Academic Research in Educational Sciences Volume 3



Yüklə 326,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix10.03.2023
ölçüsü326,77 Kb.
#87273
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
afgonistonda-amir-habibullaxon-davrida-ma-rifatchilik-harakatlari-va-yosh-afgonlar-harakatining-paydo-bolishi



Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 6 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
1133
 
June, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
AFG'ONISTONDA AMIR HABIBULLAXON DAVRIDA MA’RIFATCHILIK 
HARAKATLARI VA “YOSH AFG'ONLAR” HARAKATINING PAYDO 
BO'LISHI 
 
Abdimo'min Shaxanovich Tursunov
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti o’qituvchisi 
 
ANNOTATSIYA 
Maqolada 1901-1919 yillarda Afg’onistonni boshqargan Amir Habibulloxon 
davrida amalga oshirilgan o’zgarishlar haqida so’z yuritilgan bo’lib, xususan 
ijtimoiy-ma’naviy sohadagi o’zgarishlarga keng urg’u berilgan. Xususan yangi 
maktab va litseylarning ochilishi, ma’rifatparvarlik g’oyalarining rivojlanishi va 
ularning jamiyat hayotidagi ta’siri. “Yosh afg’onlar” harakatining vujudga kelishi va 
uning afg’on jamiyati va davlatchiligida tutgan o’rni haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so’zlar: Afg’oniston, Amir Abdurahmonxon, Habibulloxon, 
ma’rifatchilik, ta’lim tizimi, “Habibiya” litseyi, ta’lim bosqichlari, “Shohiy” 
madrasasi, “Siroj-ul axbor” gazetasi, ma’rifatparvarlik g’oyalari. 
KIRISH 
XIX asr oxirida Afg’onistonda Amir Abdurahmonxon (hukmronlik davri: 
1880-1901 yy.) tomonidan butun mamlakatni yagona hukumatga birlashtirib, tizimli 
ichki boshqaruv tartibini o’rnatishi mamlakatning inglizlardan mustaqil bo’lishi va 
barcha sohalarda rivojlanish sari tashlagan katta qadamlaridan biri bo’ldi. Amir 
Abdurahmonxon vafotidan so’ng taxtga o’gli Habibulloxon (hukmronlik davri: 1901-
1919 yy.) o’tirdi. Uning hukmronlik davri juda ko’plab yangilanishlarga boy 
davrlardan biri bo’ldi. Bunda ta’lim tizimidagi ijobiy o’zgarishlar: yangi ta’lim 
tizimi, yangi litsey va maktablar ochilishi va natijada yangi bir ma’rifatparvar 
qatlamning yetishib chiqishiga olib keldi. Afg’on jamiyatida yangi gazetalar nashri 
paydo bo’ldi, xalq bu orqali jamiyat hayotida bo’layotgan o’zgarishlardan bahramand 
bo’la boshladi. Bu o’zgarishlar natijasi o’laroq ma’rifatparvarlarning yangi jamiyat 
va partiyalari vujudga kelaboshladi. Bularning eng mashhuri “Yosh afg’onlar” 
jamiyati edi. Ushbu jamiyat yetishtirgan vakillar orqali keyinchalik butun mamlakat 
boshqaruvida demokratik o’zgarishlar sari qadamlar tashlandi.

Yüklə 326,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin