36
hisoblashga qaror qildi. Shunday qilib, mamlakatimizda birinchi marta
yashirin ovoz berish yo„li bilan o„tkazilgan to„g„ridan – to„g„ri umumiy va
muqobil asosdagi saylovda I.A. Karimov 5 yil muddatga O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 4-yanvarda
bo„lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida
Prezident sifatida Islom
Karimov qasamyod qildi.
O„zbekiston o„zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik
bilan kirishdi. Birinchi bo„lib, davlat ramzlari belgilab olindi.
O„zbekiston mustaqillikka erishganidan so„ng kun tartibida
jahon
andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy,
ijtimoiy va iqtisodiy
sohada
tub
islohotlani
amalga
oshirish,
ularni
qonun
bilan
mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi.
Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar
endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos
kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish,
ishlab
chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini
normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop
ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha
uchun tavsiya etish lozim
bo„lgan tayyor andozalar hech qachon bo„lmagan va bo„lmaydi ham. Shu
bilan birga rivojlanishning madaniy, ma‟rifiy, tarixiy jihatdan asrlar
mobaynida shakllangan an‟analari mavjud bo„lgan O„zbekistonday
qadimiy makonda o„ziga xos yo„l tanlash uchun ancha-muncha izlanish
lozim edi. Biroq,
vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi.
Shuning uchun ham “Mustaqil O„zbekiston tug„ilgan
kuniyoq oyoqqa
turishga, o„zi yurishga majbur
e
di”.
Yana shuni ta‟kidlash darkorki, O„zbekiston o„z mustaqilligini qo„lga
kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo„lgani kabi uning tashqarisida ham
unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi.
Hatto sobiq
markazdagi ayrim “bashorat”chilar O„zbekistonga nisbatan “O„zlaringizni
mustaqil boshqarishga, mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar”, “Sizlar
mute, qaram xalqsizlar”, “Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz,
sizlar esa bajarasizlar, xolos” deb shovinistlarcha g„arazgo„ylik qilsa,
mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o„rtasida “endi O„zbekiston qanday
yo„ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi?
Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta‟minlanadimi?” - qabilidagi
savollar paydo bo„lgan edi. Unga har kim o„zicha javob qidirar edi.
Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O„zbekiston
37
uchun o„ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo„lini tanlash, yangi jamiyat barpo
qilish uchun o„z andozasini ishlab chiqish g„oyat dolzarb va ahamiyatli
edi. O„z navbatida bunday vazifani uddalash O„zbekistondagi ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o„rtasida tarkib topgan munosabatlar,
ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e‟tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor
normalari shuni taqozo etardi. Ayni chog„da, O„zbekistonning o„z
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab
chiqishda rivojlangan
mamlakatlarning ko„p asrlik tajribasini o„rganish, ularning foydali
tomonlarini o„zlashtirish bilan birga O„zbekiston xalqining turmush tarzi
va an‟analariga ham tayanish lozim edi.
Shuning uchun ham O„zbekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq,
Dostları ilə paylaş: