Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
mamlakatimizdagi
bayram kunlarini bilish;
isrof va tejamkorlikning ma’nosini
tushunish;
o‘z ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (kiyimi, o‘quv qurollari) tejab
foydalanish.
A1+
isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish;
bir kunlik xarajatlarini hisoblashni bilish.
1-3-mavzu. Vatan. (3 soat, A1+:4 soat)
Lug‘at: Vatan, tuproq, obod, davlat, o‘lka, ipak, ko‘mir, tabiiy boyliklar,
dunyo, tinchlik, birdamlik, shahar, ko‘chalar, qurilishlar, turar joy binolari,
maktab, bog‘cha, teatr, bog‘lar, favvoralar, yo‘llar, avtobus, mashinalar
mavjud kabi tayanch so‘zlar;
boy, chiroyli, bepoyon, baland, uzun, keng,
mashhur, ko‘rkam, ulug‘, aziz kabi belgi bildiruvchi so‘zlar;
yashamoq, sevmoq, faxrlanmoq, tug‘ilmoq, bormoq, yurmoq, qurilmoq,
dam olmoq, qatnamoq kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar (2 soat).
-qayer? so‘rog‘i (1 soat).
Nutq namunalari: O‘zbekiston – serquyosh o‘lka. Unda gaz, neft, oltin,
ko‘mir kabi tabiiy boyliklar mavjud. O‘zbekiston
yashil vodiylari va qadimiy
shaharlari bilan mashhur. Biz O‘zbekistonni sevamiz. Toshkent –
Vatanimiz
poytaxti. Shahrimiz juda chiroyli. Ko‘chalari keng va ozoda. Shahrimizning
yo‘llari tekis. Favvoralar, teatr va istirohat bog‘lari ko‘p.
Dostları ilə paylaş: