2-ma’ruza: she’r yodlash usullari. Badiiy o‘qish vositalari haqida umumiy ma’lumot. Matn ustida ishlash, unda ovoz, intonatsiya, urg‘U, pauza, talaffuz, temp, mimika kabi vositalardan foydalanish. Reja



Yüklə 53,75 Kb.
səhifə1/8
tarix22.05.2023
ölçüsü53,75 Kb.
#119952
  1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu ma\'ruza (2) (1)


2-MA’RUZA: SHE’R YODLASH USULLARI. BADIIY O‘QISH VOSITALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. MATN USTIDA ISHLASH, UNDA OVOZ, INTONATSIYA, URG‘U, PAUZA, TALAFFUZ, TEMP, MIMIKA KABI VOSITALARDAN FOYDALANISH.
Reja:
1. She’r yodlash usullari.
2. Badiiy o‘qishda nafasdan to‘g‘ri foydalanish.
3. Badiiy o‘qishda ovozning ahamiyati.
4. To‘g‘ri talaffuzning badiiy o‘qishdagi o‘rni.
5. Badiiy o‘qishda yuz ifodasi
6. Badiiy o‘qishda ko‘z, qosh, qo‘l va bosh harakatlari
7. Badiiy o‘qishda ijroning ahamiyat.
Adabiyot fanidan tez-tez sheʼr yodlash vazifasi beriladi. Xo‘sh, sheʼrlarni oson yodlaysizmi? Sheʼrni eslab qolish va ifodali qilib aytib berish hamma uchun ham oson emas. Xotira quvvati har xil. Ammo, bu muammoning yechimi bor. Quyidagi usullar bir qarashda qiyin, ko‘p bilim talab qiladigandek ko‘rinishi mumkin. Lekin ularga amal qilib, bosqichma-bosqich mahoratingizni oshirib borsangiz, vaqt o‘tishi bilan har qanday sheʼrni tez va yaxshiroq yodlab ola boshlaysiz.
Uy vazifasini sheʼr yodlashdan boshlang. Avval sheʼrni ichingizda o‘qib, tanishib chiqing. Mumtoz yoki drammatik sheʼrlarni yodlayotganda, eskirgan so‘zlar, nomlar, o‘zgarishlarga duch kelishingiz mumkin. Ularning maʼnosini topib, puxta o‘rganib chiqing. Voqea-hodisalar tasvirlangan sheʼrni (doston, ballada yoki voqeaband sheʼrlarni) yodlayotgan bo‘lsangiz, undagi jarayon ketma-ketligini eslab qoling.

  • Sheʼrni bir necha marta ovoz chiqarib o‘qing. Bu o‘zlashtirishni yengillashtiradi.

  • Endi sheʼrni aytib berishga harakat qiling. Eslay olmagan joylaringizni kitobga qarab bilib oling.

  • Sheʼrni qog‘ozga ko‘chirib yozing va qismlarga bo‘lib chiqing. Har bir baytni qalam bilan ajratib oling.

  • So‘zlarni ifodali o‘qishga harakat qiling. Sekin aytish talab qilingan joylarini past, jo‘shqin joylarini esa baland ovozda ayting.

  • Birinchi misrani baland ovozda o‘qing, so‘ngra sahifaga qaramasdan uni 5-7 marta takrorlang. Keyingi qatorlarni ham xuddi shu tartibda yodlang.

  • Baland ovozda ifodali qilib o‘qing. Shunda sheʼr qatorlari o‘z-o‘zidan yodingizda qolayotganini sezasiz.

  • Har bir satrning bosh so‘zini qog‘ozga yozib oling. Shunga qarab sheʼrni to‘liq aytib berishga urinib ko‘ring.

  • Sheʼr qatorlari xotirangizga o‘rnashib borgani sari, matnga qaramasdan aytishga harakat qiling.

  • Yod olgan sheʼrni uxlashdan oldin va uyg‘onganingizdan so‘ng ham takrorlang. Shunda u xotirangizga chuqurroq o‘rnashadi.

Yuqoridagi usullar orqali o‘zlashtirish ko‘proq sabr-toqat talab qilishini ham eslatib o‘tish kerak. Agar sheʼrni o‘zlashtirish davomida yaxshi esda qolmayotgani yoki tushunarsiz tuyulayotgani tufayli asabiylashsangiz, yaxshi natijaga erisholmaysiz. Bunday paytda mashqni besh daqiqaga to‘xtatib, miyaga dam berish tavsiya etiladi. O‘qiyotgan sheʼringiz o‘zingizga yoqishi ham kerak. Buning uchun esa uning go‘zalligini, so‘z o‘yinlari va tashbehlarini his qilish zarur. Demak, adabiyotdan bilimingizni ham ko‘paytirish talab etiladi. Kerakli ko‘nikma shakllansa, o‘z-o‘zidan ko‘p sheʼr yodlaysiz. Ko‘p sheʼr bilish esa nutq ravon va taʼsirli bo‘lishiga, so‘z boyligi ortishiga xizmat qiladi.
Nafas. Nutq jarayonida so‘zlar orasidagi nafas rostlashlar havoning yangi zahirasini olish va kuchsizlanib borayotgan nafasni tiklash zarurat bilan paydo bo‘ladi. Nafas badiiy o‘qishning muhim vositalaridan biri bo‘lib, u ovoz va nutqni tinglovchiga yetkazishda asosiy o‘rin tutadi.
To‘g‘ri nafas olish inson hayoti uchun ham, badiiy o‘qish uchun ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Nutq jarayonida nafas olish me’yori buzilib, o‘rinsiz pauzalar qilinsa, o ‘qilayotgan matn mazmuni mantiqan o‘zgarib, muallif maqsadi tinglovchiga tushunarsiz bo‘lib qoladi. Bu haqda prof. N.Mahmudov shunday yozadi: “O‘quvchi nutqida kuzatiladigan kamchiliklardan biri fonatsiya jarayonida, ya’ni nutq hosil bo‘lish paytida nafas olishdagi tartibsizliklar bilan bog‘liq. Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, nafas olish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir me’yorda va davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil bo‘ladi”. Darhaqiqat, nutq so‘zlash jarayoni, xususan, ifodali o ‘qish san’ati nafas negizi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ijrochi - o‘quvchining nafas olishi qanchalik to‘g‘ri bo‘lsa, ovozi va nutqi shu qadar jarangdor va kuchli bo‘ladi.
Tibbiyotga doir adabiyotlarda nafas olishning quyidagi turlari alohida ajratib ko‘rsatilgan bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi.
1. Kiftdan nafas olish. Nafas ko‘krakning yuqori qismida olinib, kiftlar ko‘tariladi. Bunday nafas olish zararli. U kishini tez charchatadi. Me’yorda so‘zlashga imkon bermaydi.
2. Ko‘krak-qorin orqali nafas olish. Bunday nafas olganda o‘rta qovurg‘alar, biqin harakatga keladi, ya’ni ular kengayadi.
3. Aralash nafas olish, ya’ni pastki qovurg‘alar, diafiragma ishtirokida nafas olish. Bunda ko‘krak qafasi va kiftlar ko‘tarilmaydi. So‘zlaganda ravon, hovliqmasdan tabiiy nafas olish, uni kerakli ohang talabiga ko‘ra sarflash zarur. S.Inomxo‘jayev, A.Zunnunovlar tomonidan yaratilgan “Badiiy o‘qish asoslari” o‘quv qo‘llanmasida nafas faoliyatini yaxshilash uchun quyidagi besh xil nafas mashqi tavsiya qilinadi:
1. Kontrol mashq. Bu nafasning diafragmal-aralash usulda to‘g‘ri olinishini nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladigan mashqdir. Uni o‘tkazishda tik va erkin turib, ikki qo‘l bilan ikki (oxirgi) qovurg‘ani bosib, ohista, chuqur nafas olinadi va yana asta-sekin nafas chiqariladi. Bunda ko‘krak qafasi va yelka ko‘tarilmaydi. Chuqur nafas yetimcha qovurg‘a ustiga qo‘yilgan qo‘lni ikki yonga ko‘taradi. Mashq yaxshi o‘zlashtirilgunga qadar muntazam davom ettiriladi.
2. Qorinni tortish mashqi. Bu mashq chuqur nafas olib, o‘pka havo bilan to‘ldirilgach, nafasni chiqarmay, “ushlab” turgan holda, qorinni yuqoriga tortish mashqidir. Mashq qorinni tortib turish ko‘nikmasi hosil bo‘lgunga qadar davom ettiriladi.
3. Sanash mashqi. Bu diafragmal usulda nafas olib, erkin turgan holda, erkin ovoz bilan birdan beshgacha (1,2, 3,4, 5 deb) sanash mashqidir. Birdan beshgacha sanalgach, nafas olinadi va mashq yana davom ettiriladi. Keyin sanoq 1ogacha, 15, 20, 25 largacha oshirib boriladi. Mashq davomida ovoz va gavda erkinligi saqlanadi.
4. Musajja’ mashqi. Bu mashq doston va ertaklardan olingan ravon, sodda va tasviriy xarakterdagi saj’ tekstlari asosida o‘tkaziladigan mashqdir. Bunda matn erkin talaffuz etilgan holda, ikki-uch o‘rinda nafas olib, keyin cho‘ziq nafas olinadi. Masalan:“Hasan shunday yigitdi: V husni to‘lgan oydayin, ming qo‘y sotgan boydayin, V qoshu ko‘zi yoydayin, qomatlari kelishgan, kiygan to‘ni yarashgan, qaragan ko‘z qamashgan, yigitlari so‘rashgan. V Tomoshaga kelganlar, ancha qizu o‘g‘lonlar, Hasanxonday lochinni, qizlar to‘nab sochini, gul ochilgan bahorda keldi bizning diyorga”
(“Hasanxon” dostonidan)
Bu parchani o‘qishda “V” belgisi qo‘yilgan o‘rinda nafas olinib, keyin talaffuz qilish tempi tezlashtirilib, matn bir yoki ikki nafasda o‘qiladi. Mashq paytida, erkin o‘qishdan tashqari, talaffuzning aniqligiga va matnning mantiqiy izchilligiga e ‘tibor beriladi.
5. She’r o‘qish mashqi. Bu mashqda g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo‘lgan uzun misrali she’ring oldin bir misrasi bir nafasda, keyin ikki misrasi bir nafasda va hokazo tarzda o‘qiladi.
Ovoz. Badiiy o‘qish san’atida ovozning ahamiyati beqiyosdir. Ovoz ham, nutq ham insonga Yaratguvchi Zot tomonidan berilgan ilohiy ne’mat hisoblanadi. Shunday ekan, ovozning yoqimli yoki yoqimsizligi bizning ixtiyorimizda bo‘lmagan hodisadir. Lekin ovozni o‘rniga qo‘yish, shakllantirish va uning sohibi bo‘lish - inson ixtiyoridadir. Ovozni shakllantirish deganda maxsus mashqlar orqali muntazam shug‘ullanib,ovozni chiniqtirib borish tushuniladi.Ovoz inson oliy asab tizimining mahsuli bo‘lib, uning manbai tomoqda joylashgan tovush paychalaridir. Bu paychalar juda harakatchan, sezgir shilliq pardalardan iborat. Ovoz paychalari inson gavdasiga nisbatan gorizontal holda joylashgan bo‘lib, ikkita yarim shardan iboratdir. Bu yarim sharlarning yoy qismi hiqildoq devorlariga yopishgan o‘rtasi esa uzunasiga ochiq bo‘ladi.Oliy asab tizimining muayyan signali bilan tovush paychalari titraydi, cho‘ziladi, qisqaradi, g‘oyat nafis harakatlar kompleksini bajaradi, natijada ovoz paydo bo‘ladi. Tashqariga chiqqunga qadar turli qaytargichlarga urilib chiqqan tovush ovoz deyiladi. Ovoz yo‘li. Paychalardan iborat bo‘lgan tovush chiqadigan bo‘shliq ovoz yo‘li deyiladi. Ovoz yo‘li tomoqning tovush paychalaridan yuqori qismi, og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘idan iborat. Ovoz yo‘lining toza, sog‘lom bo‘lishi ovozning ohangdor, jarangli va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlaydi.

Yüklə 53,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin