Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə1/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин


IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI


fanidan



MA’RUZALAR MATNI


1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va
o‘rganish usuli


REJA



  1. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti.

  2. Fanning o‘rganish uslubiyoti (metodologiyasi)

  3. Fanni o‘rganish manbalari

  4. Fanni o‘rganish vazifasi va ahamiyati

1. «IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI» FANINING PREDMETI

Har qanday tarixni o‘rganish avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: «Moziyga qarab ish tutish xayrlidir». Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganish katta nazariy, amaliy va tarbiyaVIy ahamiyat kasb etadi.


Iqtisodiyot tarixi (xalq xo‘jaligi tarixi) va iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta’minlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir.
Ayniqsa hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo‘shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq bilishga intilmoqdalar. Xo‘sh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o‘rganishda nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o‘tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. aniqrog‘i, velosipedni qayta kashf qilishga xojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Ammo shunday bo‘ldiki, oxirgi 25-30 yil davomida bu fanlarga kam e’tibor berildi, xatto «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» katag‘onga uchradi, faqat mustaqillik yillari bu fanni oliy o‘quv yurtlarida qaytadan o‘qitish boshlandi. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q, albatta.
Sho‘rolar tuzumi davrida ko‘pgina fanlar, shu jumladan, iqtisodiyot fani sinfiylik, partiyaVIylik mafkurasi asosida o‘rganildi, marksizm-leninizm g‘oyalari birdan-bir to‘g‘ri ta’limot deb qabul qilindi va barcha masalalar yechilgan, tarixga, uzoq o‘tmishga hech qanday xojat yo‘q, degan umumiy kayfiyat yuzaga keldi. Sotsialistik va kommunistik jamiyat qurishda dasturilamal bo‘lgan mafkuraga muqobil, muxolif bo‘lgan barcha fikrlar tanqidga uchradi; asosiy e’tibor markscha-lenincha, iqtisodiy ta’limotni o‘rganishga, kapitalizm, bozor munosabatlarining kelajagi yo‘qligini zo‘rma-zo‘raki «isbotlash»ga qaratildi.
Ammo bu yo‘l tarix sinovidan o‘tmadi. Iqtisodiyotda sinfiy, mafkuraVIy tamoyillar ertaklardagi qum saroylari kabi vayron bo‘la boshladi. Tabiatning yomon ob-havosi bo‘lmaganidek, tarix ham bo‘lib o‘tgan yaxshi yoki yomon voqealar uchun hech kim oldida tavba-tazarru qilmaydi.
Hozirgi davr olimlari avvalgi mualliflardan ko‘ra ko‘proq biladilar, bu ob’ektiv jarayon, ammo shunisi ham ayni xaqiqatki, biz ular tufayli ham shu narsalarni bilamiz.
Yana shuni ham aloxida ta’kidlab o‘tish kerakki, sobiq SSSR davrida qaysi fanni o‘qish, qanday dastur va darslik asosida o‘qitish «markaz»ning to‘la Ixtiyorida bo‘lgan. Tarjima qilish ham shu yo‘sinda olib borilgan. Oxir-oqibat o‘zbek tilida biror jiddiy asar yaratishga yo‘l berilmagan. Ayniqsa, Sharq, xususan o‘rta osiyolik olimlar, donishmandlar va allomalarning iqtisodiyot va boshqa fanlarga qo‘shgan hissasi doimo kamsitib kelingan.
Mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan o‘zbekistonlik olimlar oldida, ko‘pgina fanlar kabi, iqtisodiyot fani borasida ham katta ishlarni amalga oshirish vazifasi turibdi. Yangi dastur, o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratish eng muhimdir. Iqtisodiyot insoniyat tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlar ham ko‘p ming yillik tarixga ega. Lekin ularning asosiy qismi yozuv paydo bo‘lganidan so‘ng, yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g‘oyalar avvalo insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o‘rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo‘lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga tadbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi, katta tarbiyaVIy ahamiyatga ega.
Iqtisodiyot baynalmilal xodisa bo‘lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar va mamlakatlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. Hozirgi davrda ham bozor iqtisodiyotining prinsiplari hamma uchun bir xil bo‘lishiga qaramasdan natijalar turlichadir. XVIII asr oxirida klassik iqtisodiy maktab vakillari Adam Smit va David Rikardo ob’ektiv, ya’ni inson xohishiga bog‘liq bo‘lmagan, ammo ular tomonidan o‘rganilishi mumkin bo‘lgan qonunlar asosida amal qiluvchi xo‘jalik tizimi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdilar. Ularning fikricha, davlatning iqtisodiy siyosati bu qonunlarga xilof bo‘lmay, aksincha bu qonunlarga suyanishi kerak, ana shunda iqtisodiyot ravnaq topadi va aksincha. Demak, bu qonun va qonuniyatlarni bilish, ulardan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish hayot talabi bo‘lib bormoqda. Uzoq o‘tmishdagi ko‘pgina o‘gitlar, hayotiy tajribalar, allomalarning fikri va g‘oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o‘rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish zarur.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi deyarli to‘rt ming yillik rivoji davomida bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi. Ularning turli yo‘nalishlari va maktablari mavjud.
Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasidagi 60 dan ortiq oliy o‘quv yurtlarining ko‘pchiligida, iqtisodiyot universiteti, instituti, ayrim fakultet va guruhlarida «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» iqtisodiy zarur fan sifatida o‘qitilmokda. Ayrim akademiya, kollej, iqtisodiy yo‘nalishdagi litsey, o‘rta maktablarda «Iqtisodiyot tarixi» va «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» ham maxsus fan sifatida o‘qitilmoqda. Ammo bu fanlarni o‘qish va o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan uslubiy ishlar aslini olganda bir kafedrada olib borilmoqda.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin