Fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 101,9 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü101,9 Kb.
#208186
  1   2   3   4   5
musiqa kurs ishi


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

_____________________fakulteti

________guruh talabasi

______________________________________

___________________________________fanidan

"_____________________________________________" mavzusida
yozgan
KURS ISHI

Bajardi:___________________
Qabul qildi:________________


GULISTON 2023
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………3

  1. Yurtimizda musiqa madaniyatiga bo’lgan e’tibor……………………………7

  2. Umumta’lim maktablarida musiqa darslarini o’tishning ahamiyati………...16

  3. Allomalarimizning musiqa madaniyatiga qo’shgan hissalari………………22

Xulosa…………………………………………………………………………….29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………32

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Yosh avlodga har tomonlama puxta bilim berish, ularni Vatanimizning yetuk kishilari etib tarbiyalashda maktab muhim rol o`ynaydi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” asarida “...kelajagimiz poydevori bilim dargohida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishga bog’liq” deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, maktab jamoasi o`quvchiga bilim berish, uni shaxs sifatida kamol topib voyaga etishga katta xizmat qilishi bilan birga ularni musiqa va musiqa san`ati olamiga olib kiradi, go`zallikka bo`lgan qiziqishlarini rivojlantiradi. Yosh avlodni jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlash kelajakni o’ylovchi har bir jamiyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Respublikamiz istoqlolining dastlabki kunlaridan boshlab ushbu muammoga juda katta e’tibor berilishi ham fikrimizga dalil bo’la oladi. I.A.Karimov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbus guruhi bilan uchrashuvda bu masalaning benihoya dolzarbligini ta’kidlab, “Biz farzandlarimizni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligiga erishishdek oliy maqsadlar sari etaklashimiz kerak”, - degan. Musiqa darsliklari boshqa darsliklar kabi Istiqlol sharofati bilan chop etilib, Mustaqillik ne’matiga aylandi.
Maktab o’quvchilari uchun har bir darslik va o’quv adabiyotlari o’z o’rnida aziz, chunki ular bolalar tafakkurini o’stiradi, istiqbol sari yetaklaydi. Musiqa darslarining ham mazmun mohiyati ana shunday. Musiqa insonni g’aroyib kuy va ohanglar dunyosiga boshlaydi, his-tuyg’ularni noziklashtiradi, didini charxlaydi, go’zallikni sevishga o’rgatadi.
Darhaqiqat, bugungi kunda ongi va salohiyati rivojlanib kelayotgan yosh nihollarimizga buning yaqqol tasvirini ko’rishimiz mumkin.Musiqa kishi ruhining axloqiy tomoniga ma’lum darajada ta’sir etar ekan,u yoshlarning tarbiyasiga o’z ijobiy ta’sirini o’tkazadi. Musiqasiz hayot yo’qligi va musiqada hayot mujassamligi barjamizga ayol. Shaxsi va dini, irqidan qat’iy nazar har bir inson 5 musiqa tinglashni yoqtiradi desak xato qilmagan bo’lamiz. Shu sababli ham rivojlanib kelayotgan yosh avlodlarimizga musiqaning mazmun mohiyatini tubdan o’rgatish va mustahkamlash uchun bugungi kunda musiqa san’atiga katta e’tibor berilmoqda. Shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish insonning ham jismonan, ham aqlan ma’naviy tomondan kamolga yetish jarayonidir. Umumta'lim maktablarida musiqa o`qitishning asosiy maqsadi - o`quvchilarga musiqa san'atini go`zallik qonunlari asosida o`rgatish malakasini singdirish va ularga musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir.
Mamlakatimizda so’ngi yillarda chet tillarini o’rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi. O’zbelistonning birinchi prezidenti Islom Karimov aytganlaridek ”Hozirgi paytda xorijiy tillarni o`rgatish va o`rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas . Bugun jahon hamjamiyati o`ziga munosib o`rin egallash intilayotgan mamlakatlarimiz uchun,chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o`z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo`qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o`rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o`ganish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O‘zbekistonda bundan buyon umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirayotgan barcha o‘quvchilar biror musiqa asbobini chalishni bilishi kerak va bu ularning shahodatnomasida qayd etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida gapirgan. Davlat rahbarining fikricha, ashula eshitib bajarilgan ishda 10 baravar baraka bo‘ladi.
“Madaniyat sohasida islohot bo‘yicha juda katta qaror qabul qildik. Shu qaror bo‘yicha Namangan tajribasini amalga oshirsak. O‘zligimizni anglash nuqtayi nazaridan madaniyatimizga ham urg‘u berib, Namangan tajribasi qilib, viloyat kengashi qarorini chiqarib, har bir tuman, har bir maktab kesimida qilsak, men o‘ylaymanki, to‘g‘ri bo‘ladi. 
Attestat olishda, hammamiz o‘rganganmiz – fizika, matematika bo‘yicha baho bo‘ladi. Topshiriq berdimki, endi attestatda har bir maktabda 11-sinfni bitirgan bolalarimiz bitta cholg‘u asbobini o‘rgangan degan bahosi bo‘ladi”. Deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev
“Bu nima uchun kerak? Iqtisodiyotni tiklaymiz, lekin shuning barobarida madaniyatimizni tiklab bormasak, ertaga ma’naviy ozuqa bo‘lmagan elda, xalqda, yoshda yutuq bo‘lmaydi”. 
Bilasizlarmi, madaniyat bilan yaqin bo‘lgan insonning dunyoqarashi madaniyatli bo‘ladi. Uning umri uzoq bo‘ladi. Har bir katta korxonada ham mana 10 million investitsiya olib kelyapti. Lekin, 10 million investitsiya olib kelganda bitta cholg‘u ansambli qilsa bo‘ladimi? Bitta maqom ansambli qilsa bo‘ladimi? Shanba kuni ashula eshitadigan kun qilib ko‘ygin o‘sha yerda. Ashula bilan seni ishingda 10 baravar baraka bo‘ladi. Madaniyat bilan seni o‘sha korxonangda 10 baravar yangi-yangi rejalarga kirishadi. Odamning chehrasida mehr paydo bo‘ladi”, 
Zero, bugungi muborak mustaqillikka erishgan kunimizda, o‘zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma’naviyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an’anaviy qo‘shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy musiqa va qo‘shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehroqibatga, odamiylikka chorlab kelgan.
Bugungi kunda ham shu dolzarbligini yo‘qotmagan holda mustaqillikka, mehnatkashlar ongini shakllantirish yo‘lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bo‘lib qolaveradi. Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi san’ati milliy musiqa san’atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog‘liq holda paydo bo‘lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san’at turlaridan hisoblanadi.
Ayniqsa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi qo‘shiqlari o‘lmas meros bo‘lib, barcha davrlardagidek bugun ham «labbay» deb javob bermoqda. Lekin shu bilan bir qatorda faqat tarixga sajda qilmay, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo‘shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlantirishda bosh omillardan bo‘lmish musiqiy san’at bilan shug‘ullanayotgan barcha mutaxassis va san’atkorlarga muhim vazifa qilib qo‘yilishi tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni boshlab yubordi.
Odamlarimiz qalbi, tafakkuri va tasavvurida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Prezidentimiz ta’kidlaganlariday, ma’naviyat masalasi millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm-rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o‘zlikni anglash singari juda ko‘p omillarni o‘z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi. Ma’naviylik va ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib keldi. Ushbu tamoyillardan kelib chiqib, ma’naviy jabhalarning barcha yo‘nalishlari o‘zlarining maqsad va vazifalarini belgilab olishlari zarur bo‘ladi. Ayniqsa, bu jabhada musiqiy madaniyatning ma’naviy hayotdagi o‘ziga xos o‘rnini baholash, uning ta’sirchanlik kuchini mustaqillik mafkurasi tomon yo‘naltirish uning bosh mezoni ekanligini anglash muhimdir. Madaniy hayotda bugungi kunda shu tamoyilga ko‘ra siljishlar kuzatilmoqda.
Ijodkorlarning fikri-zikri ana shu tamoyillar yo‘liga yo‘naltirilgan desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Musiqiy madaniyat o‘zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o‘zining chuqur ildizlari qadimgi davrlarga etib boradigan o‘zbek xalqining boy musiqa merosi hozirgi kundalik hayotimizdan ham tushgani yo‘q. U xalq ijodining yuksak namunalari, folklor ijrochiligi, kuy tuzilishi, mazmunan rivojlangan cholg‘u va ashula asarlari, dostonlar ijrochiligi hamda murakkab ijrochilik turkumi atalmish maqom musiqasini o‘z ichiga oladi.



  1. Yüklə 101,9 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin