3
novateurpublication.org
SO’Z BOSHI
Mustaqillik tufayli yurtimiz ravnaq topdi. O`zbekiston rivojlangan davlatlar
qatoridan o`rin egalladi. Deyarli har kuni yurtimizda mislsiz o`zgarishlar va
yuksalishlar ro`y berayapti. O`zbekiston Respublikasi “ Ta`lim to`g`risida ”gi
qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsad va vazifalaridan kelib
chiqqan holda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish shu bilan birga ta`lim
muassasalarida yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida ushbu qo`llanma yaratildi.
“Ichki sekresiya bezlari va moddalar almashinuvining fiziologik asoslari” nomli
monografiyada ichki sekresiya bezlari va moddalar
almashinuvining fiziologik
asoslari yangi adabiyotlardagi ma‘lumotlar bilan boyitilgan.
Mazkur monografiyada organizm funksiyalarini gormonlar orqali boshqa-rilishi
haqidagi ma`lumotlar keng doirada yoritilib berilgan.
Oqsillar karbon -suvlar va
yog’lar almashinuvining fiziologik asoslari ochib berilgan. Shuningdek, suv,
mineral tuzlar va vitaminlarning organizmdagi mohiyati yangi ma’lumotlar bilan
boyitilgan.
Bu talabalarning
bilim darajasini yuksalishi, nazariy ma’lumotlar asosida
laboratoriya mashg`ulotlarini mukammal o`zlashtirishlari,
reyting nazoratlarini
muvaffaqiyatli topshirishlariga yordam beradi.
Ushbu monografiya pedagogika instituti talabalari,
tibbiyot universiteti va
universitetlarning biologiya fakulteti talabalarini hamda yosh pedagoglari
foydalanishi mumkin.
Monografiyada ayrim juz`iy хаtоlаr uchrashi mumkin.
Shuning uchun hаm
muаlliflаr оldindаn uzr so`rаydilаr.
Monografiyada haqidagi fikr,
mulohazalarni
muаlliflаr minnаtdоrhilik bilan qabul qiladilar va kitobning keyingi nashrlarida
albatta inobatga oladilar.