O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/41
tarix23.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#65965
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
БМИ Нурхон МОК2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOGIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI


«Himoyagaruxsatetaman»
Tarmoq markazi direktori
____________ prof. N.Muslimov
«_______» iyul2016 y.



Qo’qon Davlat pedagogika instituti Kimyo o’qitish metodikasi
kafedrasi katta o’qituvchisi


Saidaxmedova Nurxon Yusupovnaning
Vitaminlar modulini o’qitish jarayonida talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish metodikasi”
mavzusidagi


BITIRUV (LOYIHA) ISHI


Rahbar:p.f.d., dots. J.O. Tolipova


Toshkent – 2016

MUNDARIJA:




KIRISH ………………………………………………………………………

3

I-BOB. BILOGIK KIMYO FANINI O’QITISHNING NAZARIY MASALALARI




    1. Biologik kimyo fani taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari ……………

7

1.2. Biologikkimyofaninio’qitishdagiinnovasiyalarvailg’orxorijiytajribalar…………………………………………………………………………

13

1.3. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishning interfaol metodlari……..

16







II-BOB. VITAMINLAR MAVZUSINING O’QUV MODULI




2.1. Biologik kimyo fanidan ishchi o’quv dasturi (Sillabus)…………………

30

2.2.Vitaminlar mavzusini o’rganishda modulli ta’lim texnologiyasiga asoslangan mashg’ulot ishlanma……………………………………………......

42

2.3. Ta’labalar bilimini nazorat qilish uchun keyslar to`plami………………...

58

2.4. Vitaminlar bobi (moduli) uchun laboratoriya mashguloti loyixasi………

68

2.5. Vitaminlar bobi uchun nostandart testlar…………………………………

77

2.6. Biologik kimyo fanidan baholash topshiriqlari……………………………

87







Xulosa va takliflar ……………………………………………………………

91

Glossariy ………………………………………………………………………

93

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………………

98




Олий таълимнинг Давлат таълим стандарти 5110300 – Кимё ўқитиш методикаси таълим йўналиши бўйича бакалаврларнинг тайёргарлик даражаси ва зарурий билимлар мазмунига қўйиладиган талаблар. Тошкент 2012й. 32
9. Олий таълимнинг Давлат таълим стандарти5110300 – Кимё ўқитиш методикаси таълим йўналиши бўйича бакалаврларнинг тайёргарлик даражаси ва зарурий билимлар мазмунига қўйиладиган талаблар. Тошкент 2012й. 79



KIRISH

Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.
I.A. Karimov.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarida ta’kidlaganidek: “Ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodlarga o’tadi”1. Bu fikrlardan ta’lim mazmunini belgilashda samarali foydalanish lozim.


Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi orqali respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ta’limda eng muhim strategik yo‘nalish bo‘lib ta’lim muassasalarini innovatsion faoliyati hisoblanadi.
Bu esa barcha ta’lim muassasalarida, ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutahassis pedagog kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim orqali intellektual mulkni tayyorlash va intellektual mulk tizimini innovatsion faoliyat ko‘rinishida amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Sog’lom va ma’naviy boy, intellektual rivojlangan, axloqan yetuk, jismonan baquvvat avlod, har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalash va voyaga yetkazish maqsadida 2016 yilning “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishi,
bugungi kunda inson salomatligini asrashga bo’layotgan talab va yaratilayotgan sharoitlar ham fikrimizning yaqqol isbotidir.
O’zbekistonda ta’lim tizimini takomillashtirish, Vatan ravnaqini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish masalalariga jiddiy e’tibor berilmoqda. Bu boradagi ustuvor g’oyalar Respublikaning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilab berilgan bo’lib, mavjud sharoitda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tizimli, majmuaviy ishlarning barchasi uchun asos bo’lib xizmat qiladi2.
Respublikamizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning sifat bosqichi taminlanayotganligini inobatga olib, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb xunar talimi muassasalaridagi kimyo talimi mazmunining zamon talablari asosida yangilanishi, ularning yangi o’quv xonalari va jixozlari bilan taminlanishi, ta’lim jarayonida talim texnologiyalaridan foydalanishiga erishish, shaxsiy ijodkorlik kabi mashg’ulotga munosabatlar bo’lajak kimyo o’qituvchilarini tayyorlash jarayonida ijodiy ta’sir ko’rsatishi va o’qitish samaradorligini oshirish sifatini ta’minlashi muqarrardir.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin