Baxtni tasvirlab ber



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#167929
  1   2   3   4   5   6
Yuragim sezyapti Feruza Eshnazarova





Bismillahir rohmanir rohiym 
Baxt yomg`iri ostida qolgan, tili shukurdan bezalgan bir insondan 
“Baxtni tasvirlab ber” deb so`rash bema`nilik. Chunki haqiqiy baxtni 
so`zlarda ifodalash imkonsizligini barchamiz bilamiz. Balki shuning 
uchun ham “BY siz uchun nima?” degan savol menga “Baxt siz uchun 
nima?” deb eshitilayotgandir. Shul sababdan ham loyiha haqida 
hikoya yozish berilgan topshiriqlar ichida eng qiyini bo`ldi men uchun. 
Biroq yoz
adigan bu hikoyam har kuni “
Kitob insonni, inson dunyoni 
o`zgartiradi. Shuning uchun kitob o`qish kerak!
deb bizni tinmay 
ruhlantirib turgan BY loyihasi a`zolariga tashakkur aytish uchun imkon 
bo`lsa, qalbimga lazzat tomchilaganday bo`lar edi. Butun hayotim 
davomidagi birinchi hikoyamni sizlarga bag`ishlashdan baxtiyorman! 
BY loyihasiga kelmasdan oldin 
Bor yo`g`i ikki oy oldin BY hayotimda yo`q edi.
Qanday yashadim ekan-a? 
Birinchi navbatda BY siz yashagan Feruza haqida eshitmasangiz, 
BY Feruzani qanchalik o`zgartirganini his qila olmaysiz va yozgan 
cheksiz samiyatga qorishgan muhabbat izhorlarim siz uchun 
shunchaki tilyog`lamalikday bo`lib qoladi.
Maktabni eng namunali o`quvchi sifatida qizilga bitirganman. 
Litseyda o`qiganda ham ustozlarimning eng sevimli o`quvchisi edim. 
Birgalashib meni qizil diplomga loyiq ko`rishgan. Universitetga birinchi 
yili o`z kuchim bilan kirganimda ko`zimdan tomgan yoshlar sevinchdan 
quchgan onajonimning yelkalarini ho`l qilgan. So`ngra ilm cho`qqilarini 
zabt etishda tolmay magistraturaga topshirdim. Kirganlar ichida 
ismimni ro`yxatda 5-o`rinda ko`rganimda Ollohning marhamatiga 
hayrat ichra hamd aytdim. Dissertatsiyamni himoya qilganimda 
barcha eng “zolim” tanqidchilarning e`tirofiga sazavvor bo`lganim 
sabab yana qo`limda ajib qizil diplom bilan uyimga qaytdim. Qizil 
mening omad ranggim edi. Butun dunyo qizilga burkanganday edi. 
Orada karantin bo`lib qolib barcha odamlar o`z uylariga qamaldi. Lekin 
men har narsadan nur topardim. O`sha vaqti shahrimda Ollohning uyi 


hisoblanmish masjid qurilayotganini eshitib, xizmat qilish uchun qanot 
qoqib uchib bordim. Masjidda bolalarning Qur`on o`rganayotganini 
ko`rganimda muqaddas kitobimizni o`qishni bilmasligim sabab 
Robbimdan uyaldim. Butun koinotni yo`qdan bor qilgan Ollohning 
marhamatini qarangki, O`z uyiga ish qilgani kelgan bir qizga Kalomini 
o`rgatdi. 25 kunda xatm qildim. Xatmimning oxirgi kuni masjidda 
edim. Xatmim tugab masjid hovlisiga chiqdim. Oyga qarasam 
Ollohning go`zal ismlari arab tilida oyning yuzida tinmay paydo bo`la 
boshladi. Ilohiy mo`jiza sabab tilim so`zlashdan, tanam harakatdan 
to`xtadi. Oy menga, men oyga oshiq bo`lgan bir kecha edi. Shukr 
ko`zlarimdan yosh bo`lib oqdi. Keyin hayotim ketma-ket qilingan 
xatmlarimning ajib nuri bilan bezaldi. Menga ilmning juda tez enishini 
ko`rgan masjid imomi Buxorodagi madrasada o`qishni va bu 
harajatlarni masjid o`z hisobidan to`lashi taklifini berdi. Bir insonga 
ketma-ket shuncha omadning berilishi ajoyib emasmi? Ba`zilar 
omadning bir lahzalik shamolini kutayotgan bir paytda, men omad 
bo`roni ichida edim…

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin