O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI
SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
TIBBIY VA BIOLOGIK FANLAR KAFEDRASI
MIKROBIOLOGIYA FANIDAN
O‘ Q U V-U S L U B I Y M A J M U A
Bilim sohasi 100000 – Gumanitar soha;
500000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
110000 – Pedagogika
510000 – Sog‘liqni saqlash
Ta’lim sohasi: 510000 – Sog’liqni saqlash;
Ta’lim yo‘nalishi: 5510500 – Farmatsiya (Klinik farmatsiya);
5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi);
5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtik tanlil);
5111000 – Farmatsiya (Kasb ta’limi)
Toshkent -2018
2
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
TIBBIY VA BIOLOGIK FANLAR KAFEDRASI
“
TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
t.f.d. T.A.Nabiev
_____________
.
-----
-------- 2018 yil
MIKROBIOLOGIYA FANIDAN
O‘ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A
Bilim sohasi 100000 – Gumanitar soha;
500000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
110000 – Pedagogika
510000 – Sog‘liqni saqlash
Ta’lim sohasi:
510000 – Sog’liqni saqlash;
Ta’lim yo‘nalishi:
5510500 – Farmatsiya (Klinik farmatsiya);
5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi);
5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtik tanlil);
5111000 – Farmatsiya (Kasb ta’limi
)
Toshkent -2018
3
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 2018 yil “___”_______dagi “____” – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan fan dasturi
asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi:
Nuraliyeva Xafiza Otayevna
– tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mudirii, t.f.n., dotsent
Qodirova Dildora Ergashevna
- tibbiy va biologik fanlar kafedrasi kat.o`qit., t.f.n.
Taqrizchi:
Fayziyeva Z.T.
– Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi mudiri, dotsent t.f.d
Kurbanova S.Yu.
–Toshkent Davlat stomatologiya instituti mikrobiologiya va
farmakologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi soha uslubiy kengashining 2018 yil ______dagi - son
yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Soha uslubiy kengash raisi Saidov S.A.
Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi institut Markaziy uslubiy kengashning 2018 yil ______ dagi
-son yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Markaziy uslubiy kengash raisi T.A.Nabiev
Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi institut Kengashining 2018 yil ______ dagi - son
yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Kengash ilmiy kotibi F.X.To‘xtaev
Fanning quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 201_ yil
“___”_______dagi “____” – sonli buyrug`i bilan (buyrug’ining ___-ilovasi ) tasdiqlangan
“Mikrobiologiya” fani dasturi asosida tayyorlangan.
4
MUNDARIJA
I. O‘QUV MATERIALLAR …................................................................... 6-96
1-mavzu: Tibbiyot mikrobiologiyasi xaqida tushuncha va rivojlanish tarixi. Umumiy
bakteriologiya: bakteriyalar klassifikasiya, morfologiyasi va tuzilishi. ..... ....... .... 6
2-mavzu: Bakteriyalarning fiziologiyasi: nafas olishi, oziqlanishi, o`sishi, ko`payishi.
Oziq muxitlari, ularning klassifikasiyasi .................................................. 17
3-mavzu: Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi.
Bakteriofaglar............................................................ ........................ 22
4-mavzu: Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik
qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar.Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari. .. 30
5-mavzu: Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi. ............ 35
6-mavzu: Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion
kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari. .................. 40
7-mavzu Immunitet, immunitet turlar. Organizmning infeksiyaga qarshi ximoya
mexanizmi. ....................................................................................................... 46
8-mavzu: Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi o`zgaruvchanlik va
ulardan tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar............. ................... 51
9-mavzu: Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat
kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar)..................................................... 57
10-mavzu Yuqumli ichak kasalliklari. (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni
keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm......... ............ 65
.
11- mavzu: Xavo- tomchi orqali yuquvchi infeksiya.(Korinebakterii, , mikobakterii) ... 68
12- mavzu.Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz).Zamburug’lar keltirib
chiqaradigan infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar)...................................... 75
13- mavzu. Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, botulizm qo’zg’atuvchilari
va ularning biologik xususiyatlari........................................................................ 77
14- mavzu. Patogen zoonoz o’ta xavfli bakteriyalar. Kuydirgi, vabo qo’zg’atuvchilari... 78
15- mavzu.Patogen spiroxetalar. Zaxm, qo’zg’atuvchilari. Mikrobiologik xususiyatlari.
Rikketsiozlar. Toshmali tif qo’zg’atuvchilari.................................................. 80
16- mavzu.Virusli kasalliklar. (Gripp, qizamiq).......................................................... 83
17- mavzu. Gepata va rabdoviruslar. (gepatit,qutirish kasalliklari).......................... 88
18- mavzu.OITS, Entero-, neyroviruslar ( poliomielit).................................... ......... 93
II. LABORATORIYA MASHG’ULOTLAR UCHUN MATERIALLARI.......... 99-203
5
III. MUSTAQIL TA’LIM MASHGULOTLARI..................................................... 204-205
IY.GLOSSARIY.................................................................................... 206-210
Y. ILOVALAR.................................................................................. 211
- Fan dasturi........................................................................... 211
- Ishchi fan dasturi................................................................ 221
- Tarqatma materiallar............................................................ 232
-
Теstlar.................................................................................. 257
- Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo’llash
bo’yicha uslubiy ko’rsatma ................................................ 271
6
1.O‘quv materiallar
1.1 MA’RUZA MASHGULOTLARI
1-mavzu: Tibbiyot mikrobiologiyasi xaqida tushuncha va rivojlanish tarixi. Umumiy
bakteriologiya: bakteriyalar klassifikasiya morfologiyasi va tuzilishi.
Reja:
1. Tibbiyot mikrobiologiyasi, virusologiyasi va immunologiyasi fani maqsadi, vazifalari;
2. Tarixiy rivojlanish davrlari;
3. Farmatsevt provizor amaliyotida mikrobiologiya fanining axamiyati;
4. Mikroorganizmlar klassifikatsiyasi.
Tayanch iboralar: bakteriyalar, spiroxetalar, rikketsiyalar, xlamidiyalar, mikroplazmalar,
aktinomitsetlar, zamburuglar, mikron, kapsula, peptidoglikan Tayan iboralar : bakteriyalar,
spiroxetalar, rikketsiyalar, xlamidiyalar, mikroplazmalar, aktinomitsetlar, zamburuglar, mikron,
kapsula, peptidoglikan
1.1.
Tibbiyot mikrobiologiyasi, virusologiyasi va immunologiyasi fani maqsadi, vazifalari
Mikroorganizmlar tabiatda juda kup tarkalgan bo‘lib, ularni 3 mlrd. yil oldin aniklashgan.
Mikrobiologiya Fani juda kichkina mikroorganizmlarni urganadigan fandir.
Mikroorganizmlarning tabiatda keng tarkalishiga sabab, ularning tabiatda va odam xayotida
ma'lum bir rol uynashidir.
Mikroblarni urganish mikrobiologiyaning kup kirrali masalalaridan biri bulib, bu masalalarni
fakat bir soxadagi mutaxassisecha olmaydi. Shuning uchun xozirgi avkta mikrobiologiyaning bir
necha turlari mavjuddir.
1. Meditsina mikrobiologiyasi;
2. Texnik yoki sanoat mikrobiologiyasi;
3. Qishloq xo’jaligi mikrobiologiyasi;
4. Veterinar mikrobiologiya;
5. Kosmik mikrobiologiya.
Meditsina mikrobiologiyasi patogen va shartli mikroblarning xossalarini, ularning kassalik
kuzgatishdagi, ya'ni infektsion jarayondagi rolini, kassaliklarini laborotoriya diagnostikasini,
oldini olish choralarini va boshkalarini kurib chikadi. Meditsina mikrobiologiyasi uz navbatda
virusologiya, immunologiya sanitar mikrobiologiya, parazitologiya, mikologiya kabi bulimlarga
bulinadi.
Xar bir bulimda o’zlariga tegishli bulgan muammolarini urganadilar. Mikrobiologiya,
virusologiya va immunologiyaning muvoffakiyatlaridan biri infektsion kasalliklarga akrshi kurash
choralari aniklanganligidir. Kasallikni uz vaktida aniklash, infektsiya manbaini zararsizlantirish,
umumiy va maxsus profilaktika kilish, infektsion kasallikni xalkimiz orasida kamaytirishga va
butunlay yuk kiilshga olib keladi.
1.2 Tarixiy rivojlanish davrlari;
Mikrobiologiyaning rivojlanishida A.Levengukning roli va uning mikrobiologiyaning
rivojlanishi tarixida "morfologiya davriga" qo`shgan hissasi. Mikrobiologiya rivojlanishining
"fiziologiya" va "biokimyo" davrlari. Paster, Vinogradskiy va boshqalar ishlarining ahamiyati.
Mikroorganizmlar kashf etilmasdan oldin ham inson qattiq, vino tayyorlashda,
navvoychilikda mikrobiologiya jarayonlaridan keng qo`llamda foydalanib kelgan. Qadim
zamonlardanoq shifokorlar va tabiatshunoslar ko`pgina yuqumli kasalliklarning kelib chiqish
sabablarini izlay boshlagan. Masalan, Gippokrat (eramizdan oldingi 460-377 yillar), Lukretsiy
(95-50 yillarda) va o`sha davrning boshqa yirik olimlarning ishlarida, turli-tuman yuqumli
kasalliklarning sababchisi tirik tabiatga bog`liq ekanligi ko`rsatilgan. O`rta Osiyo xalqlari
avvaldanoq chechak, moxov va boshqa kasalliklar to`g`risida ma'lumotlarga ega edi. Abu Ali ibn
7
Sino (900-1037) bu kasalliklarning sababchilari tirik mavjudotlar ekanligini va ularning suv, havo
orqali tarqalishini aytgan.
Mikroorganizmlarning ochilishi mikroskopning ixtro etilishi bilan bevosita bog`liq bo`ldi.
Birinchilar qatori Gans va Zaxariy Yansen, so`ngra G.Galiley va K.Drebbel tomonidan
mikroskoplar yaratildi va takomillashtirildi.
XVII-asrning 40 yillarida rimlik professor A.Kirxer (1601-1680) kattalashtiruvchi qurulma
orqali har xil ob'ektlarni kuzatadi va o`ta mayda "chuvalchanglarni" ko`radi. Bular
mikrorganizmlar edi. Ammo bu tajribalar tasodifiy kashfiyotlar edi.
Mikroorganizmlar haqida yanada ko`proq ma'lumotlar to`plagan shaxs mikrobiologiya
tarixining "mikrobiologiya favri" ni boshlab bergan Gollandiyalik Antoni van Levenguk (1632-
1723) bo`ldi.
1,1-rasm
U o`zi yasagan mikroskop yordamida iflos suv, har xil moddalar qaynatmalari, tish kiri kabi
namunalarni tekshirib, ulardagi mikroorganizmlarni kuzatdi. U tabiat sirlari (1965) degan kitobida
mikroorganizmlarning shakllarini tasvirlab bergan.
1,2-rasm
Rossiyada birinchi mikroskop Ivan Belyaev va Ivan Kulibinlar tomonidan yaratildi.
Rus olimi, xarbiy vrach D.S.Samoylovich (1724-1810) mikroskop yordamida chuma
kasalligining qo`zg`atuvchisining tekshirib, odamlarni bu kasallikga qarshi emlash usulini taklif
etgan. Uning bu kashfiyoti boshqa yuqumli kasalliklarning sababchisini o`rganish uchun asos
bo`ldi. Angliyalik vrach E.Djenner (1749-1823) 1798 yilda chechakka qarshi emlash muhim
ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib bergan edi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ancha
takomillashtirilgan mikroskoplar yaratildi. Bu esa mikroorganizmlarning faqat morfologik
tuzilishinigina emas, balki fiziologiyasini o`rganishga ham imkon berdi. Mikroskopning ixtiro
etilishidan boshlab mikroorganizmlar to`g`risida qilingan ishlar mikrobiologiya tarixida 1-davr
"Mikrobiologiyaning rivojlanishi morfologiya davri" deb yuritiladi.
Shved olimi K.Linney (1707-1778) hamma tirik mavjudodlarni bir sistemaga solgan bo`lsa
ham, mikroorganizmlarni bir avlodga kiritib, ularni "tartibsiz" deb atadi.
8
Mikroorganizmlarning birinchi sistematikasi Daniyalik Myullerga (1786) ga taaluqlidir. U suv va
tuproqdagi "animalkullar" ni sistemaga soladi va ularning "infuzoriyalar" deb atadi. Sekin asta
mikroorganizmlarni o`rganish boshlandi.
Keyinchalik M.M.Terexovskiy ham mikroorganizmlar ustida ishlab "Sarstvo tmo` infuzoriy
Linneya " degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi (1770). Har xil qaynatmalardagi
mikroorganizmlarni o`rgandi. Temperatura, elektr toki va zahar ta'sirida mikroorganizmlarning
halok bo`lishini aniqladi. 1835-yil Erenburg "Infuzoriyalar mukammal organizmlardir" degan
mavzuda ilmiy asar yozdi va hamma tuban jonzotlarni 22 ta sinfga bo`ldi. Kitobga infuzoriyalar
atlasini kiritdi va ularga tavsiflar berdi, mikroorganizmlarni binar nomenklaturada atadi va barcha
bakteriyalarni 3 sinfga bo`ldi.
XIX-asr o`rtalarida, P.F.Goryainov tomonidan yozilgan "Zoologiya" asarida
mikroorganizmlarga ayrim bo`lim ajratildi va bo`lim "Infuzoriyalar bo`limi" deb ataldi. Shu
vaqtlar F.Kon (1828-1898) va K.Negelilar (1817-1891) bakteriyalardan ba'zilarining tabiatini
o`rgana boshladilar.
1,3-rasm
Mikroorganizmlarni o`rganishning ikkinchi davri-"Fiziologiya davri" Lui Paster (1822-1895)
ishlaridan boshlandi. U ko`pgina bijg`ish jarayonlarning, ya'ni spirtli, sut va sirka kislotali bijg`ish
hamda boshqa tur bijg`ishlarning biologik mohiyatini aniqladi.Har bir bijg`ish jarayonining o`z
mikroorganizmlari borligini tajribalar bilan isbotladi. U yana chirish jarayonlarining ham alohida
mikroorganizmlar ta'sirida borishini ko`rsatdi. Bu buyuk frantsuz olimi kuydirgi, qutirish,
saramas, pasterellez, gazli gangrena, tut ipak qurtining (pebrina) kasalligini, vino va pivoning
buzilishini o`rgandi va ularga qarshi kurash choralarini aniqlab berdi. Kislorodsiz muhitda
yashaydigan anaerob bakteriyalarni aniqladi. Laboratoriya amaliyotiga sterillash-(mikroblarni
nobud qilish) usullarini kiritdi. Aristotel va Vergiliylarning "o`z-o`zidan tug`ilish"
nazariyalarining asossizligini ko`rsatdi. Oziqa muhit yaxshilab sterillansa, unda hech qanday
mikroorganizmning paydo bo`lmasligini asoslab berdi. Paster tovuqlar xolerasini o`rganish
jarayonida sog`lom tovuqga kuchsizlantirilgan bakteriya kuturasi yuborilganda tovuqlarning
kasallikga chalinmasligini kuzatdi. Xuddi shu ishni u kuydurgi kasalligi bilan kasallangan
mollarda ham qaytardi va ijobiy natijalar olishga muvaffaq bo`ldi. Hayvonlarni kuchsizlantirilgan
(42-430S temperaturada o`stirilgan) kuydirgi tayoqchalari bilan kasallantiradi. Kuchsizlantirilgan
9
bakteriya kulturasibilan emlaganda hayvonlarda kuydirgi bakteriyasiga qarshi immunitet hosil
bo`lishini aniqladi. Paster kuydirgi kasalligini o`rganib "la'natlangan dalalar" sirini ochdi
1
.
1,4-rasm
Pasterning qutirish kasalligini o`rganish borasidagi ishlari ham o`ta katta ahamiyatga
moliqdir. U qutirgan itlar so`lagini mikroskop ostida tadqiq qilganda mikroorganizmlarini
muyassar bo`la olmadi. Ammo u kasallikni yuzaga keltiruvchi qutirishni "sababi"-hayvonning
bosh va orqa miyasida joylashishini aniqladi. Kasallangan quyon miyasini sekin-asta quritib,
kuchsizlantirilgan kasal, qo`zg`atuvchini oldi va u bilan hayvonlarni emlab sog`lom hayvonlarni
kasallikdan saqlab qolish yo`llarini topdi. Bunday emlashlar, antirabik-qutirishga qarshi emlashlar
deyilib, juda keng qo`llamda tarqaldi. Bu ishlar yangi fan immunologiyaning paydo bo`lishiga
asos soldi. Lui Paster Fransiya meditsina akademiyasiga akademik, Sankt-Peterburg
akademiyasiga muxbir a'zo va keyinchalik faxriy akademigi qilib saylandi.
Parijda 1888-yili Paster instituti ochildi. Unda, keyinchalik ko`zga ko`ringan mikrobiologilar
ta'lim oldi. Mechnikov, Vinogradskiy, Gamaleya, Xovkin, Sklifasovskiy va boshqalar shular
jumlasidandir.
XIX-asrda ko`p mamlakatlarda meditsina mikrobiologiyasi rivojlandi. Meditsina
mikrobiologiyasining rivojlanishga nemis olimi Robert Kox (1843-1910) ko`p hissa qo`shgan. U
sof mikroorganizm kulturasini ajratish uchun qattiq (quyuq)ozuqa muhitdan foydalanishni taklif
etdi. Odam va qoramollarda sil kasalligining qo`zg`atuvchisini va vabo vibrionini ajratib oldi.
Mikroskopik metodlarni takomillashtirdi, mikroskopiyaga immersion tizimni qo`llashdi va
mikrofotografiyani kiritdi.
I.I.Mechnikov (1845-1916) fagotsitoz va uning immunitetdagi ahamiyati haqida to`liq ta'limot
yaratdi. Chirituvchi va sut kislotali bijg`ish bakteriyalari orasidagi antogonizmni aniqladi va vabo
kasalligini aniqlashga o`z hissasini qo`shdi. Rossiyada birinchi bakteriologik stantsiya tashkil etdi.
Uning rahbarligida yirik mikrobiologlar: G.N.Gabrichevskiy, A.M.Bezredka, I.G.Savchenko,
L.A.Tarasevich, N.F.Gamaleya, D.K.Zabolotniy va boshqa olimlar etishib chiqdi.
Tuproq mikrobiologiyasi bo`yicha ham ancha ishlar qilindi. Shlezing va Myunts kabi frantsuz
olimlari nitrifikatsiya jarayonini o`rgandi. S.N.Vinogradskiy bu jarayonni chuqur o`rganib
"Tuproq mikrobiologiyasi" degan asarni yaratdi. "Xemosintez" (kimyoviy energiya ishtirokida suv
va SO2 dan organik moddalar hosil bo`lishi) jarayonini ochish sharafiga muyassar bo`ldi. U
xemosintez jarayonini nitrifikatorlar, oltingugurt va temir bakteriyalar misolida aniq ko`rsatib
berdi. Tuproqda erkin holda yashovchi anaerob bakteriya klostridium pasterianum, sellyuloza
parchalovchi bakteriyalarni ham Vinogradskiy topdi va u ko`pgina mikrobiologik metodlar
yaratdi.
M.Beyerink tuproqda uchraydigan erkin azot o`zlashtiruvchi bakteriyalardan azotabakterni
aniqladi. Gelrigel G., Vilfor G. tuproq mikrobiologiyasi ustida ish olib borib, dukkakli
o`simliklarning azot o`zlashtirishi, ular ildizidagi tuganaklarga bog`liq ekanligini ko`rsatib
berishdi.
Sekin-asta to`plangan materiallar, ayniqsa nafas olish va bijg`ish jarayonlari ximizmini
aniqlash ishlari mikrobiologiya rivojlanishidagi uchinchi davr "mikrobiologiyaning bioximiya
1
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
10
yo`nalishi" ga turtki bo`ldi. Bu borada S.P.Kostichev, V.S.Butkevich, V.N.Shaposhnikov va
N.D.Ierusalimskiylarni ishlari alohida ahamiyatga ega.
Chirindi moddalar va tuproq strukturasining hosil bo`lishida tuproq mikroorganizmlarning
rolini tushuntirishda I.V.Tyurin, M.I.Kononova va boshqalar, mikroorganizmlar ekologiyasini
o`rganish sohasida B.L.Isachenko, E.N.Mishustin, N.M.Lazerevlar, tuproq va rizosferadagi
turli xil mikroorganizmlarning aktivligini aniqlashda N.N.Xudyakov, N.G.Xolodniy,
V.S.Butkevich, N.A.Krasilnikov, E.F.Berezova, Ya.NXulyakov va boshqalarning ishlari muhim
ahamiyatga egadir.
B.F.Perfilev va D.R.Gabellar keyingi vaqtda mikrobiologiya texnikasini rivojlantirishga o`z
hissalarni qo`shgan olimlardir. Ular yaratgan kapillyar mikroskopiya metodi cho`kindilarda
uchraydigan yirtqich bakteriyalarni topishga yordam berdi.
O`tgan asrning oxiridan boshlab, mikrobiologiyaning bir tormog`i bo`lgan suv va geologiya
mikrobiologiyasi rivoj topa boshladi. G.A.Nadson, B.L.Isachenko, M.A.Egunov, V.O.Tauson,
V.S.Butkevich, A.E.Kriss, A.S.Razumov va boshqalar bu tormoqni rivojlanishiga katta hissa
qo`shdilar. Nadson G.A va uning shogirdi G.S.Fillipov 1925-yilda achitqi zamburug`lariga turli
nurlar ta'sir etib,ulardan mutantlar oldi.
Mikrobiologiyadagi ana shunday katta kashfiyotlar mikroskopik texnikaning rivoj topishi
bilan chambarchas bog`liqdir. 1873-yilda Ernest Abbe mikroskoplar uchun linzalar tizimini
takomillashtirdi. 1903-yilda Zidentopf va Jigmondi ultramikroskopni, 1908-yilda A.Keller va
Zidentopf birinchi lyuminestsent mikroskopni kashf etdilar. Nihoyat 1928-1931-yillarda birinchi
elektron mikroskop yaratildi. Elektron mikroskopda 0,02 nm dan to A gacha va undan ham mayda
o`lchamlibuyumlarni ko`rish mumkin bo`ldi. 1934-yili F.Tsernike Fazo-kontrast printsipini
takomillashtirdi.
Mamlakatimizda mikrobiologiyaning rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli,
uning nazariy va amaliy masalalari bilan bog`liq bo`lgan sohalari: oziq-ovqat sanoati, konserva
sanoati, sut maxsulotlarini qayta ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminnokislotalar,
oqsillar, antibiotiklar va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. O`zbekiston
Fanlar Akademiyasining mikrobiologiya va botanika institutlarining xodimlari akademik
A.M.Muzaffarov, M.I.Mavloni, A.G`.Xolmuratov, S.A.Asqarova, professor va doktorlar
I.J.Jumaniyozov, Q.D.Davronov, S.S.Ramazonova, S.M.Xojiboeva, J.Safiyazov, J.Qutliev,
A.SRasulov, X.O.Berdiqulov, R.Shoyoqubov, J.Toshpo`latov va boshqalar. Mirzo Ulug`bek
nomidagi Toshkent davlat universitetidagi olimlar O.G.Yolina, K.Yu.Musaev, F.G.Axmedova,
Ya.F.Nizammetdinova, M.L.Mansurova, I.A.Muzaffarova, Toshkent texnika universitetida
Abdurazzoqova S.H, Hakimova Sh.I, va Kil M va boshqalar mikrobiologiya fanining
rivojlanishida o`z hissalarini qo`shib kelmoqdalar.
Mikrobiologiyaning rivojlanishida bir necha davrlar mavjud. Bulardan mikroskopik davr
bulib, buning asoschisi gollandiyalik olim Antoniy Levenguk (1632-1723 y.) xisoblanadi. Birinchi
marotaba linza yordamida- mikroblarning xar xil kurinishida ekanligini kurgan va tabiat
mu'jizalarini ochib bergan.
Mikroblarning morfologik davrining asoschisi frantsuz olimi Lui Pasterdir.
Mikrobiologiyaning fiziologik davri asoschilardan biri Robert Kox xisoblanadi.
Mikrobiologiya rivojlanishida viruslarning ochilishi, immunologiyaning rivojlanishi davrlari
mavjud bulib, xar birlarining asoschilari bu soxada juda kup ishlarni bajarishgan, Bu olimlar - D.I.
Ivanovskiy, I.I. Mechnikov va boshkalardir.
Uzbekistonda mikrobiologiya fanining rivojlanishida mikrobiologlardan P.F.Samsonov,
Yu.A.Axmedjanov, N.A.Zakirovlarning xizmatlari kasta.
Meditsina mikrobiologiyasi asosan patogen mikroorganizmlarni urganadi, bular xilma-xil
bulib, kuyidagi guruxlarga bulinadi: bakteriyalar, spiroxetalar, rikketsiyalar, xlamidiyalar,
mikroplazmalar, aktinomitsetlar, zamburuglar, sodda xayvonlar.
Dostları ilə paylaş: |