Davlat tilida ish yuritish



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix08.01.2020
ölçüsü0,87 Mb.
#30082
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
davlat tilida ish yuritish
davlat tilida ish yuritish

Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Òoshkent – 2010
Akademik litseylar uchun darslik
Beshinchi  nashri
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
N. MAHMUDOV, A. RAFIYEV,
I. YO‘LDOSHEV
DAVLAT TILIDA
ISH  YURITISH

2
©  Cho‘lpon  nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy  uyi,  2009- y.
©  Cho‘lpon  nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy  uyi,  2010- y.
ISBN 978-9943-03-021-1
– 2010
2202070300–63
360/04/–2010
M
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
o‘quv metodik birlashmalar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan
«Davlat  tilida  ish  yuritish»  darsligi  ushbu  fanning  namunaviy  o‘quv
dasturi asosida yaratilgan. Unda yozma nutq savodxonligini oshirish, matn
yaratish  va  uni  ijodiy  o‘zgartira  olish  yo‘llari,  o‘zbek  hujjatchiligi  tarixi,
hujjat  turlarini  tuzish,  zaruriy  qismlarni  to‘g‘ri  qo‘yish,  ish  yuritish
madaniyatiga oid nazariy ma’lumotlar, bu mavzularni mustahkamlashga oid
mashq va topshiriqlar berilgan.
Darslikdan  oliy  o‘quv  yurtlari  talabalari  va  o‘qituvchilar,  ish  yuritish
xodimlari  foydalanishlari  mumkin.
Taqrizchilar:
Y. Tojiyev – filologiya fanlari doktori, professor,
S. Usmonov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
SHARTLI BELGILAR:
– bilib oling
– esda tuting
BBK 65.050.2
Ì 37

3
K I R I SH
Respublikamiz ijtimoiy hayoti va xalq xo‘jaligining barcha
sohalarida davlat tilida jahon o‘lchovlariga mos tarzda ish yurita
olish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni puxta egallash, o‘z fikrini
yozma  shaklda  to‘g‘ri  ifodalay  bilish  kabi  talablar  barkamol
mutaxassislar  tayyorlashning  muhim  shartidir.  Shu  maqsadda
amaldagi o‘quv dasturi asosida akademik litsey talabalari uchun
ilk marotaba «Davlat tilida ish yuritish» darsligi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat  tili haqida»gi qonuni
o‘zbek tilining siyosiy-ijtimoiy maqomini ta’minladi va uning
rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Xususan, ushbu
qonunning  8,  9,  10-  moddalarida  hujjatlarning  davlat  tilida
tayyorlanishi, boshqaruv organlari, muassasa, korxona va tash-
kilotlarda ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlangan. Shu maqsadda
ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning o‘zbek tilini milliy-
ma’naviy qadriyat sifatida puxta egallashi, o‘z fikrini yozma shakl-
da to‘g‘ri  ifodalay olishi, nutqiy savodxonlikka erishish, hujjat
matnlarini  tuzish  ko‘nikmalarini  shakllantiriladi.  Jumladan,
akademik  litseylarda «Davlat tilida ish yuritish» dasrlari joriy
etildi. Bu fandan namunaviy  o‘quv dasturi tuzildi va shu  asosda
«Davlat tilida ish yuritish» darsligi yaratildi. Darslikning mazkur
kengaytirilgan  nashri  bu  fanni  o‘qitish  jarayonida  to‘plangan
tajribalar, o‘qituvchilarning taklif-mulohazalari nuqtai nazari-
dan qayta ishlangan hamda to‘ldirilgan.
Darslikning asosiy qismi va ilovasida berilgan ta’limiy o‘quv
materiallari  mazmuni  o‘quvchilarning  nutqiy  savodxonligini
oshirishga, yozma nutqini rasmiy-idoraviy uslub me’yorlari aso-
sida to‘g‘ri shakllantirishga, hujjatchilik — munshaot ishini puxta
egallashlariga qaratilgan. Ushbu maqsadda adabiy til me’yorlari,
matn qurilishi, hujjat turlari va ularning tarkibiy qismlari, to‘g‘ri

4
hujjatlashtirish  yo‘llari  kabi  masalalar  yuzasidan  ixcham  va
tushunarli tilda zarur nazariy ma’lumotlar «Bilib oling», «Esda
tuting» ruknlari ostida berilgan. Darslikdagi mashq va topshiriqlar
orqali rasmiy-idoraviy uslubga xos turlicha qurilishdagi matnlar
tuzish, uni ijodiy o‘zgartira olish, ya’ni qisqartirish va kengay-
tirish,  asosiy  mazmunni  saqlab  qolish,  to‘ldirish,  yangilash
ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatiladi.
Nazariy mavzular sifatida ajratilgan «Til va nutq», «Yozma
nutq savodxonligi», «Adabiy til me’yorlari», «Nutqning uslubiy
shakllari», «Matn turlari va tarkibi», «Hujjat turlari va ish yuri-
tish  asoslari»  qismlari  darslikda  yagona  uslubiyotga  bo‘y-
sundirilgan tarzda talabalarning ham nazariy bilimlarini oshirish-
ga,  ham  nutqiy  savodxonlik  bo‘yicha  amaliy  ko‘nikmalarini
mustahkamlashga xizmat qilishi lozim. Talabalarning davlat tilida
ish  yuritish  qobiliyatini  o‘stirishga  qaratilgan  nazariy-amaliy
materialga turli shakl va mazmundagi matnlar, ish qog‘ozlari,
hujjatlar namunasini tuzish, ularda mantiqiy izchillikni ta’min-
lash hamda zarur leksik-sintaktik vositalardan o‘rinli foydalanish
usullarini  o‘rgatishda  fan  o‘qituvchisi  darslikdagi  mashq  va
topshiriqlarni  to‘liq  bajartirishi,  ularni  to‘ldirishi  maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Tegishli  matnni  hujjat  turiga  va  uning  zaruriy  qismlari
mazmuniga mos tarzda mustaqil ravishda tuza olish, jo‘natilgan
hujjatga tashkilot munosabatini aniq ifodalagan holda to‘g‘ri javob
yozish,  taklif  yoki  e’tiroz  bildirish,  o‘z  fikrini  dalillar  bilan
asoslash,  xulosalash,  umumlashtirish  va  bunda  kirish  so‘zlar-
dan,  iqtibos,  ko‘chirma  gaplardan  o‘rinli  foydalana  bilish
ko‘nikmalarini  o‘stirishga  oid  uslubiy  materiallarni    talabaga
qiziqarli tarzda yetkazish taqozo  etiladi.
Darslik mazmunini takomillashtirish borasida bildiradigan
taklif va mulohazalaringizdan minnatdor bo‘lamiz. Ushbu darslik
talabalarning  mustaqil  fikrlash,  voqea-hodisalar  to‘g‘risida
chuqur mushohada yurita bilish, nutq namunalariga tafakkur
hosilasi sifatida yondashish, ravon jumlalar tuza olish, o‘zaro
muloqot va yozishmalarda nutq madaniyati me’yorlariga amal
qilish kabi intellektual fazilatlarini o‘stirishda  amaliy yordam
beradi deb o‘ylaymiz.

5
♦ Tilning ijtimoiy-ma’rifiy vazifalari
♦ Tafakkur va til
♦ Til va nutq
♦ O‘zbek tili taraqqiyoti
1- topshiriq. Matnni o‘qing. Tilning ijtimoiy-ma’rifiy vazifalari
ifodalangan gaplarni sharhlang.
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishi-
shi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak.
U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganadi.
Eshitib, o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning
imkoniyati  cheksizdir.  Agar  til  bo‘lmay,  har  bir  kishining
tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu
kungacha  hayvon  qanday  yashasa,  shunday  yashagan  va  bu-
gungi moddiy-ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi.
Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tu-
fayli  jamiyat  a’zolarining  har  birida  hosil  bo‘lgan  bilim  om-
malashib, uning ko‘pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon
tug‘iladi.  Undan  tashqari,  til  tufayli  bilim  avloddan-avlodga
og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan
avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi.
Til ilm olishda zamon va makon g‘ovini o‘rtadan ko‘taradi.
U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz va hatto kel-
gusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari
bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o‘rganamiz. Ko‘rinishi,
shakli  bir  narsalarning  aksi  ongimizga  o‘rnashishi  mumkin,
lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o‘zlashtiramiz.
Xuddi  shuningdek,  mavjudotning  ko‘rinmas  ichki  jihatlarini
TIL VA NUTQ

6
ham so‘z shaklida o‘zlashtiramiz va til vositasi bilan o‘zgalarga
tushuntiramiz.
Tilni  o‘rganish  va  o‘rgatishni  osonlashtiradigan  yana  bir
jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yorda-
mida  biz  mavjudotni  o‘rganib,  umumiy  tushunchalar  hosil
qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini
o‘rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat
tug‘diradi.
Alibek Rustamov, «So‘z xususida so‘z» kitobidan.
2- topshiriq. Matn asosida quyidagi savollarga javob bering:
1. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday
o‘rin  tutadi?
2. Til va madaniyat tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ni-
madan iborat?
3. «Til robitayi vositayi olamiyondur» (Avaz  O‘tar) jum-
lasini izohlang.
4. Bilim egallashda til qanday vazifani bajaradi?
5.  Fikrlash  bilan  so‘zlash  o‘rtasidagi  bog‘liqlik  va  farqni
tushuntiring.
1-  mashq.  Gaplarni  ko‘chirib,  ajratilgan  so‘zlarning  ma
’
nosini
izohlang.
1. Har bir millatning tili ikki xil ijtimoiy vazifani bajaradi:
bir tomondan, jamiyat a’zolari orasida o‘zaro aloqa uchun xiz-
mat qilib, ularni birlashtiradi, ikkinchi tomondan, bir millatni
boshqasidan ajralib turishini ta’minlaydi. 2. Har bir millatning
dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabi-
yotidur. Milliy tilni yo‘qotmak, millatning ruhini yo‘qotmakdur
(A.  Avloniy).  3.  Tildagi  har  bir  so‘z,  uning  har  bir  shakli
inson  tafakkuri  va  tuyg‘usining  natijasidir,  o‘sha  tafakkur  va
tuyg‘ular orqali so‘z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi
ifoda etilgan (K.D.Ushinskiy). 4. Ki har neni bilmish odamizot,
Tafakkur birla qilmish odamizot (Alisher Navoiy). 5. Kim ravshan
fikrlasa, u ravshan bayon etadi (N.Bualo). 6. Til fikrni yaratuv-

7
chi a’zodir. Aqliy faoliyat va til yaxlit butunlikni tashkil etadi
(V.fon  Gumboldt).  7.  So‘zlash  qobiliyati  hodisalar  ichiga  ki-
rishning yagona va bebaho vositasidir (L.N.Tolstoy).
Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish
vositasi  vazifasini  bajaradi.  Til  vositasida  insoniyat  to-
monidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi va
avloddan-avlodga  yetkaziladi.  Til  millat  ruhining  ko‘z-
gusidir.  Tilda  millatning  bor-yo‘g‘i,  o‘y-fikri,  dunyo-
qarashi,  orzu-umidlari,  Vatani,  his-tuyg‘ulari  gavdala-
nadi.  Tildagi  har  bir  so‘z,  uning  har  bir  shakli  inson
tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir.
Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara
oladi.  Til  asosiy  birliklari:  tovush,  so‘z,  qo‘shimcha,
gaplar orqali grammatik jihatdan ohang vositasida va man-
tiqan o‘zaro bog‘lanishda borliq haqidagi hukmlarni ifo-
dalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.
Til  insoniyat  tomonidan  yaratilgan,  unga  xizmat
qiladigan  va  har  qaysi  millatning  ijtimoiy-madaniy
taraqqiyotiga  mos  tarzda  rivojlanib  boradigan  ijtimoiy
hodisadir.
3- topshiriq. Alisher Navoiyning til, so‘z haqidagi hikmatlarini
daftaringizga ko‘chirib, ularning mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan
izohlang va hikmatlarni yod oling.
2- mashq. Matnni o‘qib, ajratilgan so‘zlar ishtirokida matn maz-
muniga mos mustaqil gaplar tuzing.
Kishilar bir-birlari bilan til orqali o‘zaro munosabatda
bo‘ladilar, bir-birlariga fikr va istaklarini yetkazadilar.
Alisher  Navoiy  tilning  faqat  insonlarga  xos  hodisa  ekan-
ligini ta’kidlab:
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim guhari sharifroq yo‘q ondin, –
deganlar.

8
Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘Igan
ijtimoiy  hodisalardir.  Inson  nutqi  bo‘lmasa,  til  vositalari
bo‘lmasa,  fikrlash  ham  bo‘lmaydi.  Tafakkur  bo‘lmasa,  til,
nutqning ham bo‘lishi mumkin emas. Tafakkur va til bir-birisiz
mavjud bo‘lmasa ham, ular aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur
botiniy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifo-
dalanadigan in’ikosidir. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd
etish  va  boshqa  kishilarga,  avlodlarga  yetkazish  vositasidir.
Boshqacha aytganda, til tafakkurning borliq shakli bo‘lsa, tafak-
kur  tilning  mazmunidir.
Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning hara-
kati, uning faoliyati natijasida yaratilgan ma’naviy boyliklarni
zamon va makonda abadiylashtiradi: ular doimo bir-birini taqozo
qiladi, bir-birining yashashiga va rivojlanishiga yordam beradi.
4- topshiriq. Tilning bilish jarayonidagi o‘rni haqida ijodiy bayon
yozing. Yozma ishingizda quyidagi fikrlardan foydalaning:
— Insonning borliqni anglash, yashash va ishlash jarayonida
paydo bo‘luvchi narsa, voqea-hodisalarni aks ettiruvchi barcha
tushuncha va tasavvurlari tilda o‘z ifodasini topadi.
— So‘z bilan tushuncha o‘rtasidagi birlik tafakkur jarayoni-
ning o‘ziga xos va ijtimoiy-tarixiy ong mahsulidir.
—  Tushuncha  borliqni  anglash,  aks  ettirishning  shunday
shakliki,  u  narsa  va  uning  xossalari  haqida  ma’lumot  berib,
hamma vaqt so‘zda ifodalanadi.
— Inson tafakkuri uning tili bilan birga takomillashib boradi.
Tafakkur faqat insonlarga xos bo‘lgan mehnat va nutq
faoliyati bilan bog‘liq holda mavjuddir. Inson tafakkuri
nutq bilan bevosita bog‘langan holda yuzaga chiqadi va
uning  natijalari  tilda  qayd  qilinadi.  Demak,  tafakkur
jarayonining  natijasi  hamisha  biron-bir  fikrdan  iborat
bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida faqat til
vositasida namoyon bo‘ladi. Til tafakkur bilan chambar-
chas bog‘liq bo‘lib, fikrni reallashtiradigan, kishilarning
fikr  almashishlarini  ta’minlab  beruvchi  quroldir.

9
3- mashq.  Gaplarni ko‘chiring. Millat, til, ona tili to‘g‘risidagi
gaplarning mazmunini izohlang.
1. Nechunki har bir insonning jonidan aziz narsasi din va
millatidir. Ul din va millatning muhofazati ham har afrod insonga
vojibdur.  Oni  (millatni)  muhofazati  ona  tilining  muhofazati
bilan bo‘lur. Qachonki bir millat tilini yo‘qotsa, u muqaddas
dinini va millatini ham yo‘qotur (Ashurali Zohiriy). 2. Bobolardan
bizga meros ezgu til, avlodlarga xazinayi bebaho (Mirtemir).
3. Til millatning birinchi haqidir. Shu haq o‘ksitilgan bo‘lsa,
demak, millat o‘zini-o‘zi o‘ksitib kelgandir (I. G‘ofurov). 4. O‘z
vataningga  bo‘lgan  chinakam  muhabbatingni  o‘z  tilingga
bo‘lgan muhabbatingsiz tasavvur etish mumkin emas (K. Paus-
tovskiy). 5. Til g‘oya, tuyg‘u va tafakkurning jonli mujassamidir
(A.N. Tolstoy).
5- topshiriq. Matnni o‘qing. Uni o‘zbek tilining taraqqiyoti haqida
bilganlaringiz bilan to‘ldirib sharhlang.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni
1989- yil  21- oktabrda qabul qilindi. Mustaqillik sharofati bilan
o‘zbek tili — davlat tiliga e’tibor kuchaydi va ona tilimizning
ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.
1995- yilning  21- dekabrida O‘zbekiston Respublikasining yangi
tahrirdagi «Davlat tili haqida»gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun
24 moddadan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasida asosiy
qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning to‘rtinchi moddasida
yozilganidek,  «O‘zbekiston  Respublikasining    Davlat  tili  —
o‘zbek tilidir» deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning
sofligi  va  boyligi  to‘g‘risida  tinmay  g‘amxo‘rlik  qilish,  uning
iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining
burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh, o‘quvchi va talaba ona
tilidagi so‘z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o‘rinli
foydalanishga doimo harakat qilishi foydalidir. So‘z — fikrning
qurolidir, kishi qanchalik ko‘p so‘z bilsa, uning fikrlash doirasi,
dunyoqarashi ham shunchalik keng bo‘ladi.

10
6- topshiriq. Til to‘g‘risidagi maqol va hikmatlarni yozing. Ular-
ning  ma’nosini  izohlash  asosida  «Tilga  e
’
tibor  –  elga  e’tibor»
mavzusida ijodiy bayon yozing.
4- mashq. Gaplarni o‘qing, ularni til va yozuv taraqqiyoti nuqtai
nazaridan tartib bilan ko‘chiring.
1. VIII asrda O‘rta Osiyoda islom dini bilan birga arab yozuvi
ham tarqaldi. O‘zbek xalqi bu yozuvdagi 28 harfga yana qo‘-
shimcha to‘rtta harf kiritib, o‘z tiliga moslashtirdi. 2. 1940- yil
8- mayda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan
kirill yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi qabul qilindi.
Ushbu  alifbo  asosida  «O‘zbek  tilining  asosiy  imlo  qoidalari»
1956- yil 4- aprelda tasdiqlangan edi. 3. 1993- yil 2- sentabrda
«Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘-
risida» Qonun qabul qilinishi mustaqil Vatanimizning ma’naviy-
madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alif-
boga kiritilgan o‘zgarishlar asosida «O‘zbek tilining asosiy imlo
qoidalari» ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan 1995- yil 24- avgustda tasdiqlandi.
4. O‘zbek yozuvi dastlab 1929- yilda lotin grafikasiga asoslangan
alifboga ko‘chirilgan edi. 5. Turkiy xalqlarning ko‘plab bebaho
yodgorliklari qadimgi turk va uyg‘ur yozuvlarida bitilgan. O‘rxun-
Enasoy  yozuvi  harf  (tovush)  yozuvining  ancha  mukammal
shakli bo‘lib, har bir tovush uchun maxsus shakl qo‘llangan.
6. O‘rta Osiyo xalqlari eng qadimdan o‘z yozuv madaniyatlari-
ga ega bo‘lganlar, harf (tovush) yozuvining eng qadimgi shakl-
lari hisoblangan so‘g‘d va xorazm yozuvlaridan foydalanganlar.
Bu yozuvlar oromiy alifbosi asosida yuzaga kelgan.
O‘rta  Osiyoda  quyidagi  fonografik  yozuv  turlaridan
foydalanilgan:
— oromiy yozuvi (miloddan avvalgi III—I asrlarda);
— so‘g‘d yozuvi (milodimizning I—VI asrlarida);
— xorazm yozuvi (II—III asrlarda);
—  o‘rxun-enasoy  yozuvi  (V—VIII  asrlarda);
— uyg‘ur alifbosi (VI—VII asrlardan XII asrgacha);

11
— arab alifbosi (VII—VIII asrlardan 1929- yilgacha);
— lotinlashtirilgan o‘zbek alifbosi (1929—1940- yil-
larda);
— rus-kirill yozuvidagi o‘zbek alifbosi (1940- yildan);
—  lotin  yozuvi  asosidagi  o‘zbek  alifbosi  (1996-  yil
sentabridan).
7- topshiriq. a) arab va kirill yozuvi asosidagi o‘zbek alifbolariga
milliy  tilimizning  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  kiritilgan
qo‘shimcha harflarni tavsiflang;
b) berilgan matn asosida o‘zbek tilining rasmiy til sifatida amal
qilinishi tarixi to‘g‘risida yangi matn tuzing.
Qadimdan har bir qabila, elat o‘z yozuvini muqaddas deb
bilgan, o‘z tilini ulug‘lab kelgan. Ajdodlarimiz oromiy, so‘g‘d,
run,  uyg‘ur,  arab  yozuvlaridan  foydalanib,  boy  tarixiy,  ma-
daniy  meros  qoldirishgan.  Qoraxoniylar  hukmronligi  davrida
turkiy tilda davlat yozishmalari olib borilgan, uning maqomi
mustahkamlangan.  Qoraxoniy  podshohlar  o‘z  turkiy  tillarini
«hoqoniya tili» deb e’lon qilishgan. Buyuk tilshunos Mahmud
Qoshg‘ariy  bu  tilni  uchqur  tulporga,  adib  Yusuf  Xos  Hojib
tog‘ ohusiga qiyos qilishgan. Hazrat Alisher Navoiy turkiy tilni
o‘n sakkiz ming olamdan ham oliy olamga o‘xshatganlar.
Savol va topshiriqlar:
1. Òil jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi?
2. Dunyoni anglash hamda bilim olishda tilning o‘rnini asoslang.
3. Òil va nutq o‘rtasida qanday farqlar bor?
4. O‘zbek tilining taraqqiyoti qanday omillarga bog‘liqligini izoh-
lang.

12
♦ Yozma nutq
♦ Imlo qoidalari
♦ Nutq madaniyati
♦ Nutq odobi
♦ Nutq madaniyatini egallash omillari
8- topshiriq. Matnni o‘qing va yozma nutqning mohiyatini ochuv-
chi so‘z, atamalarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
Tilning  ijtimoiy  vazifasi  nutqiy  faoliyatda,  ya’ni  nutq  si-
fatida kishilar o‘rtasida aloqa, fikrlashish, so‘zlashishni amalga
oshirishda yaqqol ko‘rinadi. Nutq faoliyati kishilarning bir-bir-
lariga  tushunarli  bo‘lgan  til  vositasida  o‘zaro  fikr  almashish-
lari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga
oshadi: og‘zaki tarzda va yozma tarzda.
Yozma nutq og‘zaki nutqdan so‘ng yozuv ta’sirida paydo
bo‘lgan  bo‘lib,  adabiy  tilning  imloviy,  punktuatsion,  uslubiy
qonun-qoidalariga bo‘ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir. Yozma
nutqning mazmuniy bo‘laklari, gaplar, ularning qismlari turli
xil tinish belgilari orqali ajratib ko‘rsatiladi. Yozma nutq og‘zaki
nutq kabi kishilar o‘rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, balki
u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar
bilan  aloqa  bog‘lash  vositasidir.  Yozma  manbalar  orqali  biz
o‘tmish tariximizni o‘rganamiz va bundan kelajak avlod foy-
dalanishini ta’minlaymiz.
Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, badiiy nutq, shuningdek,
hujjatlar,  ommaviy  axborot  vositalari  uchun  tuzilgan  yozma
matnlar kiradi. Yozma nutq savodxonligi har bir kishidan o‘z
fikr-qarashlarini tilning imloviy-grammatik qoidalariga, adabiy
til me’yorlariga rioya qilgan tarzda ifodalashni talab qiladi.
YOZMA NUTQ SAVODXONLIGI VA NUTQ
MADANIYATI  ASOSLARI

13
5- mashq. Gaplarni o‘qing. Yozma nutqqa xos atamalarni ko‘chirib
yozing va lug‘aviy ma
’
nolarini izohlang.
1. Yozma adabiy tilning madaniyligi, adabiy me’yorlari alif-
bo va imlo qoidalarining mukammal va puxtaligiga ham bog‘liq.
2. Yozma matnning mazmuni, ma’no qirralari, sintaktik va gram-
matik munosabatlarini aniqlashda tinish belgilari muhim o‘rin
tutadi. 3. Mustaqim Mirzayev fidoyi tilshunos sifatida har kuni
ikki-uch soatlik ish vaqtlarini gazeta va jurnallar tilini o‘rganish,
ulardagi  adabiy  me’yor  buzilishlarini  aniqlash,  bunday  xa-
tolarni  guruhlash  va  bartaraf  etish  choralari  bo‘yicha  tavsiya
yozishga sarflar, bu ishdan hech erinmas edi. 4. Nutq madani-
yatining saviyasi tilning talaffuz va imlo, grammatik, leksik va
uslubiy  me’yorlaridan  to‘g‘ri  foydalana  bilish  darajasi  bilan
belgilanadi. 5. Fikrdagi qusur, so‘zdagi xatolarni vujudga kelti-
radi, so‘zdagi kemtiklar esa ishdagi xatolarni keltirib chiqadi
(D. Pisaryev). 6. Qalam — eng yaxshi muallim, qalamdan chiq-
qan  nutq  hozirgina  o‘ylanganidan  ko‘p  yaxshiroqdir  (Sitse-
ron). 7. Daryodagi gavhar o‘z jilvasini g‘avvos tufayli namo-
yish  qilganiday,  til  ham  o‘z  qudrati  va  nafosatini  nutq  ahli
vositasida zuhur etadi (A. Navoiy).
To‘g‘ri  yozish  qoidalari  tilshunoslar  tomonidan  tu-
ziladi va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Imlo
qoidalari  hukumat  tomonidan  tasdiqlanadi.  Kishilar
o‘zaro  yozishmalarida,  rasmiy  ish  yuritishda,  ta’lim
jarayonida, madaniy-ma’rifiy faoliyatda tilning imlo qoi-
dalariga amal qilishga majburdirlar.
So‘z va qo‘shimchalarning yozilishi ma’lum bir qoi-
dalarga asoslanmasa, yozuvda har xillik yuzaga chiqadi,
natijada bir-birini tushunish imkoniyati yo‘qoladi. Shuning
uchun ham o‘zbek tilining imlo qoidalarini har bir bo‘limi

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə