3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomiyasi) (2 soat amaliy mashg‘ulot). Reja



Yüklə 33,24 Kb.
səhifə1/10
tarix02.01.2022
ölçüsü33,24 Kb.
#47115
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomi


3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari.

(Blum taksonomiyasi) (2 soat amaliy mashg‘ulot).
Reja:

  1. O‘quv maqsadlarini belgilash me’zonlarining zarurati va ahamiyati.

  2. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim va uning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishdagi o‘rni.

  3. Blum taksanomiyasi. O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim.

  4. O‘quvchilarni BKM hamda kompetensiyalarini shakllantiruvchi metod va usullar.


Asosiy tushunchalar: Rolli o‘yin metodi, Bahs-munozara metodi, Bumerang texnologiyasi, FSMU, Venn diogrammasi, Baliq ssleti, El’ig‘ich, Zanjir Zinama-zina, 6x6x6 texnologiyalari, Aqliy hujum, Guruhlarda ishlash, Rolli o‘yin, Ishbilarmonlik o‘yini, Refleksiya, Taqdimot, Galeriya, T–chizmasi metodlari

1. O‘QUV MAQSADLARINI BELGILASH ME’ZONLARINING ZARURATI VA AHAMIYATI

O‘qituvchining darsga ‘uxta tayyorgarligi ta’lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir. Dars bu- sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir. Shunday ekan, har bir o‘qituvchi darsga sifatli va ‘uxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, ‘ok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o‘qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o‘tish, o‘quvchilarga yaxshi ta’lim-tarbiya berish tashkil etadi.

Direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari har bir o‘qituvchining dars ishlanmasini ko‘rib, tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish uchun quyidagi eng muhim (minimum) hujjatlar bo‘lishini nazorat qiladi:

- dars ishlanmasi (kons’ekti);

- taqvim-mavzu reja;

- o‘quv dasturi;

- darslik.

O‘qituvchilarning darslarini tahlil qilish-samaradorlikka xizmat qiladi. O‘qituvchilarni o‘z ustida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradigan omillardan biri- muntazam ravishda o‘qituvchilarning darslarini tahlil qilishdir. O‘qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish, ularning pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish hamda o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashish imkonini beradi. Dars tahlili kuzatish va o‘rganish shaklida olib boriladi. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudirlari, o‘rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metod birlashma rahbari tomonidan 2 soat, o‘qituvchilar tomonidan 1 soat o‘qituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi belgilangan. Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faolliklari, fanga bo‘lgan qiziqishlari, o‘quv materiallari va jihozlar bilan mustaqil ishlay bilishlari, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabatlari aniqlanib, tahlilga tortiladi. Bunda asosiy mezonlar sifatida o‘qituvchi tomonidan dars maqsadining to‘g‘ri qo‘yilganligi, o‘quv dasturi asosida dars jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishi, materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy g‘oyani ajratib olishi, ilmiylik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.

Unutmangki, sifatli dars bu-o‘quvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilgan dars. Dars boshlangandan keyin hech kimning ushbu jarayonga xalaqit berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Darsning tahlili quyidagi turlarga bo‘linadi:

1. Ilmiy tahlil. 2. ‘sixologik tahlil. 3. Metodik tahlil. 4. Didaktik tahlil.
5. Umum’edagogik tahlil va boshqa tahlillar (yoki bularning hammasini qamrab oladigan kompleks tahlil).

O‘qituvchilarning darslarini tizimli tahlil qilish o‘qituvchilarga amaliy-metodik tavsiyalar berishga va natijada dars samaradorligining oshishiga xizmat qiladi. Ta’lim muassasalaridagi fan metod birlashmalarining asosiy vazifasi o‘zaro tajriba almashish asosida ta’lim va tarbiya jarayonining ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida samarali tashkil etilishini ta’minlashdan iborat. Fan metod birlashmalari ta’lim muassasalarida fan oyliklari, ochiq darslar festivallari jarayonida o‘tkaziladigan barcha turdagi mashg‘ulotlarning asosan o‘rganilishi qiyin yoki murakkab bo‘lgan mavzular asosida tashkil etilishini ta’minlaydi. Fan o‘qituvchilari astoydil, vijdonan yondashgan holda "Bilimlar bellashuvi" da o‘quvchilarining faol ishtirokini ta’minlaydi. "Ustoz-shogird" tizimida, "O‘rgan-o‘rgat" tadbirlarida chin yurakdan, faol ishtirok etadilar.




Yüklə 33,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin