5. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari
bo‘yicha malaka talablari:
o‘quv fanini o‘rganishning bosqichlarini;
tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarni;
o‘quv fanining
maqsad va vazifalarini;
umumta’lim fanlarini o‘rganishning mazmunini;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha majburiy tayyorgarlik
darajalarini
hamda ta’lim muassasalarini bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan talablarni
belgilab beradi.
4-§. Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar
6. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi
shaxsi va qiziqishlari
ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga
mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: