11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish
Mavzu rejasi:
1. Badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari.
2. Kichik yoshdagi oʻquvchilarning badiiy idrok etishdagi psixologik xususiyatlari.
3. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash jarayoni.
Tayanch so‘zlar:
idrok etish, asar ustida ishlash, analiz bosqichi, sintеz bosqichi, sifatli
sintеz bosqichi, tanlab o‘qish, rеja tuzish, matnni tasvirlash, ichda o‘qish, ovoz chiqarib o‘qish.
Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar beradi:
1. O‘qish malakalari nima?
2. Nima sasabdan o‘quvchilar xato o‘qiydilar?
3. O‘quvchilarning tez o‘qishga o‘rgatishda qaysi usullardan foydalaniladi?
4. Ongli o‘qishga erishish uchun o‘quvchilar qanday malakalarni egallagan bo‘lishlari
kerak?
5. Ifodali o‘qishni egallashdagi muhim shartlar nimadan iborat?
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi psixologik
xususiyatlari
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi
o‘quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos
olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat
qiladigan komponentlar bilan birga, uni emostional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni
yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina etarli emas. Asarni idrok etish murakkab
jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z
ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning adabiy
qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o‘rganilgan va ular adabiy
qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari aniqlangan:
1. Adabiy qahramonga emostional munosabat.
2. Elementar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va axloqiy
tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o‘quvchilarda
chegaralangan bo‘ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik,
yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar. Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun
ularning so‘z boyliklari etishmaydi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib,
ular nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emostional sifatlarini tasvirlovchi so‘zlarni
kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi yoritish shartlaridan biri
hisoblanadi.
Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi.
Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir.
Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida qo‘proq ishlash lozim.
4-sinfda
Dostları ilə paylaş: |