O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
16-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.02.2023
MARKAZIY OSIYODA ILK DAVLATCHILIK VA ULARNING SHAKLLANISH TARIXI
(SHIMOLIY BAQTRIYANING BRONZA DAVRI SOPOLLI MADANIYATI MISOLIDA)
(1991-2022-YILLARDA MAHALLIY TADQIQOTLAR MISOLIDA)
Rasulova Sevara Choriyorovna
Termiz davlat Universiteti Tarix Fakulteti II kurs magistranti
Annotasiya:
ushbu maqolada Markaziy Osiyoda ilk davlatchilik va ularning
shakllanishi tarixi shimoliy Baqtriya ming bronza davri sopolli madaniyati misolida
paydo bo'lishi haqida Maʼ'lumotlar berib o'tilgan..
Kalit so'zlari:
bronza davri, sopol, «Avesto», arxeologlar.
Markaziy Osiyo xalqlarining necha ming yillik
tarixiga nazar tashlar ekanmiz,
O`zbekiston hududining janubiy mintaqalarida miloddan avvalgi II mingyillikning
oxirlarida so`ngi bronza davrida shakllangan hamda bir qator zabardast arxeologlar
tomonidan “Sopolli madaniyati” deb atalib ilmiy muomalaga
kiritilgan madaniyat
sohibkorlari haqida ma`lumotga ega bo`lamiz.[Asqarov, 1977] Avvalambor ushbu
hudud Shimoliy Afg`oniston, Janubiy O`zbekiston hamda Janubiy Tojikiston
mintaqalarini o`z ichiga olgan.
Asosan Amudaryoning, chap sohillari uzra yastanib
yotgan bepayon hududlar va bugungi kunda qurib qolgan Bo`stonsoy va Ulonbuloqsoy
kanallari yoqasida bronza davrining qadimiy dehqonchilik vohalari bo`lgan Sopolli
madaniyati shakllandi va ushbu madaniyat arxeolog
olimlar tomonidan bir necha
bosqichlarga bo`linib o`rganiladi. Sopolli madaniyatining majmualari ya`ni tarixiy
obektlari misolida bir qancha arxeologlar tomonidan o`zbek davlatchilik tarixini
yanada qadimiylashtirish uning yoshini ahamoniylar davridan
bronza davriga borib
taqalishini asoslab beruvchi qimmatli risolalar dunyo yuzini ko`rdi. [Shaydullayev
2000]
Markaziy Osiyo mintaqasida so`ngi bronza davri yodgorliklari Dashtli va Sopolli
madaniyatining ochilishi va ular fanda o`z tasdig`ini topishi Amudaryo va Sirdaryodek
azim daryolar oralig`ida ham ahamoniylar sulolasi davrigacha ham O`rta Osiyoda
sinfiy munosabatlatlarning shakllanishi hamda aholining hukrmron qatlam va
jamoaviy tarzda yashaganligi Sopolli madaniyatining obektlari sanalgan Jar`oton,
Mo`lali, Ko`zali va Bo`ston aholi yashash manzilgohlari va
qabristonlaridan topilgan
moddiy ashyolar ham aks ettiradi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi ilk davlatchilikning
qaror topishi masalasi tarixchi olimlar tomonidan uzoq tortishuv va bahslarga sabab
bo`lib kelmoqda. Ammo Markaziy Osiyoda ilk davlatchilikning ildizlari va uning qaror
topishi jarayonlari bir qator moddiy va yozma manbalar asosida o`z isbotini topib
kelmoqda. Fikrimizning yorqin dalili sifati O`rta Osiyoning
eng qadimgi va qimmatli
manbasi “Avesto”da Baqtrya tipologiyasi “Baxdi” shaklida uchrashi va bu quyoshli
mamlakatda davlat ko`rinishidagi siyosiy birlashma mavjudligi qayd etilgan.[Avesto,
Videvdat 8] Baqtriya haqidagi keyingi qimmatli manba Eron ahamoniylar shoxi Doro I