Kirish
Falsafiy ta’limotlarda shaxs va jamiyat
munosabatlari muammosiga
qadimgi dunyo olimlaridan boshlab, hozirgi davr tadqiqotchilari tomonidan
turlicha yondashuv va talqinlar ishlab chiqilib, salmoqli asarlar yaratilgan.
Masalan, Aflotun “Qonunlar” - asarida davlat,
jamiyat va shaxs
munosabatlari masalasiga e’tibor qaratib, adolatli jamiyatning barqaror
yashashida erkinlik qadriyatlarining ahamiyatini yuksak pog‘onaga
ko‘taradi. Aristotel o‘zining “Siyosat”, “Etika”, “Ritorika” kabi asarlarida
jamiyat va shaxs munosabatini yanada takomillashtirish g‘oyalarini
ilgari
surdi. Shaxs adolatli ishlarga qo‘l urar ekan,
adolatli, jasorat namunasini
ko‘rsatar ekan, jasoratli fazilatlarning sohibiligini isbotlaydi. Shuningdek,
Markaziy Osiyoda etishib
chiqqan Abu Nasr Forobiy, “Fozil odamlar
shahri” asarida shaxs va jamiyat munosabatlari xususida insonlar o‘zaro
ko‘maklashishga intilishi tufayli jamiyat hayotida adolatni ta’minlashga
yordam beradi deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy ham shaxs va jamiyat
munosabatlari masalasiga oid qarashlari
asosida jamiyatning vujudga
kelishida insonlarning o‘zaro yordamga muhtojligi va odamlarning o‘zaro
ixtiyoriy kelishuvini asosiy omil deb biladi. Abu Ali ibn Sino “Tib
qonunlari” asarida jamiyat insonlarning o‘zaro kelishuvi asosida qabul
qilinuvchi adolatli qonunlar yordamida
boshqarilishi lozimligini
ta’kidlaydi. Amir Temur “Temur tuzuklari”da jamiyat va shaxs
munosabatlari
masalasiga
adolat
nuqtai
nazaridan
yondashadi.
“…Hammaga ham
bir xil jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani
boshqasidan farq qilmadim”, - deb yozadi. Bobur o‘zining “Boburnoma”
asarida shaxs va jamiyat munosabatlari masalasida insonning irqi, dinidan,
millatidan qat’iy nazar uning barcha huquqlarini himoya qilishga e’tiborini
qaratadi. SHuningdek boshqa mutafakkir allomalar
asarlarida shaxs va
jamiyat munosabatlari keng va atroflicha tahlil qilingan.