11-13-mavzu. Bog‘da. (3 soat, A1+:4 soat)
Lug‘at: bog‘, dala, hovli, daraxtlar, olma, uzum, anor, nok, ko‘chat,
bog‘bon kabi mavzuga oid tayanch so‘zlar; shirin, achchiq, suvli, suvsiz kabi
belgi bildiruvchi va parvarish qiladi, sug‘oradi, o‘tqazadi, teradi kabi harakatni
bildiruvchi so‘zlar ( 1 soat).
Hisob so‘zlari (2 soat);
Nutq namunalari: Bog‘da qanday daraxtlar o‘sadi? Bog‘da turli mevali
daraxtlar o‘sadi. Bog‘ni kim parvarish qiladi? Bog‘ni bog‘bon parvarish qiladi.
Bog‘da hamma mevalar pishgan. Mana eng mazali xurmo.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid berilgan savollarga javob bera
olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish, matnlar mazmunini so‘zlab bera olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qila olish, berilgan ertak, kichik hikoyalarni o‘qiy olish, she’r,
hikmatli so‘zlarni o‘qib, yod olish, mavzuga oid ko‘p bo‘g‘inli murakkab so‘zlarni
to‘g‘ri ko‘chira olish, berilgan tayanch so‘zlar, mavzu yoki rasm asosida 6-8 ta
gapdan iborat bog‘lanishli matn yoza olish.
Nazorat ishi: test. (1 soat)
Takrorlash. (1 soat)
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A1+: 2 soat)
14-16-mavzu. Kuzgi ishlar. (3 soat, A1+: 4 soat)
Lug‘at: kuzgi, hosilni yig‘adilar, hosil bayrami, havo, daraxtlar, barglar,
poliz, sabzavotlar, qovoq, behi, kartoshka, sholg‘om, sabzi, tayyorgarlik,
issiqxona, ombor kabi mavzuga oid tayanch so‘zlar; sarg‘ayadi, to‘kiladi,
soviydi, yig‘ib olinadi, haydaydilar, tekislaydilar kabi harakatni bildiruvchi
so‘zlar (2 soat).
Ko‘plik sondagi shaxs-son qo‘shimchalari (1 soat)
Sh sh tovushi (2 soat).
Dostları ilə paylaş: |