MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………...3
I BOB. Tekis kesimga ega bo’lgan detalning xususiyatlari 1.1. Ortogonal proyeksiya haqida umumiy ma’lumot…………………..5
1.2 Aksonometrik proyeksiya va turlari ………………………………………. 8
II BOB. Mavzuning o’qitish metodikasi. 2.1 O’quvchilarning aksonometrik proyeksiyaga o’qitish metodikasi………13
2.2. Tekis detalning ortogonal metodikasini o’qitish metodikasi……………19
XULOSA…………………………………………………………………………22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………… ..…...23
ILOVALAR ……………………………………………………..………………24
KIRISH Ta’lim tizimida tub islohatlar o‘tkazilayotgan bugungi kunda asosiy e’tibor etuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning sifatiga qaratilgan. Ilm-fan, texnikatexnologiyalar rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yuksak malakali, etuk kadrlarga bo‘lgan talab oshib bormoqdaki, bu o‘z navbatida, nafaqat maktab, kasb-hunar kollej o‘qituvchilari, balki oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari zimmasiga ham ma’suliyatli vazifani yuklaydi. Zero, oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislar zukko, bilimdon va har tomonlama komil inson bo‘lish bilan birga, turli vaziyatlarda ma’suliyatni his etgan holda faoliyat yuritadigan kadrlar bo‘lishligini unutmasligimiz lozim. Bu esa, o‘quvchilarga beriladigan bilimlar sifatining oshirishni talab qiladi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish va ularning rivojlanishini chizmasiz tasavvur qilish qiyin. Yangi ixtiro qilinayotgan buyumlar, mashinalar va inshootlar ma’lum g‘oya asosida muhandis yoki loyihachi hayolidan qog‘ozga eskiz sifatida ko‘chadi. So‘ngra bu eskizlar bo‘yicha ish chizmalari bajariladi. Yaratilgan chizmalar asosida buyumlar ishlab chiqariladi, tekshiriladi va ta’mirlanadi. Demak, bu ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar chizmani tuza olishi va uni o‘qiy bilishi shart.
Chizma geometriya fanining asosiy maqsadi fazo va unda joylashgan jismlarning tekis modelini yaratish va bu modellar ustida turli masalalarni echib, ularni fazoga ko‘chirib so‘ngra amaliyotga tadbiq qilish usullarini o‘rgatishdan iborat. «Chizma geometriya» fanining vazifasi esa talabaning fazoviy tasavvurini o‘stirish, jismlarning hosil qilingan tekis tasvirlari bo‘yicha ular orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni tekshirish usullarini o‘rgatish, geometrik, proeksion va mashinasozlik chizmachilik fanlarining qonun-qoidalarini o‘zlashtirishdan iborat.