METOD TUSHUNCHASI UNING TURLARI VA TASNIFI. O'QUV BILISH FAOLIYATINI TASHKIL QILISH METODI VA ULAR ORASIDAGI BOG'LIQLIK
Reja:
1) O’qitish metodi tushunchasi va uning turlicha talqin etilishi.
2) O’qitish metodi – metodik sistemaning bir komponenti sifatida.
3) O’qitish metodlari tasnifi.
4) Boshlang’ich sinf matematika darslarida qo’llaniladigan o’qitish metodlari va ularning tadbig’i.
O’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usuli bo’lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko’nikmalarga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashi shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi.

Analogiya metodi – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining o’xshashligi bo’yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo’yicha ham o’xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi.
Analogiya metodi – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining o’xshashligi bo’yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo’yicha ham o’xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi.
Analogiya “Xususiydan xususiyga boradigan”, bir konkret dalildan boshqa aniq dalilga boradigan xulosadir.
Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasi har xil ta’riflanadi. Mustaqil ishning B.P.Yesipov bergan ta’rifini eng to’g’ri ta’rif deb tan olish kerak:
Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasi har xil ta’riflanadi. Mustaqil ishning B.P.Yesipov bergan ta’rifini eng to’g’ri ta’rif deb tan olish kerak:
“O’quvchlarning o’qitish jarayoniga qo’llaniladigan mustaqil ishlari bu o’qituvchining bevosita qatnashuvisiz, maxsus ajratilgan vaqt davomida uning topshiriqlari bo’yicha bajariladigan ishdir; bunda o’quvchilar topshiriqda qo’yilgan maqsadga erishishga o’z kuchlarini sarflaydilar, aqliy yoki jismoniy harakatlar natijasini biror shaklda ifodalab ongli ravishda intiladilar”.
O’quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasiga ko’ra tasniflovchi metodlar
O’quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasiga ko’ra tasniflovchi metodlar
1) Izohli-illyustrativ metod.Bu metodning mohiyati shundaki, bunda o’qituvchi tayyor informasiyani har xil vositalar yordamida beradi. O’quvchilar bu informasiyani qabul qilishadi, tushunib oladilar va eslab qoladilar.
2) Reproduktiv metodning asosiy belgisi faoliyat usulini tanlash va o’qituvchining topshiriqlari bo’yicha takrorlashdan iborat. Bu metod yordamida o’quvchlarda malaka va ko’nikmalar tarkib topadi.
3) Bilimlarni muammoli bayon qilish.Bunday bayon qilishda o’qituvchi u yoki bu qoidani aytibgina qolmay balki “ovoz chiqarib mulohaza yuritib” muammo qo’yadi va uni hal qilish jarayonini ko’rsatadi. O’qituvchining bunday tushuntirishi ancha ishonchliroq bo’ladi, bolalarni fikrlashga o’rgatadi, bilish xarakteridagi izlanishlarni olib borishga o’rgatadi.
4) Qisman izlanish yoki evristik metod. Bu holda o’qituvchi o’quvchilar oldiga muammo qo’yadi, o’zi esa o’quv materialini bayon qiladi, ammo bu bayon davomida o’quvchilar oldiga savollar qo’ya boradi, bu qo’yilgan savollar ulardan izlash jarayoniga qo’shilishni va bilish xarakterdagi biror masalani yechishni talab qiladi.

5) O’qitishning tadqiqot metodi. Bu metod bilan ishlashda o’quvchilar qo’yilgan muammoni tushunib olganlaridan keyin o’zlari ishlash rejasini belgilashadi, faraz (gipoteza) tuzishadi, tekshirish usulini o’ylab ko’rishadi, kuzatishlar olib borishadi, tajribalar o’tkazishadi.
O’quv-bilish faoliyatini rag’bat-lantirish metodlari.Bu metodlar jumlasiga bilish xarakteridagi o’yinlar, o’qishda muvaffaqiyatli vaziyatlar yaratish, mukofotlash metodi va boshqa metodlarni kiritish mumkin. O’quv-bilish faoliyatini rag’batlantirish va o’quv predmetiga qiziqish uyg’otishning samarali metodla-ridan biri o’yin metodidir.
O’quv-bilish faoliyatini rag’bat-lantirish metodlari. Bu metodlar jumlasiga bilish xarakteridagi o’yinlar, o’qishda muvaffaqiyatli vaziyatlar yaratish, mukofotlash metodi va boshqa metodlarni kiritish mumkin. O’quv-bilish faoliyatini rag’batlantirish va o’quv predmetiga qiziqish uyg’otishning samarali metodla-ridan biri o’yin metodidir.