SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
308
TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DOLZARB
JIHATLARI VA AHAMIYATI
J.Oripov
Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o„rgatish milliy markazi o„qituvchisi
O.To‘xtayev
Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o„rgatish milliy markazi o„qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7150010
Annotatsiya.
Mazkur maqolada muallif ta’limda raqamli texnologiyalardan
foydalanishning dolzarb jihatlari va ahamiyatini nazariy asosda yoritib, o‘z tavsiyalarini
bergan.
Kalit so‘zlar:
raqamli texnologiya, dars, internet, farmon, qaror, ta’lim tizimi.
АКТУАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ И ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация.
В данной статье автор на теоретической основе рассмотрел
актуальные аспекты и значение использования цифровых технологий в образовании и дал
свои рекомендации.
Ключевые слова:
цифровые технологии, урок, интернет, указ, постановление,
система образования.
CURRENT ASPECTS AND IMPORTANCE OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES IN
EDUCATION
Abstract.
In this article, the author gave his recommendations, highlighting on a
theoretical basis the actual aspects and importance of using digital technologies in education.
Keywords
: digital technology, lesson, internet, decree, decision, education system.
KIRISH
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning borishi bevosita
ta‟lim tizimiga ham o„zining ijobiy ta‟sirini ko„rsatmoqda. Shuning uchun ham ta‟limning
barcha bo„g„inlarida yanada yuqori samaradorlikka erishish maqsadida sohada keng qamrovli
islohotlarni
amalga oshirish, xalqaro tajribalar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish
bugungi Yangi O„zbekiston sharoitida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, har bir sohaning
taraqqiyoti aynan, shu soha vakillari yoki mutaxassislarining bilimi, idroki, tafakkuri
va malakasi
hamda shu yo„nalishdagi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg„or tajribalarini qanchalik
o„zlashtirganligi bilan belgilanadi.
Shuning uchun ham Vatanimizning ertangi kuni va uning mustahkam poydevorini
yaratuvchisi bo„lgan yosh avlodning ta‟lim va tarbiyasiga alohida e‟tibor
qaratish muhim
ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, ijtimoiy hayotning barcha yo„nalishlaridagi tarbiyaviy
jihatlarni yoshlarning ma‟naviyatiga singdirib borish va Yangi O„zbekistonning
ertangi kunini
egalari bo„lgan yoshlarning tarbiyasi bugungi zamonaviy ta‟lim tizimini qay darajada
rivojlanganligiga bog„liq. Shu sababdan ham milliy ta‟lim tizimini tubdan yangilashning
muqobil yechimlarini topish va amaliy faoliyatga joriy etish har birimizning asosiy maqsadimiz
ekanligini unutmasligimiz darkor.