A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 249,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix15.04.2023
ölçüsü249,1 Kb.
#98689
  1   2   3   4   5   6   7   8
MiTijh9bvEZCTEJE7gKvHmJoBwuT2CE8FhifOQ0r



 
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING
DOLZARB MASALALARI”
moduli bo‘yicha 
 
 
KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN 
FOYDALANISH 
 
 
“KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN 
FOYDALANISH”
 
 
o‘quv kursining
“Temir va uning birikmalari mavzusini o‘tish usullari” mavzusidan 
ma’ruza matni 
 
Ma’ruzasi: Ganiyeva Shoira Muratbayevna 
Toshkent 2021 
 
 
 
 


3-Mavzu: Temir va uning birikmalari mavzusini o‘tish usullari. 
 
Reja: 
1.Temir va uning birikmalari haqida ma’lumotlar. 
2.Mavzuni tushuntirishda turli usullardan foydalanish. 
3.Mavzuga oid laboratoriya ishlarini o‘kazish uchun tavsiyalar. 
Jahonda kimyo fanidan ta’lim berish jarayonida o‘quvchilarning ilmiy 
dynyoqarashini rivojlantirish, ijodkorligi,bilim samaradorligini oshirishga 
qaratilgan 2030 yilgacha belgilangan Xalqaro ta’limkonsepsiyasida “butun hayot 
davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyar yaratish” dolzarb vazifa sifatida 
belgilangan.Ushbu ta’lim tizimida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy 
faoliyatida metodik tayyorgarlik darajasini oshirish,kimyo fanining kompetentlik 
darajasini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. 
Dunyo miqyosida ta’lim tizimida axborot textologiyalarini joriy 
etish,fanlarni integratsiyalab o‘qitish mexanizmlarini yaratish,amalga oshirish va 
takomillashtirishning ilmiy asoslangan tizimini yaratish,temir mavzusiga oid 
bilimlarni innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish borasida ilmiy-tadqiqot 
ishlari olib borilmoqda.Mazkur tadqiqot ishi temir mavzularini pedagogik va 
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o‘tishda o‘quvchilarga 
metodik bilimlarni takomillashtirish imkoniytlarini kengaytirmoqda. 
Mamlakatimizda ta’lim olishga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan 
sharaoitlar yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan voqea-
hodisalarga ijobiy munosabatini munosabatini bildirishga imkon beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasining 3-bobi,8-bo‘limida “ta’limda multimediya mahsulotlarini ishlab 
chiqish va ularni qo‘llash jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko‘rish” kabi 
ustuvor vazifalar belgilangan.Bu borada kimyo o‘qituvchilarining kasbiy metodik 
tayyorgarligini takomillashtirish,imkoniyatlarini kengaytirish,tabiiy fanlarga oid 
o‘quv materiallarini animatsion-vizual tarzda taqdim etish asosida takomillashtirsh 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
• 
Temir (lot. Ferrum), Fe — 
Mendeleyev davriy sistemasining
 VIII 
guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; atom massasi 55,847. Temir 
4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%) 
dan iborat. Temir qadimdan ishlatib kelingan. Inson dastlab metiorit temirini bilgan. 
Temirning qad. xalkdar tilida atalishi bunga dalildir: qad. misrliklar tilida "benipet" 
— "osmon temiri" maʼnosini bildiradi; qad. yunoncha sideros, lotincha sidus — 
yulduz, osmon jismi bilan bogʻlaydilar. Mil. av. 14-asrlardagi xettlar yozuvida 


Temir haqida osmondan tushgan metall deb eslanadi. Roman tillarida Temirning 
rumocha atalish negizi saklanib qolgan (mas., frans. fer, ital. ferro). 
Temir davri, ilk temir davri — insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk 
ishlab chiqarish. xoʻjaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez 
deb yuritilgan davrlardan soʻng insoniyat hayotida sodir boʻlgan tarixiy 
bosqich. Bu davr xoʻjalikda ohangarlik (temir metallurgiyasi) yuzaga kelishi, 
tarkalishi va temir qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. “Temir davri” 
atamasi, garchi antik dunyoda tosh, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga 
kelgan boʻlsada, fanga 19-asrning oʻrtalarida daniyalik arxeolog 
K.Yu.Tomsen tomonidan kiritilgan. Rudadan temirni ajratib olish usuli 
dastlab Misr va Mesopotamiyada (mil. av. 3ming yillikning 1yarmida) kashf 
etilgan. Keyinroq (mil. av. 2ming yillikning oxirida) bu usulni yunonlar bilib 
olishgan. Mil. av. 11-asrdan boshlab Falastin, Suriya, Kichik Osiyo, 
Zakavkazye, Hindiston va Xitoyda xoʻjalik va harbiy qurolaslahalar yasashda 
temirdan keng miqyosda foydalanilgan, soʻngra temir asboblar yasash Eron 
va Oʻrta Osiyoda ham keng tarqala boshlagan. Temir (meteoritdan tashkari) 
Amerika, Avstraliya, Tinch okeanning aksariyat orollarida va Shim. 
mintaqalarda 16—17-asrlarda maʼlum boʻlgan. Temir tabiatda yombi sifatida 
uchramaydi. U ruda zarrachalari toʻplamini yumshoq xamirsimon holatga 
kiritish usuli bilan olingan. Bu usul temir rudasini
•900
– 
1350° atrofida qizdirib maxsus koʻralarda boskrndan konussimon 
nay orqali havoni puflab kuchaytirish yoʻli bilan bajarilgan. Koʻra tubida 
kritsa (1 – 5 kg lik gʻalvirak temir boʻlagi) hosil boʻlib, uni olovda qizdirib, 
suvga botirib, sandonda bolga bilan urib toblangan. Natijada temir rudasi 
zichlanib, toshqollardan tozalangan. Biroq olingan sof temir juda yumshoq, 
undan yasalgan mehnat qurollarining sifati past boʻlgan. Mil. av. 9
– 
7-asrlarga 
kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kashf etilib, uni poʻlatga 
aylantirilishi yangi material — temirning keng tarqalishiga sabab boʻladi. 
•Temir davrida ishlab chiqarishda buyuk texnika oʻzgarishlari yuz berdi. 
Temir rudasining mis va kalayga nisbatan tabiatda serobligi, mustahkam sifati 
uning ishlab chiqarish.da va harbiy sohada tez va keng tarqalishiga olib keldi. 
Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi.da gemir qurollardan foydalanishga oʻtish katta 
voqea boʻldi. Chunki degʻqonchilik maydonlarini kengaytirishda temir asbob 
va kurollar (bolta, ketmon, kurak), ayniqsa, temir tishli omoch kabi 
mustahkam moslamalar paydo boʻldi. Temir davrida dehqonchilikdan 
hunarmandchilik ajralib chiqib, alohida ishlab chiqarish. xoʻjaligiga aylandi. 
•Temirning keng tarqalishi bilan ishlab chiqarish xoʻjaliklarining 
rivojlanib borishi Shubhasiz, ijtimoiy hayotni ham tubdan oʻzgarishiga olib 
keddi. Yirik qishloqlar hunarmandchilik va oʻzaro ayirboshlash savdo 


markazita aylanib, shaharlar qad koʻtardi. Ular xom/isht va paxsadan bino 
qilingan baland va qalin devorlar bilan oʻrab olindi. Shunday qilib, temir va 
poʻlat buyumlardan keng koʻlamda foydalanish Oʻrta Osiyo shagʻar va 
qishloqlari taraqqiyotiga ham samarali taʼsir etdi. 
•Oʻzbekistonda Temir davriga oid yodgorliklarni sanalashtirish va 
dastlabki turkumlarga ajratilishiga doyr tadqiqotlar S.P.Tolstov, A. I. 
Terenojkin va Ya. Gʻulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. Oʻzbekiston 
hududida Temir davri yodgorliklari mil. av. 8—6-asrlarga mansub. Ular 
Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent 
viloyatlarida va Fargʻona vodiysida oʻrganilgan; Koʻzaliqir, Qalʼaliqir va 
Dingilja singari qad. qalʼa va qishloq, shahar xarobalari, Tagisken va Uygarak 
qabristonqoʻrgʻonlari, Boʻkantov qoyatosh suratlari tekshirilgan. Temir 
davrida qad. Xorazm hududlarida dastlabki yirik sugʻorish inshootlari 
vujudga kelgan. 
•1960
– 
70 y.larda Surxondaryoda Kuchuktepa, Jondavlat va 
Qiziltepaning quyi qatlamlari, Pachmoqtepa, Qizilchatepa yodgorliklari 
oʻrganildi. L.I. Albaum Kuchuktepadan mil. av. 6 
– 
4-asrlarga oid uyjoy 
qoldiklari, kulolchilik, temirdan yasalgan uyroʻzgor va deqqonchilik 
buyumlarini topgan. 60y.larda Buxoro viloyatida Xazora yodgorligi va 
Sarmichsoy petrogliflari tekshirildi. Qashqadaryoda Temir davriga oid 
Chimqoʻrgʻon yodgorligi (1972) oʻrganildi. 1973-yilda Chordara istehkomi 
(Konimex tumani) va Romushtepa (Jondor tumani) tekshirildi. 
•Temir davriga mansub arxeologik yodgorliklar Toshkent viloyatida 
Burganliktepa, Qovunchitepa, Tuyaboʻgʻiztepa va Burchmulla xazinasi, 
Fargʻona vodiysida esa, Eylaton yodgorligi va Oqtosh qabristoni asosida 
oʻrganilgan. 80 
– 
90 yillardan Koʻktepa (Samarqand viloyati), Yerqoʻrgʻon 
va Uzunqir (Qashqadaryo viloyati) kabi mil. av. 7
– 
6-asrlarga oid nodir 
obidalarda arxeologik qazishlar oʻtkazildi. Bu yodgorliklarning tadqiqotlarida 
R. Sulaymonov, M. Filanovich, A. Saʼdullayev, M. Isamiddinov, Sh. Odilov, 
B. Matboboyev va boshqalarning hissasi katta boʻddi. Temir davriga oid 
yodgorliklarning tadqiqot natijalari, Shubhasiz, Oʻzbekiston tarixining eng 
muhim masalalaridan hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi 
shaharlar va mamlakatlararo savdosotiq munosabatlarining rivoji hamda ilk 
davlatchilik tizimlarining shakllanishi va rivoji tarixini oʻrganishda samarali 
natijalar bermoqda. Chunki, Temir davrida mamlakatimiz hududida Xorazm, 
Baqtriya, Sugʻd, Choch va Fargʻona kabi qad. tarixiymadaniy oʻlkalar 
shakllanib, Katta Xorazm, YunonBaqtriya (Baxtar) podsholigi, Sugʻd 
mahalliy hokimlar konfederatsiyasi, Qangʻ davlati va Fargʻona afshinlari kabi 
hokimiyatlar tashkil topgan edi. 


.
•Temir zamonaviy texnika uchun eng zarur metallardan biri. Lekin sof 
Temir yumshoq boʻlgani uchun oz ishlatiladi. Temir birikmalari sanoat, 
qishloq xoʻjaligi. va qurilish ishlarida keng qoʻllanadi. 
•Hayvon organizmlari va usimliklarda urta hisobda 0,02% Temir buladi. 
U qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi, kislorod almashinuvi va oksidlanish 
jarayonlarida ishtirok etadi. Oʻzida koʻpgina miqdorda Temir toʻplaydigan 
organizmlar (konsentratorlar) ham bor (mas., temir bakteriyalar 17— 20% 
gacha Temir toʻplaydi). Hayvon va oʻsimliklar organizmidagi Temir oqsillar 
bilan bogʻlangan buladi. Oʻsimliklarda Temir yetishmasa, usishi sekinlashadi 
va xlorofill hosil bulishi kamayadi, koʻpayib ketsa ham zarar qiladi, mas., 
sholi kam don tugadi. Odam va hayvonlar Temirni ovkatdan oladi (jigar, 
goʻsht, tuxum, dukkakli donlar, non, yorma, lavlagida Temir ayniqsa koʻp 
boʻladi). Odam organizmi uchun bir kechakunduzda 60–100 mg Temir kerak. 
Tarkibida Temir boʻlgan dorilar (qaytarilgan Temir, Temir laktak, Temir 
glitserofosfat, Temir (II) sulfat, Blo tabletkasi, ferramid, gemostimulin va 
boshqalar) Temir yetishmaydigan kasalliklarda hamda kuvvat dori sifatida 
ishlatiladi. 
•Temir oltingugurt bilan sulfidlar hosil qiladi: Temir (P)sulfid FeS, 
Temir disulfid FeS2 va boshqa Tabiiy Temir sulfidlari (pirit va markazit FeS2, 
pirrotin Fe7S8) Yer poʻstida keng tarqalgan (qarang 
Oltingugurt
) Temir ning 
2 ta xloridi maʼlum: Temir (II) xlorid GʻeS12 va Temir (Sh)xlordi GʻeS13 
Temir (II) xlorid GʻeS12 rangsiz kristallar; oksidlanishi sababli havoda 
sargʻayadi. Suyuqlanish temperaturasi 677°, qaynash temperaturasi 1026°; 
zichligi 3,162 g/sm³. Suvda, etanolda, atsetonda eriydi. Temir qirindilariga 
500° da gaz holatdagi xlorid kislota taʼsir ettirib yoki GʻeS13ni vodorod bilan 
kaytarib olinadi. Organik sintezda katalizator, GʻeS13 olishda, antianemik 
preparatlar komponenti sifatida qoʻllanadi. 
• 
Temir(Sh)xlorid GʻeS13 — toʻq kizil tusli kristallar. Suyuqlanish 
temperaturasi 309°, qaynash temperaturasi 320°; zichligi 2,898 g/sm³. Suvda, 
spirtda, atsetonda eriydi. Tabiatda molizit minerali koʻrinishida uchraydi. 
400—500° da Temirga quruq holdagi xlor yoki 500° da Gʻe2O3 ga xlorid 
kislota taʼsir ettirib hosil qilinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni 
boʻyashda xurish, katalizator sifatida, analitik kimyoda SCN~, Sn2Q ionlarini 
ochishda, fenol va yenollarni aniklashda qoʻllanadi

• 

Yüklə 249,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin