1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/51
tarix19.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#186596
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Amaliy mashg`ulot №1


Amaliy mashg`ulot №1
Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o‘rganish usullari


Reja


1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)
5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
Mazkur amaliy mashg`ulot insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo‘lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishi bo`yicha bilimlarni shakllantiradi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy xususiyatlari to`g`risida tasavvurga ega bo`ladi. Bu yerda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini o`rganishga urg`u beriladi.
Bu mavzuda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib berishga alohida e'tibor qaratiladi.



Asosiy tayanch so`z va iboralar


Amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi chеklangan rеsurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat.
Bilish vazifasi – har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamеntal ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kеngaytiradi.
Birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan va, shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin