kelasiz?
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid berilgan savollarni tushunib,
ularga javob bera olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
145
qo‘llab, gaplar tuza olish. Shu mavzuda berilgan gaplar va matnlarni o‘qish,
topshiriqlarni yoza olish.