Mundarija kirish nazariy qism sanoat pechlarining tasnifi Pechning umumiy sxemasi. Tunelli va shaxtali pechlar Mavhum qaynovchi qatlamli pechlar 11 Aylanuvchi barabanli pechlar 11 Domna pechlari
KIRISH 1
NAZARIY QISM 3
Sanoat pechlarining tasnifi 4
Pechning umumiy sxemasi. 5
Tunelli va shaxtali pechlar 7
Shaxtali pechlar 9
Mavhum qaynovchi qatlamli pechlar 11
Aylanuvchi barabanli pechlar 11
Domna pechlari. 12
HISOB-KITOB QISMI 14
Uch qismli alangali pеchni hisoblash 14
ADABIYOTLAR RO’YXATI 42
KIRISH
Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora – tadbirlar dasturi” to‘g‘risidagi 2017 yil 13-sentyabrdagi qarorida quyidagilar keltirilgan: - lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosidagi ilmiy-texnik, adabiy-badiy va ensiklopedik adabiyotlarni yanada ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora tadbirlar ishlab chiqish; - oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar,o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv – uslubiy, ilmiy nazariy manbalarni joylashtirish,bunday maxsulotlarni arzon narxlarda sotib olish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar tayyorlash kabi bir qancha muhim topshiriqlar belgilab berilgandir.
Demak, zamonaviy yetuk bilimli, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yani komil insonni shakllantirishda yaratilayotgan o‘quv adabiyotlarni o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, «Yuqori haroratli jarayonlar va qurilmalar» fanini o‘qitishdan maqsad - talabalar ishlab chiqarishdagi texnologiyani, yuqori haroratli jarayonlar va qurilmalarning guruhlanishi va qanday nomlanishini, ularning tuzilishi va ishlash prinsipini, ularning tarkibiy qismlari va yordamchi qurilmalarini, yuqori haroratli jarayonlar va qurilmalarda energiyaning bir turdan boshqa turga aylanish jarayonlarini va sanoat pechlaridagi FIK va quvvati, ularning ish rejimlari va energetik xarakteristikalari, yuqori haroratli qurilmalarning issiqlik hisobi, izolyatsiya materiallarini tanlash uchun ko‘rsatma, pechlarning konstruksiyasi, havo so‘ruvchi qurilmalar, pech qurilmalari yonish kameralari kabi ma’lumotlarni to‘liq o‘zlashtirishi lozimdir.
O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: talabalar sanoatdagi yuqori haroratli qurilmalar haqida kompleks bilim olib, olgan bilimlaridan foydalangan holda qo‘yilgan talablarga javob bera oladigan sifatda pech detallarini yig‘a bilishi, ularning ichida kechadigan issiqlik jarayonlarni, marten pechlari, domna pechlari, qoplama devorlar orqali yo‘qotishlar to‘g‘risidagi bilimlarni to‘la o‘zlashtira olishlari lozim. Ushbu darslikda berilayotgan ma’lumotlar Respublikamizda ta’lim olayotgan talabalarning yetuk va malakali kadrlar bo‘lib yetishishlariga hizmat qilib, ularda fan bo‘yicha amaliy va nazariy ko’nikma larni hosil qilishda yordam beradi, hamda ulardan kelajakda unumli foydalanishlarida asos bo‘lib xizmat qilishiga munosib hissa qo‘shishi shubhasizdir.