Ekologik jarayonlarni modellashtirish



Yüklə 387,76 Kb.
səhifə1/10
tarix26.09.2023
ölçüsü387,76 Kb.
#148908
növüУчебное пособие
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ekologik jarayonlarni modellashtirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI

A r i fj a n o v O. M.
EKOLOGIK JARAYONLARNI
MODELLASHTIRISH
O’zbekistonRespublikasiOliyvao’rtamaxsus,kasb-hunarta’limiilmiy-metodik
birlashmalarifaoliyatinimuvofiqlashtiruvchiKengashtomonidano’quv
qo’llanma sifatidatavsiyaetilgan

Toshkent-2011
O’quvqo’llanmaO’zbekistonRespublikasiOO’MTVning2008yil
28fevraldagi №51—buy rug ’iga asosan chop etishga tavsiya etilgan.

UDK 505.064.36
O’quv qo’llanma “Ekologik jarayonlarni modellashtirish” fani dasturi asosida yozilgan bo’lib, unda ekologik jarayonlarni fizik va matematik modellashtirish asoslari yoritilgan. O’quv qo’llanma - “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Учебное пособие предназначено для студентов направления бакалавриата «Экология и охрана окружающей среды» и соответствует рабочей программы курса «Моделирование экологических процессов». Пособие посвящена физическому и математическому моделированию процессов, связанных с охраной олружающей среды.
This manual was written based on the subject of "Modeling of Ecological Processes" and the physical and mathematical modeling basics of ecology processes were depicted in it. The manual was arranged for Bachelor students in whom "Ecology and envirimental science"
Taqrizchilar: R. Sadullayev, t.f.d., professor
A. Akbarov, dotsent
O. Arifjanov.
/ EKOLOGIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH /
O’quv qo’llanma., T-2011., 105 b.
© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2011
KIRISH
O’zbekiston hukumati aniq-ravshan ekologik tadbirlar tizimini amalga oshirishga muhim ahamiyat bermoqdaki, bu tizim mamlakatning butun xalq xo’jaligini isloh qilishning ajralmas qismi bo’lib qolmoqda. O’zbekiston hukumati respublika fuqorolarining yashashi uchun sog’lom shart-sharoit vujudga keltirish va tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirishni O’zbekiston siyosatining ustivor jihatlari deb qaraydi.
Ekologik tizimlardagi jarayonlarni modellashtirish fani biosferada vujudga keladigan o’zgarishlar jarayonida atrof muhitga ko’rsatadigan ta'sirini o’rganishdan iborat.
Tabiiy va antropogen omillar ta'sirida atmosfera, gidrosfera va umuman biosferada sodir bo’ladigan o’zgarishlarni modellashtirish katta amaliy va ilmiy ahamiyatga ega.
Bo’lajak qishloq va suv xo’jaligi sohasi uchun tayyorlanayotgan kadrlar, asosan atrof-muhitni himoyalash yo’nalishida ta'lim olayotgan talabalar tabiiy va antropogen ommillar ta'sirida yuzaga keladigan hodisalarni baholash va uning oldini olish uslublarini bilishlari lozim.
Ekologik tizimlarni modellashtirish fani oliy matematika, fizika, kimyo, informatika, suyuqlik mexanikasi fanlariga tayangan holda o’zlashtiriladi.
Ekotizimlar fizik, kimyoviy, biologik jarayonlar ta'sirida o’zgaruvchan xususiyatga ega ekanligini va bu jarayonlarni anglash, o’rganish, baholashda modellashtirish metodlaridan foydalanish lozim bo’ladi. Tabiatda bo’layotgan chegaralangan (lokal) va global o’zgarishlarni bo’lajak kadrlar tasavvur eta olish, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish yoki oldini olishda tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqish, atrof-muhitga bo’ladigan zararlarni baholash miqdorini hisoblay olish ko’nikmasiga ega bo’lishlari kerak.
Biomassalar miqdori, sifatining o’zgarishi ma'lum vaqtlarda optimal yashash sharoitining buzilishiga olib keladi va shu bois bu sohada ta'lim olayotgan talabalar atmosfera havosini, suv manbalarini va yer resurslarini ifloslantiruvchi, buzuvchi va foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltiruvchi jarayonlarni aniqlash va oqibatlarini miqdoriy baholash pirovardida ekologik nuqtai nazardan oqilona qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lishlari lozim.
Oxirgi yillarda atmosfera, suv va tuproqning ifloslanishi va ifloslanish oqibatida vujudga keladigan salbiy holatlarni aniqlash va uning iqtisodiy, ekologik zararlarini baholashda modellashtirish uslublaridan juda keng foydalanilmoqda.
Modellashtirish natijalari asosida atrof - muhit himoyasiga bag’ishlangan chora - tadbirlar ishlab chiqish, barqaror rivojlanish omillarini ta'minlash va pirovardida tabiat va inson o’rtasidagi muvozanatni saqlashga erishish yo’llarini topishdir.
1-§ Ekologik jarayonlarni modellashtirish fani
Maqsad va vazifalari


    1. Ekologik tizim

Tabiiy jarayonlarni o’rganish, unda yuzaga kelayotgan o’zgarishlami bilish azal-azaldan insoniyatni qiziqtirib kelgan.
Atrof muhitga ta'sir etuvchi ekologik omillarni quydagilarga ajratish mumkin: abiotik (jonsiz tabiat); biotik (jonli mavjudot); antropogen (tabiatga inson tomonidan ko’rsatilayotgan ta'sirlar).
Hozirgi kunda atrof-muhitga, ekotizimdagi o’zgarishlarga inson faoliyatining ta'siri juda katta bo’lmoqda.
Tabiiy resurslardan foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish keskin rivojlanib bormoqda. Ekotizimlardagi barqarorlikni saqlab qolish, tolerantlik qonunini buzilmasligi uchun insoniyatdan oqilona faoliyat yuritish talab etiladi.
Atrof - muhitga bo’lgan munosabatda noosfera vujudga kelishi lozim. (Akademik V.I.Vernadskiy (1931 yil) tomonidan kiritilgan tushuncha).
Noosfera - biosfera evolyusiyasining bosqichi, uning taraqqiyotidagi jamiyat ongli faoliyatining yetakchi rolini ifodalaydi.
Insoniyat faoliyati tufayli yer sharida juda katta miqdorda mahsulotlarning harakati vujudga kelmoqda. Quyidagi jadvalda (1-jadval) yetishtirilgan mahsulot miqdori keltirilgan.


Yüklə 387,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin