O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/36
tarix01.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#170652
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Microbiologiyadan amaliy va laboratoriya kullanma


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI


O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
MIKROBIOLOGIYADAN AMALIY VA LABORATORIYA MASHG`ULOTLARI UCHUN
O’QUV QO’LLANMA

(to`ldirilgan 2 nashri)


Toshkent - 2010


Ushbu o’quv qo`llanma "Mikrobiologiyadan amaliy mashg`ulotlar" (2000 y)ning ikkinchi to`ldirilgan nashri bo`lib, unda birinchi nashrdagi mikroskopning tuzilishi, har xil preparatlar tayyorlash usullari, bakteriyalarning morfologiyasi va sitologiyasi, tuproqning mikromanzarasi va havo mikroorganizmlarining har tomonlama tahlili, sterillash usullari va boyitilgan mikroorganizmlar kulturasini olish hamda mikroorganizmlarning azot va uglerod almashinuvidagi roli ko`rsatilishidan tashqari mikroorganizmlarni umumiy tavsifi, aseptika texnikasining qoidalari, sof kulturalarni ajratib olish usullari, bakteriyalarning hujayraviy strukturalari va zahira moddalari haqida to`ldirilgan ma'lumotlar hamda ba'zi oziq-ovqat mahsulotlarining mikroorganizmlari haqida qo`shimcha amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari haqida ma'lumotlar berilgan.
Adabiyotlar ro’yxati yangi adabiyotlar bilan to`ldirilgan.
O`quv qo`llanma biologiya-tuproqshunoslik fakultetlarining talabalariga mo`ljallangan.
Tuzuvchilar: prof. A.H.Vahobov
dots. T.X.Rasulova
dots. Ya.F.Nizametdinova
dots. M.L.Mansurova
dots. I.A.Muzaffarova

Mas’ul muharir: prof. Q.D. Davronov


Taqrizchilar: prof. M.M. Raximov
prof. Sh.I. Hakimova
1. MIKROORGANIZMLARNING UMUMIY TAVSIFI
Mikroorganizmlar juda mayda mavjudodlar bo`lib, ularni oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydi. Ular bir-biridan morfologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari bilan farqlanadi. Hujayraviy tuzilishga ko`ra barcha mikroorganizmlar prokariotlarga va eukariotlarga ajratiladi. Prokariotlarning yadro apparati "nukleoid" deb nomlanib, ko`pincha, u bitta xromosoma tutadi, halqasimon bo`lgan DNK molekulasidan iborat. Eukariotlarda yadro bir qator xromosomalar tutadi va tsitoplazmadan membrana bilan ajratilgan bo`ladi. Eukariot va prokariotlarning yadro apparatining tuzilishidagi farqi ularning boshqa xususiyatlari bilan bog`liq.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin