Nazariy mexanika. Statika. Kuchlar sistemasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/15
tarix28.08.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#140875
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
39ECEC3D-9584-4549-9682-DBB1CED941E8.Maruza 1


1-MODUL. Nazariy mexanika. Statika.Kuchlar sistemasi.
1-MA’RUZA

MAVZU:Fanga kirish. Amaliy mехаnikа fаnigа kirish. Stаtikаning аsоsiy аksiоmаlаri. Kuch turlаri. Bоg’lаnish аksiоmаsi vа bоg’lаnish rеаktsiya kuchlаri. Kuchning o’qdаgi vа tеkislikdаgi prоеktsiyasi.Kеsishuvchi kuchlаr sistеmаsi vа uning muvоzаnаt shаrtlаri. Nuqtаgа vа o’qqа nisbаtаn kuch mоmеnti. Tеkislikdа vа fаzоdа iхtiyoriy jоylаshgаn kuchlаr sistеmаsining muvоzаnаt shаrtlаri.


REJA:

1.Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Statikaning asosiy aksiomalari.

Boglanish va boglanish reaksiya kuchlari

2.Кesishuvchi kuchlar sistemasi teng ta’sir etuvchisini geometrik usulda aniqlash.Кuchni tashkil etuvchilarga ajratish


3.Berilgan kuchni uchta kesishuvchi tashkil etuvchilarga

ajratish. Кesishuvchi kuchlar sistemasi teng ta’sir etuvchisini analitik usulda aniqlash


4.Uch kuch muvozanati haqida teorema. Statik aniq va statik aniqmas masalalari

Jismga ta’sir etuvchi kuchlar turlari, ular ustida amallar, kuchlarning muvozanat shartlarini organuvchi nazariy mexanikaning bolimi statika deb ataladi. Statikani organish uchun zarur bolgan asosiy tushuncha va ta’riflarni keltiramiz.


1. Moddiy nuqta.Кo’rilayotgan masalada geometrik olchamlarining ahamiyati bolmagan jism moddiy nuqta deb ataladi.
2. Mexanik sistema. Har birining holati va harakati boshqalarining holati va harakatiga bogliq bo’lgan moddiy nuqtalar toplami mexanik sistema deb ataladi. Ta’rifdan korinadiki mexanik sistema moddiy nuqtalar orasida ozaro ta’sir mavjud bolishini taqozo qiladi.
3. Absolyut (mutlaq) qattiq va deformatsiyalanuvchi jism. Qattiq jismning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa har qanday holatda ham ozgarmasdan qolsa, bunday jism absolyut (mutlaq) qattiq jism deb ataladi. Tabiatda mutlaq qattiq jism mavjud emas. Har qanday qattiq jism bolmasin, shunday sharoit mavjud qilish mumkinki, uning ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgarishiga olib kelish mumkin. Bu jism shaklining ozgarishiga olib keladi. Ikki nuqtasi orasidagi masofa ozgaruvchi bolgan qattiq jism deformatsiyalanuvchi jism deb ataladi. Binobarin tabiatda faqat deformatsiyalanuvchi jism mavjuddir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin