Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;  ko‘nikma



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish
ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; 
malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish 
vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; 
kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda 
qo‘llay olish qobiliyati. 
14. Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta 
ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini 
hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan 
mezonlar majmuidan iborat. 
5-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini joriy etish 
tartibi 
15. O‘zbekiston Respublikasida davlat ta’lim standartini joriy etish, 
muvofiqlashtirish, unga metodik rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
16. Davlat ta’lim standartini joriy etish, shu jumladan, umumta’lim fanlari 
bo‘yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan minimal talablarni, umumiy o‘rta 
ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash 
pedagogik tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho 
berilgach amalga oshiriladi. 
17. Davlat ta’lim standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
amalga oshiriladi. 



6-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti talablariga rioya 
etilishini nazorat qilish 
18. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga 
oshirishning maqsadi — davlat ta’lim standarti talablarini bajarish darajasini 
aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida ta’lim sifatini 
ta’minlashdan iborat. 
19. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi ko‘rinishlarda amalga 
oshiriladi: 
davlat ta’lim standarti talablari asosida barcha umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga baho berish
tayanch o‘quv reja va o‘quv dasturlarining bajarilishini tahlil qilish; 
umumiy o‘rta ta’lim muassasasida davlat ta’lim standartlari talablari 
bajarilishi va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni, foydalanilgan pedagogik va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining natijaviyligini tahlil qilish. 
20. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan 
iborat: 
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi 
tomonidan amalga oshiriladi
tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq 
ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin