4. Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy
mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
5. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari
va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va
bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan
talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini
egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya
faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini
takomillashtirish;
davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
3-bob. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari
6. Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari
ustuvorligi;
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga,
shaxs
ehtiyojiga mosligi;
umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi
va ta’lim mazmunining uzviyligi;
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi
va yaxlitligi;
umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini
tanlashda
innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun
tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning
ta’minlanganligi;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash
tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Dostları ilə paylaş: