Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


davlat-jamoatchilik nazorati



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar 
hamkorligida amalga oshiriladi; 
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda 
xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat 
tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi. 
21. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining bilimi sifatini nazorat 
qilishning reyting tizimi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 
hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
22. Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilmaganligi uchun javobgarlik 
qonun hujjatlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbariyatiga 
yuklanadi. 



Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi
187-son 
qaroriga
 
3-ILOVA 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim 
fanlari bo‘yicha 
MALAKA TALABLARI 
I-bob. Umumiy qoidalar 
1-§. Qo‘llanish sohasi 
1. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari 
bo‘yicha malaka talablari (keyingi o‘rinlarda — Malaka talablari deb ataladi) 
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarining 
negizi hisoblanadi va standartlashtirishning umumta’lim fanlarini o‘rganishning 
bosqichlarini, o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarining 
tuzilishini belgilaydi. 
2. Malaka talablari ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari 
hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.
3. Malaka talablari asosida ta’lim muassasasining turi va xususiyatlarini 
inobatga olgan holda o‘quv dasturlari, davlat attestatsiyasi uchun umumta’lim 
fanlari bo‘yicha nazorat-baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi va vakolatli 
vazirliklar, idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin