1 Mavzu: Kompyuterning rivojlanish tarixi. Kompyuterning tashqi qurilmalari. Reja



Yüklə 104,99 Kb.
səhifə1/11
tarix14.12.2023
ölçüsü104,99 Kb.
#177010
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-kurs konspekt yangi


1 Mavzu: Kompyuterning rivojlanish tarixi. Kompyuterning tashqi qurilmalari.
Reja:

  1. Kompyuterning rivojlanish tarixi

  2. Kompyuterning tashqi qurilmalari

Kompyuter inglizcha “hisoblovchi” ma’nosini anglatsa-da, bugungi kunda nafaqat hisoblash ishlarida, balki turli ko‘rinishdagi axborotlarni qayta ishlashda ham keng qo‘llanilmoqda. Tarixdan ma’lumki, insonlar hisob ishlarini yengillashtirish maqsadida hisoblash texnikasiga katta ehtiyoj sezgan. Shu ehtiyojlar hamda hisoblash texnikasining takomillashib borishi kompyuter texnikasining yaratilishiga olib kelgan.
Hisoblash texnikasi – axborotni qayta ishlash va hisoblashga mo‘ljallangan usul va vositalar majmui.
Hisoblash vositalari – arifmetik hisoblarni bajaruvchi qurilmalar.
Mexanik mashinalar – mexanik ravishda, qo‘l kuchi yordamida harakatga keltiriladigan mashinalar.
Elektromexanik mashinalar – ishga tushirish va natija olish elektron hamda mexanik ravishda amalga oshiriladigan mashinalar.
Elektron hisoblash mashinalari – ma’lumotlarni kiritish, hisoblash va natija chiqarish amallarining barchasini elektr energiyasi asosida amalga oshiradigan mashinalar.
Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. So‘ngra u 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi “Apple Computer” firmasi tomonidan takomillashtirildi va unga dasturlarning katta majmui tatbiq etilib, ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi.
Kompyuter to‘g‘ri va samarali ishlashi uchun o‘zaro bir-birini to‘ldirib turuvchi texnik ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software)dan tashkil topgan. Kompyuterning ichki texnik qismlari, odatda, komponentlar, tashqi texnik qurilmalari esa tashqi qurilmalar deb ataladi.




2 Mavzu: Xotira va axborotni saqlash qurilmalari. Xotira va axborotni saqlash qurilmalari.


Reja:

  1. Xotira va axborotni saqlash qurilmalari

  2. Xotira va axborotni saqlash qurilmalari.

Bugungi kunda kompyuter yoki mobil qurilmalar haqida so‘z yuritilganida, eng avvalo, ularning xotira hajmi, ulangan qurilmalar imkoniyatlari haqida ma’lumot olinadi. Kompyuterda axborotni saqlashning 3 turi mavjud:
1) birlamchi saqlash – xotira komponenti;
2) ikkilamchi saqlash – axborotni saqlash qurilmalari;
3) oflayn saqlash – tashqi saqlash qurilmalari.
Kompyuterda bajaradigan vazifalariga ko‘ra: doimiy xotira, tezkor xotira, kesh-xotira, asosiy xotira, tashqi xotira kabi xotira turlari mavjud. Xotira hajmi axborot o‘lchov birliklari yordamida o‘lchanadi.

Yüklə 104,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin